Nizomiy nomidagi toshkent davlat


  Grаmmаtik  ko‘nikmаlаrni  shаkllаntirish  usullаri  vа  yo‘llаri



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

2.  Grаmmаtik  ko‘nikmаlаrni  shаkllаntirish  usullаri  vа  yo‘llаri.  Maktabgacha  katta 
yoshda  nutqning  grammatik  to‘g’riligini  shakllantirish  nutqqa  nisbatan  tanqidiy  munosabat 
paydo  bo‘lishi  hamda  rivojlanishi,  aniq  va  to‘g’ri  so‘zlashga  intilish  bilan  bog’liq.  To‘g’ri 
so‘zlashga  intilish  grammatikaning  barcha  sohalari  –  morfologiyada  (aniq  shakl  hosil  qilishda, 
shakllarning  turli-tumanligini  o‘zlashtirishda:  stollar,  stullar,  qavatlar  va  boshq.),  so‘z  hosil 
qilishda,  (non  uchun  –  nondon,  tuz  uchun  tuzdon  va  boshq.)  sintaksisda  (og’zaki  nutq 
qurilmasini  yengib  o‘tish  va  bog’lovchisini  ko‘p  marta  qo‘llash  orqali  gapni  cho‘zib  yuborish, 
bitta  gapda  to‘g’ri  va  bilvosita  nutqni  aralashtirib  yuborish  va  boshq.)  ko‘zga  tashlanadi. 
Nutqning  grammatik  to‘g’riligiga  intilish  ko‘proq  yetti  yoshli  bolalarga  xosdir.  Besh  yoshli 
bolakay  hali  ham  grammatik  shakllar  ustida  zavq  bilan  mashq  qiladi  va  aynan  mana  shu  so‘z 
bilan mashqlar kelajakda grammatik jihatdan to‘g’ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi. 
Grammatika  sohasidagi  kamchiliklar  shundan  iboratki,  bunda  bolalar  so‘zlarni  rodda 
noto‘g’ri  moslashtirdilar  (vstretilsya  kolobok  lisu),  gap  bo‘laklari  ham  noto‘g’ri  joylashtirilgan 
(inversiya):  -  A  doktora  tam  ne  bыlo,  a  volk  tolko  bыl;  I  navstrechu  yemu  vstretilsya  zayas  va 
boshq.  Maktabgacha  katta  yoshdagi  bolalarning  nutqini  tadqiq  etish  natijalarini  sifat  jihatdan 
tahlil  etish  shuni  ko‘rsatdiki,  eng  ko‘p  fikr  bildirishlar  hajmi  sevimli  ertaklarni  aytib  berish 
hissasiga,  eng  kami  esa,  o‘z  shaxsiy  tajribasidan  kelib  chiqib,  hikoya  tuzish  hissasiga  to‘g’ri 
keldi.  Fikr  bildirish  hajmi  va  nutqning  tezkorligi  nafaqat  bolaning  faol  lug’at  zahirasini,  balki 


uning «o‘ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan tashqari, fikr bildirish 
hajmi  uning  ob’ekt  bilan  tanishlik  darajasidan  dalolat  bermoqda.  Bolalarning  biron-bir  narsa, 
hodisa  haqidagi  bilimlari  qanchalik  chuqur  va  xilma-xil  bo‘lsa,  ularning  fikr  bildirishlari  ham 
shunchalik keng bo‘ladi.  
Bolalarning  nutqida  oddiy  gaplar  ko‘pchilikni  tashkil  qiladi.  Ba’zan  «esa»,  «va»  kabi 
bog’lovchilar ishtirokida tuzilgan va ba’zan esa ularsiz bog’langan qo‘shma gaplar ham uchrab 
turadi. Bildirish xususiyatiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardir, nutq 
bir  xil  ohangda  jaranglaydi,  ko‘pincha  so‘zlar  o‘rtasidagi  sintaktik  bog’liqlik,  ya’ni:  gapdagi 
so‘zlar  tartibi,  inversiya  buzilishiga  oid  xatoliklarga  yo‘l  qo‘yiladi.  Hikoya  qilib  berishda  so‘z 
birikmalarini tuzishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi kuzatildi. 
- eganing kesim bilan noto‘g’ri bog’lanishi: keldi quyon; 
-  aniqlovchining  aniqlanuvchi  so‘z  bilan  noto‘g’ri  bog’lanishi:  uchradi  ayiq,  uchradi 
tulki; 
- kelishikda va kelishik-gap boshqaruvidagi xatoliklar: sayrga ayiq bilan chiqdik. 
Bolalar  fikrlarining  tahlili  shuni  ko‘rsatdiki,  ular  nutqida  aniq  ma’noli  otlar  ustunlik 
qiladi.  Nutqni  otlar  bilan  boyitish  quyidagi  sharoitlar  ta’sirida  ro‘y  beradi:  bola  o‘zi  uchun 
qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarninggina nomlarini o‘zlashtirib olmoqda; unga tanish 
narsalar va shaxslar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish