Nizomiy nomidagi toshkent davlat


  Nutqiy  va  fonematik  eshitishni  rivojlantirish



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

1.  Nutqiy  va  fonematik  eshitishni  rivojlantirish.  Bolalarning  ona  tilida  avloddan-
avlodga  o‘tib  kelayotgan  xalq  ma’naviy  boyliklarini  qanchalik  meros  qilib  olishlari, 
tarbiyalanuvchilarning  kelgusida  o‘z  davrining  ilmiy  yutuqlarini  o‘zlashtira  olishlari,  ularning 
insoniyatning  ilg’or  she’riy  va  estetik  ideallariga  sodiqligi,  ya’ni  mustaqil  O‘zbekistonda 
demokratik jamiyatning to‘laqonli quruvchilari bo‘la olishlari tarbiyachiga bog’liqdir. 
Bolalarga  nutqni  o‘rgatish  uchun  bo‘lajak  tarbiyachi  nutqni  rivojlantirish  metodikasi 
nazariyasini  chuqur  o‘rganishi  va  ushbu  sohaning  fanga  ma’lum  bo‘lgan  metodlarini 
o‘zlashtirishi, bolaning ona tilini o‘zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim. 
Ta’limning fonetika sohasidagi vazifalari. Quloqni tovushlarga va yangi tildagi so‘zlarga 
o‘rgatish,  tovush  qurilishining  asosiy  qonuniyatlarini  farqlash  zarurligi;  to‘g’ri  adabiy  talaffuz 
qoidalarini o‘zlashtirish, tilning tovush qurilishi asosiy qoidalari, ya’ni undoshlarning qattiqligi - 
yumshoqligi,  jarangli  va  jarangsizligiga  qarab,  bir-biriga  qarama-qarshi  qo‘yishni  o‘zlashtirib 
olish  asosida  sheva  bilan  gapirishning  oldini  olish  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  bolalar 
nutqini  o‘stirishning  muhim  vazifalaridan  biri  hisoblanadi.  To‘g’ri  adabiy  talaffuzni  mashq 
qilishni nutqni o‘zlashtirishning keyingi bosqichlarida ham davom ettirish darkor. 
Bolalarning  o‘z  ona  tilidan  boshqa  tilni  o‘rganishlari  orfoepik  (ifoda)  qiyinchiliklarning 
yangi fonetik (tovush) qatlamga o‘tishidan boshlanadi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, ko‘p 
holatlarda  ushbu  qiyinchiliklar  inson  nutqida  milliy  sheva  ko‘rinishidagi  asoratlarni  qoldiradi. 
Ko‘pgina holatlarda esa orfoepik (ifoda) to‘siq mamlakatimizda o‘zga tilni o‘rganuvchilar uchun 
ijtimoiy lingvistik  sharoitlar o‘zgarganiga qaramasdan  yengib  o‘tilmay qolaveradi.  Hattoki,  rus 
muhitida yashaydigan va o‘zga tilni etarli darajada egallab olgan odamlar ham butun umr bo‘yi 
nutqdagi milliy shevadan xalos bo‘lolmaydilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi va kichik 
maktab  yoshidagi  bolalarga  o‘zga  tilni  o‘qitishda  birinchi  mashg’ulotlardan  boshlaboq,  ularda 
to‘g’ri  adabiy  talaffuzni  shakllantirish  ishiga  alohida  e’tibor  berish  lozim.  Shu  bois,  pedagog 
oldida quyidagi vazifalar turadi: 
–  bolalarda artikulyatsiya apparatining harakatchanligini rivojlantirish; 


–  eshitish organlarini yangi til tovushlariga o‘rgatish; 
–  bo‘g’inlardagi,  so‘zlardagi  tovushlarni  rus  tilining  orfoepik  qoidalariga  mos 
ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish; 
–  bolalar nutqining ifodaviyligini, yaxshi talaffuzni shakllantirish; 
–  milliy shevaning oldini olish. 
To‘g’ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga 
oid  ishlarning  muhim  qismi  hisoblanadi.  Bu  ish  lug’atni,  ravon  va  grammatik  to‘g’ri  nutqni 
rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 
Nutqni  rivojlantirish  metodikasining  asosiy  mazmuni  -  bolalarda  og’zaki  nutqni,  uning 
atrofdagilar  bilan  nutqiy  muloqoti  ko‘nikmalarini  shakllantirishdir.  Nutqni  rivojlantirish 
metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o‘qitish (bolalarda 
qanday  nutqiy  ko‘nikmalarni  tarbiyalash),  qanday  o‘qitish  (bolalar  nutqini  shakllantirishda 
qanday  sharoitlarda  qaysi  metod  va  usullardan  foydalanish  lozim),  nega  endi  aynan  shunday 
o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi 
ma’lumotlariga asoslanmoqda). 
Nutqni  rivojlantirish  metodikasi  –  maktabgacha 
yoshdagi  bolalarda  nutqni 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. 
Metodikaning  asosiy  vazifasi  –  ilmiy-psixologik  asosda  nutqni  rivojlantirishning  eng 
samarali  vositalari,  metodlari  va  usullarini  ishlab  chiqish  hamda  bolalarda  zarur  nutqiy 
ko‘nikmalarni  muvaffaqiyatli  ravishda  rivojlantirishlari  uchun  ular  bilan  bolalar  bog’chalari 
tarbiyachilarini qurollantirishdan iboratdir. 
Nutqni  rivojlantirish  metodikasi  bolalarga  ona  tilini  o‘rgatishning  ob’ektiv  xususiyatlari 
aks  ettirilgan,  nutqni  rivojlantirish  metodikasi  sohasida  O‘zbekiston  Respublikasida  va  xorijda 
yaratilgan va hozirda mavjud bo‘lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan.  
Metodik  nazariyani  bilmaydigan  tarbiyachi  faqat  o‘z  farazlaridan  kelib  chiqib  yoki 
boshqalarning tajribalaridan nusxa ko‘chirgan holda bolalarni ko‘r-ko‘rona tarbiyalaydi. U ko‘p 
narsani  nazardan  qochiradi,  chunki  rang-barang  metodlar  va  usullarni  bilmaydi.  Nutqni 
rivojlantirish  metodikasi  nazariyasi  metodik  amaliyot  bilan  birgalikda  rivojlanmoqda.  Ayrim 
metodik  qoidalarning  yashovchanligi  amaliyotda  tekshirib  ko‘rilmoqda,  amaliyotning  o‘zi  fan 
oldiga hali o‘z yechimini topmagan muhim masalalarni qo‘ymoqda. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish