Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana29.01.2021
Hajmi0,96 Mb.
#57524
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot tehnologiyalari fanini kasbga yonaltirib oqitish metodikasi

 

 


 

32 


2.2. Kasbga yo’naltirishni yoshlar  ongida tarkib toptirishga 

tizimli yondashuv 

 

Yosh  avlodning  har  tomonlama  yetuk,  bilimli,  yuksak  ma’naviyatli, 

barkamol,  vatanparvar  shaxslar  bo’lib  yetishishini  ta’minlash  yo’lida  amalga 

oshirilgan  ulkan  bunyodkorlik  ishlarining  eng  asosiy  bo’g’ini  sifatida  pedagogik 

xodimlarning  yuqori  ilmiy,  metodik  bilimlarga  hamda  amaliy  ishlash  bo’yicha 

yuksak  mahoratga  ega  bo’lishlarini  ta’minlash  yuzasidan  zarur  chora-tadbirlarni 

amalga oshirish hisoblanadi. Zero Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Eng 

yangi  zamonaviy  o’quv  vositalari  bilan  ta’minlangan  ta’lim  muassasalariga 

eskidan  qolgan  o’qitish  uslublarining  davom  etirishiga  mutlaqo  yo’l  qo’yib 

bo’lmaydi”.

19

 

Texnologiyalashtirish, 



axborot 

texnologiya 

va 

kompyuterlashtirish 



g’oyalariga  asoslangan  yangi  pedagogik  texnologiya  amaliyoti  an’anaviy  ta’lim 

texnologiyalari muhitida rivojlanadi. An’anaviy pedagogik texnologiyalar qatoriga 

emperik  va  kognetiv,  interaktiv,  evristik,  kreativ,  adaptiv  va  boshqalar  kiradi. 

Pedagogik texnologiya deb atalib kelinayotgan tajribadan o’tgan, umuman foydali 

(samarali),  lekin  texnologiyalashtirish  talablariga  javob  bermaydigan  o’qitish 

uslublari  ham  bor.  Amalda  qo’llanib  kelinayotgan  an’anaviy  pedagogik 

texnologiyalarni  aksariyatida  o’quv  jarayonini  intensivlashtirish,  faollashtirish, 

ba’zan «optimallashtirishga» da’vat bo’ladi, lekin progmatik yondashish – ta’limda 

mo’ljallangan natijalarga kafolatli erishish, aniq maqsad qilib qo’yilmagan.

20

 



"Kadrlar tayyorlash milliy  dasturi" ni  amalga  oshirish sharoitida ta’lim  sifati 

va mo’ljallangan natijalarga erishishni kafolatlash vazifasi ilgari surilgan. Bugungi 

kunda:  o’quvchi  nimani  bilishi  (axborot  komponenti),  bajara  olishi  (faoliyatli 

komponent)  va  u  qanday  shaxsiy  xususiyatlarga  ega  bo’lishi  zarur  ekanligi 

(shaxsiy komponenta) haqida ta’lim tizimi axborotga ega bo’lishi zarur. 

                                                           

19

 Tojiyev M, B.Ziyomuhammadov  Milliy pedagogik texnologiyani ta’lim –tarbiya  jarayoniga tatbig’i  va uni 



yoshlar intellekual salohiyatini yuksaltirishdagi o’rni // T 2010 y  3 bet 

20

 Axborot texnologiyalari. Texnika oliy o’quv yurtlari uchun -T.: Aloqachi. 2006 y. –130 b. 



 


 

33 


-  o’quvchi  mavjud  fan  bilimlari  bilan  xotirasini  nafaqat  boyitish,  balki  shu 

asosida tafakkurini tizimli ravishda rivojlantirishi zarur; 

-  ijodiy  o’quv  faoliyati  muhitini  yaratish  zarur;  ushbu  faoliyatga  faqat  Dars 

asosida emas, balki harakat, maqsadli yo’naltirilgan jarayon va ularning natijasida 

olinadigan mahsulotga ega bo’lish orqali erishiladi; 

Тa’lim tizimi ishonchli tashxis, o’quvchining bilimini ob’ektiv nazorat qilish 

va baholash mezonlariga ega bo’lishimiz zarur; bu o’rinda ta’lim tizimida yuqori 

texnologiyaga  (natijalarini  qayta  tekshirish  zaruriyati  yo’q  bo’lgan)  erishish 

mumkin  emasligini  bilish  ahamiyatga  molik;  aynan  shu  sababli  o’quvchilar 

bilimini  pog’onali  nazorat  qilishga  (jumladan,  reyting  va  kompyuter  testlari) 

majburmiz.

21

  



Bu holatlar ta’limni yangi imkoniyat va talablar asosida texnologiyalashtirish, 

O’zbekiston  Respublikasi  ta’lim  jarayoniga  hozirgi  zamon  axborot  texnologiyasi 

asosida  yaratilgan  yangi  pedagogik  texnologiyani  tatbiq  qilishni  ta’qazo  qiladi. 

Axborot texnologiyalarni amaliyotda qo’llash darajasi oddiy ko’rinishdan kompakt 

disklarga  yozilgan  fanlarni  o’qitish  kurslar  va  qolaversa  ekspemert  –  o’qitish 

hamda  kasbiy  trening  tizimlar  darajasida  bo’lishi  mumkin.  Bu  holatlar  ta’limni 

yangi  imkoniyat  va  talablar  asosida  texnologiyalashtirish,  O’zbekiston 

Respublikasi  ta’lim  jarayoniga  hozirgi  zamon  axborot  texnologiyasi  asosida 

yaratilgan  yangi  pedagogik  texnologiyani  tatbiq  qilishni  ta’qazo  qiladi.  Axborot 

texnologiyalarni  amaliyotda  qo’llash  darajasi  oddiy  ko’rinishdan  kompakt 

disklarga  yozilgan  fanlarni  o’qitish  kurslar  va  qolaversa  ekspemert  –  o’qitish 

hamda kasbiy trening tizimlar darajasida bo’lishi mumkin. 

     Informatika  va  axborot  texnologiyalari  kursini  aynan  shularni  nazarda 

tutgan  holda  kasbga  yo’naltirib  o’qitishga,  informatikaning  amaliy  jixatlarini 

muayyan  faoliyat  soxasiga  tadbiqan  o’rganish  kiradi.  Bunday  ta’lim  berishdan 

maqsad  predmet  soxasini  informatika  va  axborot  texnologiyalari  atamalari 

bo’yicha  taxlil  qilish,  zamonaviy  axborot  texnologiyalari,  qurilmalar  va  dasturiy 

vositalardan  foydalanib  kasbga  yo’naltirilgan  vazifalarni  qo’yish  va  yechishdan 

                                                           

21

 



O’qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalar bo’yicha kompetentligi muammo va echimlar” Vazirlik 

tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy anjuman materiallari// T-2012y  133 bet   

 



 

34 


iborat. Informatika va axborot texnologiyalarini kasbga yo’naltirilgan holda ta’lim 

berish jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, ya’ni axborot texnologiyalarini rivojlanishi 

har  bir  sohaga  innovatsion  texnologiyalarning  kirib  kelishi  bu  sohalarini  ma’lum 

yo’nalishda o’zgartirishlarga olib kelmoqda. 

    Kasbga yo’naltirilgan holda o’qitish talabani ixtisoslikka bo’lgan har tomonlama 

talabni  qanoatlantirishga  qaratilgan  ta’lim  texnologiyalari  pedagog  va  talabaning 

hamkorligiga,  psixologig  pedogogik  shart  sharoitlarni  amalga  oshirishga  imkon 

beradi.  

     Informatika  va  axborot  texnologiyalari  kursini  kasbga  yo’naltirilgan  holda 

o’qitish,  maishiy  xizmat  soxasi  hamda  o’quv  pedagogik  jarayoni  amaliy  uzviy 

bog’langanini ko’rsatadi. 

     Kurs  amaliy  xususiyatga  ega  bo’lgani  bois,  Informatika  va  axborot 

texnologiyalari kasbiy vazifalarni yechish uchun xizmat soxalariga tahluqli axborot 

bilan ishlashda vositalar sifatida qaraladi va qo’llaniladi.  

        Kasbga  yo’naltirilgan  informatika  va  axbrot  texnologiyalarni  o’qitishda 

pedogogik  texnologiyalarga  to’xtaladigan  bo’lsak,  yapon  olimi  Sokomota 

aytganidek,  “Pedogogik  texnologiya  o’quv  jarayonini  muayyan  bir  jarayonga 

keltirishdir,  degan.  Demak,  kelib  chiqadiki  pedogokning  ta’lim  berish 

texnologiyasi  o’quv  jarayonini  muayyan  bir  tizimga  keltirishi  yoki  o’qitayotgan 

fanning  zamon  talabiga  ko’ra  o’zgartirishlar  kiritilishi  mumkunligidan  dalolat 

beradi.  Bizning  holatimizda  o’quvchilarga  “Informatika  va  axborot 

texnologiyalari” fanini o’qitishda, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini 

maishiy xizmat soxasiga moslashtirish vazifasi turibdi.  

 O’quvchiga yangi pedogogik tenologiyalaridan biri “Venn diogramma” sini 

qo’llaniladi.  Bunda  olinadigan  ikkita  aylanalar  ikkita  kursni  bildiradi,  ularning 

kesishgan  qismi  ularning  bir  biriga  bo’g’liqlik  qismi.  Talabaga  shu  ikki  aylanani 

to’ldirish vazifasini berish bilan uning har ikki fanning va ularning bog’liqlik qismi 

haqidagi tushunchasini oshirish mumkin.  

     Amaliy  mashg’ulotlarga  talabalarning  kasbiy  faoliyatini  oshirish  maqsadida 

axborot qidiruv tizimlari taqdim qilinadi. Axborot qidiruv tizimlarining ahamiyati 




 

35 


o’sib  borayotgan  bir  zamonda,  biror  kasbga  doir  xujjatning  yangi  tahrirdagi 

variantini  qidirib  topish  amaliyotdagi  malakali  mutaxassislarni  tayyorlashda 

muhum ahamiyat kasb etadi. 

     Axborot  tizimi  axborot  to’plash,  saqlash,  qidirish,  unga  ishlov  berish  hamda 

undan  foydalanish  imkonini  beradigan,  tashkiliy  jihatdan  tartibga  solingan  jami 

axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari

22

.  


Qo’llanish  sohasidan  qatiy  nazar,  axborot  tizimlarining  umumiy  tuzilishi, 

uni  ta’minlovchi  ba’zi  tizimlarni  texnik,  dasturiy,  axborot,  tashkiliy  va  huquqiy 

ta’minotlar to’plami sifatida qabul qilish mumkin.  

 MS Word, MS Excel va MS Power Point amaliy dasturlarni o’qitish davrida 

yuqorida  keltirilgan  axborot  tizimlarini  har  bir  amaliy  dasturlarga  qo’llash 

informatika  va  axborot  texnologiyalari  fani  ixtisoslikka  yo’naltirilgan  holda 

o’qitiladi.  MS  Word  amaliy  dasturida  ishlashga  o’rganilayotganda  axborot 

tizimlaridagi  ma’lumotlarni  olish  ularni  tahlil  qilish  va  saqlashga  o’rgatish 

mumkin.  Bunda  talaba  MS  Word  amaliy  dasturda  ishlashga  o’rganadi  va  shu 

davrning  o’zida  axborot  tizimlaridagi  ma’lumotlarni  olishga,  saqlashga,  tahlil 

qilishga o’rgatiladi. Bunday amaliy bajarilgan vazifalar natijasida talaba kelajakda 

egallaydigan kasbiga tayyorlanib boradi. 

        Amaliy  dasturlarda  talabaga  fikrlash  va  ijodiy  qobiliyatini  rivojlantiruvchi, 

uni  qiziqtiradigan  mavzularga  oid  topshiriqlar  ishlab  chiqilib  beriladi.  Masalan, 

mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin. 

       MS Word dasturida xujjat xosil qilish. Oshpazlik sohasida 

       Axborot  qidiruv  tizimidan  oziq-ovqatlarning  sifat  darajasini    belgilovchi 

xujjatni  qidirib  toping  va  qonun  mazmunidan  kelib  chiqib  sanitar  gigienik 

talablarga  javob  beruvchi  xujjat  tayyorlang,tayor  hujjatni  jadval  ko’rinishiga 

keltirish  mumkinligi  haqida  bosh  qotiring.  Xujjatga  talablar:  sarlavha  shrift  18pt 

rangi  havo  rang;  matn  shrifti  14pt  rangi  qizil,  xujjatning  chet  o’lchamlari: 

yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm, o’ngdan 3 sm, chapdan 2,5 sm, satrlar oralig’i 1,5 

interval. 

                                                           

22

 O’zbekiston Respublikasining “Elektron raqam imzo to’g’risida”gi 2003 yil 11 dekabr qonuni  



2-moddasi// O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining axborotnomasi.-Toshkent, 2004.№1-2 


 

36 


       MS Excel  amaliy  dasturda  axborot tizimlaridagi  ma’lumotlarni diagrammalar 

asosida  tahlil  qilish  mumkin.  Bunda  mehmonxona  va  servis  yo’nalishidagilarga 

chetdan kirib keladigan va o’zimizda ishlab chiqariluvchi mahsulotlarni tan narxi, 

ozuqaviy  miqdori  va  saqlash  muddatlari  haqidagi  ma’lumotlarni  olib,  ularni 

solishtirma  koeffitsentini  hisoblash,  foizlarga  ajratish,  statistik  ishlov  berish  va 

qaysi  mahsulotga  talabni  ko’pligini  aniqlash  imkonini  beradi.  Ushbu  olingan 

natijalar asosida diagramma tayyorlanadi.  

       Ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni amalga oshirish ham keng imkoniyatlar 

yaratadi. Ayni paytda bu o’qishga rag’batni kuchaytirish imkonini beradi, chunki 

talabalar  maxsus  kasbiga  oid  vazifani  yechishni  o’rganish  mobaynida  natijasini 

juda tez ko’radi.  

       Shuni  tahkidlash  lozimki,  kasbga  yo’naltirilgan  holda  o’qitishni  modelini 

ishlab chiqish har bir KHKda informatsion muhiti sharoitlari va ta’lim vositalarini 

tanlash  imkoniyatlariga  qarab  o’z  xususiyatlariga  ega  bo’ladi.  Bundan  tashqari, 

axborot texnologiyalari va axborot tizimlari mutasil rivojlanish holatida ekanligini 

hisobga olgan holda, ishlab chiqilayotgan metodik tizimning mazmuni o’qituvchi 

tomonidan 

muntazam 

quvvatlanishi 

lozim(dasturiy 

mahsullarning 

yangi 


versiyalariga o’tilganda yoki yangi texnologiyani joriy etilganda). 

     Yuqorida  keltirilgan  tadbiqlardan  kelib  chiqib  KHK  muassasalarining  maishiy 

xizmat  ko’rsatish  ixtisosligi  talabalariga  kasbga  yo’naltirilgan  “informatika  va 

axborot texnologiyalari” kursining modeli uch qismdan iborotligi aniqlandi: 

 

 

 



 

 

     



 

Ushbu  model  asosida  o’qitish  hozirgi  informatsion  xizmat  ko’rsatish 

muhitida  axborotni  qidirish,  saqlash,  tanlash,  o’zgartirish,  qayta  ishlash  va 

Kasbga yo’naltirilgan “Informatika va AT” kursining modeli

 

amaliy 


ko’nikmalarni 

shakllantirish 

qismi

 

kasbiy vazifalarni yechishda 



informatsion faoliyatning 

o’zlashtirish qismi

 

Nazariy 


qismi

 



 

37 


uzatishning  barcha  turlarini  amalga  oshirish  borasidagi  ko’nikmalarni 

o’zlashtirishga,  olingan  bilimlar  va  informatsion  faoliyat  ko’nikmalaridan 

namunaviy kasbiy vazifalarni yechish uchun foydalana olishga tayyorlaydi. Ushbu 

model  asosida  kasbiy  maxoratni  o’stiruvchi  va  amaliy  ahamiyatini  oshiruvchi 

ayrim mavzularning ishlanmasi yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. 

      Kasbga  yo’naltirilgan  holda  o’qitish  natijasida  qo’yilgan  vazifalarni  yechish 

quyidagi bosqichlardan iborot bo’lishini ko’rsatadi. 

  

Ushbu  bosqichlarni  amalga  oshirish  uchun  talaba  hozirgi  axborot  muhiti 



sharoitlarida  axborotni  qidirish,  saqlash,  tanlash,  o’zgartirish,  qayta  ishlash  va 

uzatishning  barcha  turlarini  amalga  oshirish  borasidagi  ko’nikmalarni 

o’zlashtirishi,  olingan  bilimlar  va  informatsion  faoliyat  ko’nikmalaridan 

namunaviy kasbiy vazifalarni yechish uchun foydalana olishi lozim. 

     Bu kasbga yo’naltirilgan informatika va axborot texnologiyalari kursini nafaqat 

maishiy  xizmat  ko’rsatish  yo’nalishi  talabalariga  balki  barcha  ixtisosliklarga 

qo’llash  mumkin.  Buning  uchun  ixtisosliklarga  oid  bo’lgan  avtomatlashtirilgan 

tizimlarni tanlab olish lozim. 

 


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish