Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

mumkin: 
–  qabul  qilinishiga  qarab  aytiladigan  hikoyalar  (bolaning  hikoya  paytida  nimani 
ko‘rayotganligi haqida hikoya); 
–  xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul  qilganligi 
haqida hikoya); 
–  tasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya).  


Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo‘lib, bolalar 
faktlarni bayon qiladilar. 
Tasavvurga  asoslangan  hikoyalar  ijod  mahsuli  bo‘lib,  unda  hikoyachi  bola  mavzuga 
qarab  o‘z  tajribasining  shaklini  o‘zgartiradi  hamda  yangi  vaziyat  va  obrazlar  yaratadi.  Bitta 
mashg’ulotda  bitta  fikrda  hikoyalar  turlarining  aralashib  ketishiga  yo‘l  qo‘yish  mumkin:  bola 
o‘yinchoqni  tavsiflab  (qabul  qilish  asosidagi  hikoya)  bo‘lganidan  so‘ng  uni  qaerdan  sotib 
olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin. 
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  barcha  hikoyalar  turlari  ta’lim  maqsadlaridan  kelib  chiqqan 
holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin. 
Masalan,  tarbiyachi  to‘tiqushlar  haqida  mashg’ulot  o‘tkazib,  bolalarga  hikoya  qilib 
berishni topshirishdan oldin to‘tiqushlar haqida savollar beradi:  

To‘tiqushning patlari qanaqa rangda? 

To‘tiqush patlari uning hamma yerida bir xil ko‘rinishdami? Dumi, boshidagi patlari 
qanday? Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq? 

Idishga suv solib qafasga qo‘yamiz, qushlar nima qiladi, cho‘miladimi, uchadimi? 

Qushlar  qanday  uchadi,  bir-birining  patini  nega  cho‘qiydi,  nima  uchun  shoxdan-
shoxga qo‘nadi? 

Qafasning ichiga don, tuxum, tvorog, sabzi, olma solamiz. 
To‘tiqushlarimiz ularning qaysi birini xush ko‘rib yeydi? 
Bu savollar vositasida bolalar qushlar bilan ishlashga o‘rganadilar, savollar natijasida va 
kuzatishlar asosida «Men qushlarga don berdim» mavzusida hikoya tuzish topshiriladi. 
So‘ng 5-6 boladan hikoyani so‘zlab berish so‘raladi. 
Zebinisoning hikoyasi hammaning diqqatini tortadi: 
«Dadam menga bozordan ikkita to‘ti sotib olib berdilar. To‘tilar kichkina qafaschada edi. 
Ikkinchi  kuni  ini  bor,  chiroyli,  katta  qafas  olib  keldilar  va  to‘tilarni  unga  qo‘yib  yubordilar. 
To‘tilar  keng  qafasga  kirgandan  so‘ng  sayray  boshladilar,  ham  yayrab  o‘ynay  boshladilar. 
To‘tilarning  pati  yashil,  havorang,  sariq,  kulrang  bo‘lib,  tovlanib  turar  edi.  Ular  bir-birlarining 
patlarini tozalay boshladilar. To‘tilarning patlari bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun, 
kichik-kichik xolchalari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek. 
Hikoya  tugagandan  so‘ng  tarbiyachi  hikoyalarni  tahlil  etib,  eng  yaxshi  tasviriy 
lavhalarga, parchalarga  bolalar diqqatini tortadi: masalan, to‘tiqushning  patlari rangini  Dilnoza 
sariq, yashil, kulrang, oq, havorang deb tasvirlaydi. 
«To‘tiqushlar  nima  uchun  shoxdan-shoxga  qo‘nadi?»  degan  savolga  Dilbar: 
«To‘tiqushlar mitti, jonsarak qushlar, o‘ynashni yaxshi ko‘radi», - dedi. 
Sarvar esa: «To‘tiqushlar don cho‘qiydi, tuxumni yaxshi ko‘radi, sabzi, olma bersak ham 
yeydi. To‘tilarga meva va sabzavotlar juda foydali», - deydi. 
Syujetli hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi. 
Masalan,  «Bizning  oila»,  «Mening  do‘stlarim»,  «Alla»,  «Do‘kon»,  «Bizning  doktor», 
«Mening ko‘cham», «Ko‘cha harakati qoidalari», «Men kim bo‘lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta 
terimida»,  «Mehrjon  bayrami»,  «Bizning  qishloq»  kabi  mavzulardagi  hikoyalar  shakl 
jihatidangina  emas,  mazmunan  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  hikoyalarni  tuzishda 
bolalarning nimalarga e’tibor berishi tushuntiriladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish