Masharipov S.S., Tirkashev I. Kimyo, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun, Toshkent
24
rasi (
0
da)
Formaldegid
(Chumoli aldegid)
HCHO
-92
-21,0
0,815
2,27
Asetaldegid (Sirka
aldegid)
CH
3
CHO
-123,5
-21,0
0,78
2,49
Propion aldegid
CH
3
-CH
2
-CHO
-182,0
48,8
0,807
2,54
Moy aldegid
CH
3
-CH
2
-CH
2
-CHO
-99,0
75,7
0,817
2,57
Izomoy aldegid
(CH
3
)
2
CH-CHO
-65,9
64,0
0,794
2,58
Aseton
(Dimetilketon)
CH
3
-CO-CH
3
-95,3
56,2
0,79
2,72
Metil etil keton
CH
3
-CO-CH
2
CH
3
-86,4
79,6
0,805
2,79
Kimyoviy xossalari. Aldegid va ketonlar kimyoviy reaksiyalarga kirishish
qobiliyati kuchli bo’lgan organik moddalar hisoblanadi. Jumladan, ularda birikish,
alkillanish, oksidlanish, polimerlanish, kondensatlanish reaksiyalari oson boradi.
Aldegid va ketonlarning kimyoviy reaksiyalarga moyilligi ular molekulasidagi
karbonil gruppaning tuzilishi bilan bog’liq. Karbonil gruppadagi qo’shbog’ fizik
tabiatiga ko’ra ikki uglerod atomi orasidagi qo’shbog’ga o’xshash. Chunki
karbonil gruppadagi C=O bog’ning biri
-, ikkinchisi
- bog’dir. Ammo shuning
bilan birga E
c=c
<2E
c-c
, ammo C=O energiyasi ( 749,4 kJ/moll ) ikki oddiy C-O
bog’ energiyasidan katta.
- bog’ kislorodning 2p atom orbitallari va sp
2
gibridlangan uglerod
orbitallari hisobiga vujudga keladi. 2p
z
atom orbitalida elektronlar
- bog’ni
vujudga keltiradi. Kislorodning bo’linmagan ikki p elektronlari 2p
y
atom
orbitalarida
- bog’ga perpendikulyar tekislikda joylashgan. Kislorodning
bo’linmagan ikki
p elektroni karbonil gruppaning kimyoviy xossalariga jiddiy
ta’sir qimaydi.
25
Kislorod uglerodga nisbatan kuchliroq elektromanfiy element bo’lganligi
uchun, elektronlar buluti zichligi kislorod atomiga yaqin joyda bo’ladi, ya’ni
uglerod- kislorod bog’ qutblanadi.
Karbonil gruppa reaksiya markaziga ega, ya’ni uglerodda elektronlar
bulutining zichligi kam,kislorodda elektronlar bulutining zichligi ko’p. Shuning
uchun karbonil gruppaga birikish reaksiyasi nukleofil reagentlarning elektrofil
uglerod atomiga hujumi bilan boshlanib, kislorod atomiga proton birikishi bilan
tugaydi, ya’ni nukleofil mexanizmga ega:
Karbonil gruppaga nukleofil reagent birikishi bosqichli jarayon. Masalan,
natriy gidrosulfitning sirka aldegidga birikishi:
Karbonil gruppa uglerodining musbat zaryadini kuchaytiradigan radikallar
ta’sirida aldegid va ketonlarning reaksiyaga kirishish qobiliyatini orttiradi,
aksincha uglerod atomidagi musbat zaryadni susaytiradigan radikallar yoki atomlar
ta’sirida aldegid va ketonlarning reaksiyaga kirishish qobiliyatini kamaytiradi.
Masalan, sirka aldegiddagi bitta, asetondagi ikkita metil gruppa elektronlar bulutini
itarib, karbonil uglerodidagi musbat zaryadni kamaytiradi. Shuning uchun ham
sirka aldegid va ayniqsa aseton chumoli aldegidiga nisbatan birikish reaksiyalariga
sust kirishadi.
26
Trixlorsirka aldegid (xloral)ning esa chumoli aldegidga nisbatan birikish
reaksiyalariga aktiv kirishadi. Chunki undagi I-effektga ega bo’lgan –CCl
3
karbonil
uglerodidagi elektronlarni o’ziga tortib, undagi musbat zaryadni yanada oshiradi:
Natijada aldegidning reaksiyaga kirishish qobiliyati kuchayadi. Aldegid va
ketonlardagi karbonil gruppaning qutblanganligi molekuladagi qo’shni C─C
(uglerod-uglerod) va C─H (uglerod-vodorod) bog’larga ham ta’sir qiladi.
Jumladan karbonil gruppaga yaqin α- vodorod atomlarining kimyoviy aktivligini
oshiradi. Chunki α C─H bog’lar elektron buluti, elektromanfiylik katta bo’lgan
kislorod atomiga siljishi tufayli, karbonil gruppa uglerodi bilan qo’shni a- uglerod
orasidagi C─C bog’ 0,008 nm ga qisqaradi. Natijada C─H bog’lar zaiflashib, α-
vodorod atomlarining qo’zg’aluvchanligi kuchayadi va almashinishi osonlashadi:
2e>
Do'stlaringiz bilan baham: