Maktabgacha ta’lim me’yoriy xujjatlari asosida bolalarni tarbiyalash. Inson, uning
har tomonlama uyg’un kamol topishi, farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarish
sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning
andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va
harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy kadriyatlar
asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida
kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim
shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq holda tayyorlangan dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga
chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-
hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy,
huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila
oldida o‘z javobgarligini xis etadigan fuqarolar tarbiyalashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim bola sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi,
unda o‘qishga intilish xissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlydi. Maktabgacha
ta’limning maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya
tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
Maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy
etish;
Bolalarni maktabga oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy
jixatdan ta’minlash;
Zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar
yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va
umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar
yaratish;
Maktabgacha ta’lim muassasalarining har-xil turlari uchun turli usulrdagi dasturlarni
tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultasiya xizmati
ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
Maktabgacha tarbiya va sog’lomlashtirish muassasalari tarmogini qo‘llab-kuvvatlash
va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g’ri sidagi Nizomda
maktabgacha ta’limga aloxida urg’u berilib, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining
boshlang’ich turi hisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g’risida»gi
Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim, bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat,
davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi:
Bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar
asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash;
Bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik xislarini shakllantirish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini
shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash;
Bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash
malakalarini shakllantirish.
Bolalarning jismoniy va ruxiy sogligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib
belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining yasli va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar guruxlariga
bir xil yoshdagi, shuningdek, turli yoshdagi bolalar qabul qilinishi mumkin.
Guruxlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi:
1 yoshdan 2 yoshgacha – 10 ta.
2 yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta.
3 yoshdan 6-7 yoshgacha – 20 ta.
Turli yoshdagi guruxlarda 15 ta.
Maktabgacha ta’lim muassasalari xududlarini demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa
xususiyatlarini qisobga olgan qolda tashkil etiladi, Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil
etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi turlarga
bo‘linadi:
Bolalar yaslisi, bolalar bog’chasi, bolalar yasli bog’chasi, xonadon bolalar bog’chasi
(ham mustaqil muassasa sifatida, ham filial sifatida);
Bog’cha maktab muassasasi;
Tarbiyalanuvchilarning bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan (til
o‘rganish, badiiy estetik, sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi;
Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruxiy rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf
etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi;
Sanitariya-gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbirlari va muolajalari ustuvor
ravishda amalga oshiriladigan sog’lomlashtiruvchi maktabgacha ta’lim muassasasi;
Aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasasi;
Maktabgacha ta’lim muassasasi turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. Maktabgacha
ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi, ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish,
muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan
tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida esa, muassasaning
Ustavi bilan belgilanadi. Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari mavjud bo‘lgan bolalar
uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari yoki guruxlar tashkil etish ham maktabgacha
ta’lim muassasasi to‘g’risidagi Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Har bir sohada bo‘lganidek,
maktabgacha ta’lim tizimida ham maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasb
tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan
shug’ullanish huquqiga egadirlar. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari
tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish,
kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi. Maktabgacha ta’lim
muassasalari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi
turiga davlat talablaridan kelib chiqqan qolda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg’or
pedagogik va axborot texnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar,
metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning
o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof pedagogikasi asosida quriladi. O‘zbekiston Respublikasi
ta’lim tizimining birinchi – maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar
bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi sifatida shakllandi;
maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini
muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga
muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil
(yasli, bolalar bog’chasi, bolalar bog’chasi–boshlang’ich maktab, davlatga qarashli va xususiy)
turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda.
1997 yilda YUNESKO qaroriga ko‘ra maktabgacha ta’limning nazariy asoslarini qayta
ko‘rib chiqish zaruriyati bilan asoslangan «maktabgacha ta’lim» atamasi qabul qilindi. Ana
shunday asosdan kelib chiqqan holda 2011 yilda Respublikamizda maktabgacha ta’lim rivojining
asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, tamoyillarini o‘z ichiga olgan «Maktabgacha ta’lim
Konsepsiyasi» ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» uch bosqichda
amalga oshiriladi:
I bosqich – qonunchilik faoliyatiga doir – 2012-2014 yillar.
II bosqich – tashkiliy-amaliy – 2015-2017 yillar.
III bosqich – yakuniy – 2018-2020 yillar.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» maktabgacha ta’lim masalasi alohida yoritib o‘tilgan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g’risida»gi
Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab
chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy
yo‘nalishlari o‘z aksini topgan.
Mazkur konsepsiya beshta bo‘limni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kirish (preambula), asosiy
qism (konsepsiyaning asosiy mazmuni), maktabgacha ta’lim tizimining tuzilishi, maktabgacha
ta’lim muassasalarining dasturiy-metodik ta’minoti, maktabgacha ta’limda pedagogik
texnologiyalarni tatbiq etish masalalari yoritib berilgan.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»ning bosh g’oyasini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni
amalga oshirish tashkil etgan. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’limda
ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishga doir zamonaviy yondashuvlar sifatida ijtimoiy-pedagogik,
gnoseologik (bilishga doir), psixologik, akmeologik kabilarga alohida e’tibor qaratish, ulardan
yaxlit tarzda foydalanish bayon etilgan.
Shuningdek, Konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita – didaktik va metodik
modellarining mohiyati ham chuqur va yetarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtai nazaridan asoslab berilgan bo‘lib, ularning
asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog va bolalarning o‘zaro harakati
turlari aniq ko‘rsatib berilgan.
Konsepsiyaning uchinchi – «Maktabgacha ta’limning tuzilishi» bo‘limida maktabgacha
ta’lim muassasalarining turlari, tabaqalashtirilgan yondashuv asosida maktabgacha ta’lim
muassasalarida guruhlarni shakllantirish, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash, mazkur ta’lim
muassasalarida ijtimoiy va psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta’lim muassasalari
uchun tarbiyachilar tayyorlash tizimi, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalarida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan
guruhlarni tashkil etishning tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslangan quyidagi maqbul varianti
taqdim etilgan. Unga ko‘ turli yoshdagi tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan guruhda – 10-12 ta
bola, ilk yosh guruhida – 6-8 bola, uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida – 8-10
ta bola, besh yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida – 10-12 ta bola qamrab olinishi
maqsadga muvofiq.
Shuningdek, Konsepsiyada ta’kidlab o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarini
narsa-buyumlar bilan jihozlashda milliy-etnik, moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg’unligiga
erishish lozim. Chunki aynan maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab bolada ma’naviy-axloqiy
qiyofa shakllana borib, uning har tomonlama uyg’un rivojlanishiga tamal toshi qo‘yiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik va ijtimoiy xizmatning birga olib borilishi tarbiya
samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Psixologik xizmat bolaning har tomonlama, psixik
va shaxsiy rivojlanishiga imkon bersa, ijtimoiy xizmat esa bolaning sotsium (ta’lim muassasasi,
oila va mahalla)dagi tarbiyasi, rivojlanishi va to‘liq ijtimoiylashuvini ta’minlashga doir shart-
sharoitlar yaratadi.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da belgilab berilgan yana bir muhim vazifa
maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirishdir.
Yaratilishi lozim bo‘lgan dasturiy-metodik majmua maktabgacha ta’limga qo‘yilayotgan
talablar, bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishni
ta’minlashi zarur. Mazkur majmuada tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat
yurituvchi boshqa mutaxassislar uchun yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘rin egallashi
kerak. Albatta bu xayrli ishlarni ta’lim-tarbiyaning birinchi bo‘g’ini bo‘lgan oila, maktabgacha
ta’lim muassasasidan olib borish maqsadga muvofiqdir deb ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday ekan, biz
birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz, ularni yetuk malakali
mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyalanayotgan bolalarni har tomonlama bilimli
odob-axloqli qilib tarbiyalash bizning oliy maqsadimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |