Nizomiy nomidagi toshkent davlat


  Maktabgacha  tayyorlov  guruh  bolalarini  savodga  o‘rgatishda  multimedia



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

4.  Maktabgacha  tayyorlov  guruh  bolalarini  savodga  o‘rgatishda  multimedia 
texnologiyalarini tatbiq etish. Maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda 
multimedia texnologiyasidan foydalanish, asosan uch tomonlama amalga oshiriladi.  
1.  Kompyuter  va  uning  dasturlari  yordamida  didaktik  vositalar  tayyorlanadi 
hamda Internet va masofali ta’lim ashyolaridan foydalaniladi.  
2.  Kompyuter  ishtirokida  bevosita  dialog  metodi  asosida  bolalarga  yangi 
material  o‘rgatiladi.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,  6-7  yoshli  bola  kattalar  kabi 
kompyuterda  ishlashga  qodir  emas.  Shuning  uchun,  MTMlarda  yangi  materialni 
o‘rganishda bevosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu holda 
kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‘ynaydi.  
3.  Bilvosita dialog – virtual axborot muhitida kompyuter bilan dialog asosida 
multimedia  texnologiyasi  amalga  oshiriladi.  Bunda  material  bolalar  tomonidan 
mustaqil  o‘rganiladi,  o‘tilgan  material  mustaqil  takrorlanadi,  mashqlar  mustaqil 
bajariladi,  multimediali  kompyuter  o‘yinlari  mustaqil  amalga  oshiriladi  va  bola 
mashqlarni, komyuter qo’ygan vazifalarni, o‘yinlarni takror-takror bajarib, qo‘yilgan 
mashg’ulot  maqsadiga  erisha  oladi.  Bu  holda  multimedia  texnologiyasidan 
foydalanganda  kompyuter  ta’lim  manbai  rolini  o‘ynaydi.  Maktabga  tayyorlov 
guruhlarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanishning asosiy 
va  yetakchi  shakli  mashg’ulotdir.  Mashg’ulotlar  «Bolajon»  dasturi  asosida, 
belgilangan  rejalar  asosida  olib  boriladi.  Yangi  mashg’ulotlarni  o‘rgatishga 
qaratilgan,  tekshiruvchi  -  sinovchi,  majmuaviy  «sayohat»  yoki  «ekskursiya»  va 
«kompyuterli o‘yin» shakllariga bo‘linadi.  
Mashg’ulotning o‘yin shakli.  
Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro‘parasiga joylashtiradi. 
Kompyuter  xotirasiga  joylashtirilgan  materiallarni  monitor  ekraniga  chiqaradi. 
Bolalarning diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi. Tarbiyachi va bolalar o‘rtasida dialog 
(savol-javob)  boshlanadi.  Bolalar  tarbiyachi  (pedagog)  bergan  topshiriqni  mustaqil  bajaradi. 
O‘rganilgan  material  mustahkamlanadi.  Bolalarning  mashg’ulot  davomida  olgan  bilimi 
baholanadi. O‘rganilgan material bo‘yicha uyga topshiriq beriladi.  
Mashg’ulot  mazmuni.  Multimedia  texnologiyasidan  foydalanib  o‘tkaziladigan 
mashg’ulotlar  kompyuter  texnologiyasiga  asoslanadi.  Shuning  uchun,  multimedia 
texnologiyasiga  asoslangan  mashgulotlarni  kompyuter  mashg’uloti,  deb  ham  atash  mumkin. 
Kompyuterli mashg’ulotlarning aksariyati birlashgan mashg’ulotlar shaklida o‘tkaziladi. 
Yuqorida  ta’kidlanganidek,  mashg’ulot  davomida  tarbiyalanuvchilarning  kompyuter 
oldida  15  daqiqadan  ortiq  o‘tirishi  mumkin  emasligi  e’tiborga  olinishi  kerak.  Shuni  ta’kidlash 
kerakki,  «Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ta’lim-tarbiyasiga  qo‘yilgan  Davlat  talablari»da  ham 
bolaning kompyuterda shug’ullanishi 15-20 daqiqa etib belgilangan. 15 daqiqaga rejalashtirilgan
 
material o‘tib bo‘lingach, 15-20 daqiqali oraliq bosqichi o‘tkaziladi. 
Ushbu  oraliq  bosqichida  tarbiyalanuvchilarning  toliqishini  hisobga  olib,  kompyutersiz 
amalga  oshiriladigan  mashg’ulot  o‘tkaziladi.  Kompyutersiz  o‘tkaziladigan  ushbu  oraliq 
                                                           
28. Adilova S. Multimedia va ularni ta`lim jarayonida qo‘llash // Pedagogikta`lim-T.: TDPU, 2001. № 2. -B. 
20-21.
 
 


mashg’ulotlarda,  mavzuga  tegishli  og’zaki  savol-javoblar,  topishoqlar,  turli  mazmundagi 
o‘yinlar,  amaliy  tadbirlar  (masalan,  qaychi  bilan  harflar  qirqish,  qog’ozda  yozishga  o‘rgatish) 
o‘tkaziladi.  Shuningdek, she’r,  ashula  aytiladi va jismoniy mashqlar bajariladi.  Jumladan, ko‘z 
toliqishini bartaraf etuvchi ko‘z gimnastikasi - bir necha daqiqa davomida ko‘zni ochib yumish, 
xonaning burchaklariga navbatma-navbat nazar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan so‘ng yana 15 
daqiqali asosiy mashg’ulot davom ettiriladi.  
Yangi  bilim  berishda  bevosita  dialog  metodidan  foydalanishni  maktabga  tayyorlov 
guruhlari  bolalarining  yoshlari  (6-7),  ularning  fikrlash  darajalari  va  boshqa  xususiyatlarini 
e’tiborga  olishni  taqozo  etadi.  Bevosita  dialog  metodidan  foydalanilgan  holda  kompyuter 
didaktik vositalar manbai rolini o‘ynaydi. 
Virtual akxorot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog metodining algortmi: 
1.  Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga - topshiriq, savol, mashqni bajarish yoki o‘yinni 
bajarishni buyuradi. 
2.  Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi. 
3.  Kompyuter topshiriq bajarilishining to‘g’ri yoki noto‘g’riligini bildiradi. 
4.  Noto‘g’ri bo‘lsa, takroriy bajartiradi. 
5.  Kompyuter bolaning bilimini baholaydi. 
Kompyuterda  ishlovchi  bola  mashqlarni  va  kompyuter  qo‘ygan  vazifalarni,  o‘yinlarni 
takror-takror  bajarib,  maksadiga  erisha  oladi,  chunki  kompyuter  -  «bag’ri  keng»  va  «toqatli, 
sabrlidir».  Bola  xato  qilgan  taqdirda  ham  xatoni  o‘zi  tuzatgunga  qadar  hech  kim  unga  tanbeh 
bermaydi.  Ammo  bolalar  kompyuterda  mustaqil  ishlagan  hollarda  ham  ularning  harakatlari 
doimo tarbiyachi nazoratida bo‘ladi. 
Bevosita  dialog  asosida  o‘tkazilgan  mashg’ulotda  15  daqiqa  uzluksiz  monitor  ekraniga 
qaragan  va  bolalar  kompyuterdan  uzoqroq  «sichqoncha»  va  klaviatura  kabellarining  uzunligi 
masofasida  joylashgan  holda  bolalarning  95  foizi  15-20  daqiqadan  so‘ng  toliqishlari 
yo‘qolganini  bildirdilar.  Multimediali  kompyuter  texnologiyasining  ta’lim-tarbiya  berish 
metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak: 
1) agar  u  yoki  bu  multimedia  vositasi  tarbiyalanuvchilarga  bayon  etib  borilmasdan 
namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo‘lib qoladi. 
2) agar  tarbiyachi  multimedia  vositasini  namoyish  etish  davomida  uni  tahlil  etib 
(tushuntirib,  bayon  etib)  borsa,  ta’lim  jarayonini  aks  ettirib,  multimedia  texnologiyasiga 
aylanadi. 
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo‘lsa, mashg’ulot frontal ravishda, bitta 
bo‘lsa,  undan  navbatma-navbat  foydalanilgan  holda  o‘tkaziladi.  Bunday  holda  taklif  etilgan 
birinchi  tarbiyalanuvchi  tarbiyachi  tomonidan  berilgan  savolga  to‘g’ri  javob  bera  olmasa, 
ikkinchisidan  so‘raladi.  Agar  MTMlarda  proyektor  va  ekran  (yoki  elektron  doska)  bo‘lsa, 
tarbiyachi mashgulotni «kompyuter-elektron doska» usulidan foydalanib olib boradi.  
15-20  daqiqali  ikkinchi  bosqichdan  so‘ng,  uchinchi  bosqichda  birinchi  bosqichda 
kompyuterdan  foydalanib,  o‘rganilgan  materiallar  savol-javob  asosida  mustahkamlanadi  va 
tarbiyalanuvchilarning  bilimlari  baholanadi.  Mashg’ulot  oxirida  uyga  vazifa  beriladi. 
Tarbiyalanuvchilarga  uyga  beriladigan  topshiriqlar  kundalik  turmushda  uchraydigan 
masalalardan bo‘lishi maqsadga muvofiq.  
Mashg’ulotning  texnologik  xaritasi.  Maktabga  tayyorlov  guruhlarida  mashg’ulotlar 
garchi  dars  shaklida  o‘tkazilmasa-da,  tarbiyachi  u  yoki  bu  mavzu  materiali  bo‘yicha  o‘ziga 
mashg’ulotning  texnologik  xaritasini  tuzib  olishi  kerak.  Xaritada  mashg’ulot  mavzusi,  maqsadi 
va  vazifalari,  mashg’ulot  mazmuni,  mashg’ulotni  amalga  oshirish  texnologiyasi,  kutiladigan 
natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish