M: O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning zamonaviy tizimi
Respublikada jismoniy tarbiya va sportni boshqarish shakllari, umumiy va maxsus vakolatli organlar, O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo’mitasi boshqaruv tashkilotlari tizimida.
O’zbekiston Respublikasida sport sanoatini rivojlantirishning maqsadli kompleks dasturi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida mehnat munosabatlari.
Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha faoliyatning moddiy texnik ta`minoti. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xodimlarini moddiy va ma`naviy rag’batlantirish shakllari.
Boshqaruv tushunchasi tor ma’noda biror bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarini foyda keltirishi, samara berishi qanchalik faoliyat yo‘nalishini to‘g‘ri tanlay bilish, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv keng ma’noli tushuncha sifatida jahondagi boshqaruv va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter F. Druker aytganidek, “Boshqaruv alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilmagan betartib ommani, bir maqsadga yo‘naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan, ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantiruvchi element hisoblanadi”. Boshqaruv nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o‘z tanlagan yo‘li maqsad va intilishlariga etaklovchi, iqtisodiyotni kuchli barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim ta’sir etuvchi kuch hisoblanadi.
Boshqaruvni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozim.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, boshqaruv maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Boshqaruvning mohiyati ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishini va iqtisodiy aloqalarini murakkablashuvi bilan kengayib boradi. Boshqaruv ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni shakllantirish, foydani maksimallashtirishga qaratilgan bo‘lsa, u butun bir iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini qondira oladigan bozor infratuzilma elementlari va ularni o‘zaro aloqasini ta’minlovchi mexanizmni barqaror ishlashiga, har bir fuqaro, guruh, uyushma, tashkilot va muassasalar manfaatlarini e’tiborga olgan holda ularni jahon sahnasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaratilgan bo‘ladi.
Boshqaruvning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o‘rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda xo‘jalik rahbarlari respublika iqtisodiyotini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilindi, shunday bir sharoitda respublika davlat va iqtisodiyotni qayta qurishning bosh maqsadi Prezidentimiz I. Karimov tomonidan quyidagicha aniqlab berildi: “Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat”. Uning amalga oshirilishi turli sohalarda olib boriladigan islohatlarga va boshqariladigan vazifalarga nechog‘lik bog‘liq bo‘ladi.
Ijtimoiy siyosiy sohada:
ma’muriy buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmidan va tuzilmalaridan qutilishi;
davlat qurilishining demokratik–huquqiy tamoyil va me’yorlarga o‘tish;
fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish va boshqalar.
Ijtimoiy – iqtisodiy sohada:
iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish;
mulkchilikning xilma – xilligi;
narx erkinligini ta’minlash;
raqobat kurashiga o‘tish;
ko‘p tarmoqli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o‘tish va boshqalar.
Ma’naviy sohada:
mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash aqidabozlik va o‘ta siyosatlashgan mafkura hukmronligidan qutilish.
Xalqaro munosabatlar sohasida:
butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zini chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish;
jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo‘l ochish.
Bozor munosabatlariga o‘tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o‘zaro ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o‘z-o‘zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo‘lishini ta’minlovchi takomillashgan iqtisodiy mexanizmini yaratishga yo‘naltirilgandir.
Bugungi kunda «boshqaruv ilmi», «qabul qilish ilmi», «tizimli tahlil», «tizimlar haqida ilm», lekin ko‘proq «operatsiyalar tadqiqoti» bir-birini almashtiradigan tushunchalarni uchratish mumkin. Boshqaruv ilmining yondashish sifatida o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
ilmiy usulning qullanilishi;
tizimli yondashish;
modellar ishlatilishi.
Ilmiy usul boshqaruv ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor ishlatilgan har qanday ilmiy tadqiqotning fundamental tadbiridir. U uch bosqichdan iborat.
1. Kuzatuv. Gap muammo va vaziyat haqida axborotni ob’ektiv tarzda yig‘ish va tahlil qilish ustida ketmoqda. Masalan, mahsulotlarga ehtiyoj va zahiralar darajasi o‘rtasidagi bog‘liqligi ko‘rib chiqilayotganda, rahbar zahiralar darajasi ehtiyojga qarab o‘zgarilishini baholash kerak. (Bugungi kunda ilmiy taxlilning bu va deyarli hamma boshqa jihatlari odatda idora bo‘linmalari mutaxassislari tomonidan o‘tqaziladi).
2. Gipotezaning ifoda qilinishi. Gipotezani ifoda etayotib, tadqiqotchi mavjud imkoniyatlar (alternativlar) — faoliyat (harakat) variantlari — va vaziyat uchun ularning oqibatlarini aniqlaydi, va shuningdek ushbu kuzatuvlar asosida bo‘lgan prognozni qiladi. Maqsad — muammoning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish. Masalan, kuzatuv oy davomida ehtiyoj 10 foyizga o‘sganda zahiralar kamayishini ko‘rsatsa, rahbar gipotezaga asoslanishi mumkin, qaysiki zaxiralarning muayyan mikdorga o‘sishi ularning bunday vaziyatda qisqarishi oldini oladi.
3. Verifikatsiya. Verifikatsiyaning yoki gipotezaning to‘g‘riligini tasdiqlanishining uchinchi bosqichida tadqiqotchi gipotezani qabul qilingan qarorning natijalarini kuzatib tekshiradi. Bizning misolni davom ettirib, rahbar aslini olganda zahiralar darajasini idora mutaxassisi taklif etgan miqdorga ko‘paytirishi mumkin. Agar bunda zahiralar kamaymasa yoki xaddan ziyod ko‘paymasa, gipotezani to‘g‘ri deb tan olish kerak. Agar har xolda ehtiyojning o‘sishi bilan mahsulotlarning etishmasligi paydo bo‘lsa yoki zahiralar shunchalar o‘ssaki, ularni saqlash chiqimlari haddan ziyod bo‘lib qolsa, unda gipotezani noto‘g‘ri deb tan olish kerak. Bu holda, rahbar birinchi bosqichga qaytib, mavjud axborotga gipotezani tekshirish bosqichida yig‘ilgan axborotni va boshqa ma’lumotlarni qo‘shgandan keyin, yangi gipotezani ifoda qilishi kerak.
Boshqaruv muammolarini hal etayotganda ilmiy usulni qo‘llab turib shuni esda tutish kerakki, tashkilot - bu o‘zaro bog‘langan qismlardan iborat ochiq tizimdir. SHuning uchun boshqaruvga ilmiy yondashishning ikkinchi xususiyati bo‘lib tizimli yondashish turadi.
Boshqaruv ilmining uchinchi xususiyati - modellarni ishlatishdir. Modellashtirish ko‘p hollarda boshqaruv muammolarining murakkabligi va ilmiy tajribalarni real hayotda o‘tkazish qiyinchiligi tufayli zarurdir.
Modellashtirish - bizning muhokamada ko‘p e’tibor berilgan konsepsiyadir. Ilmiy boshqaruv maktabining eng ko‘rinadigan va ehtimol eng yirik hissasi oddiy sabab - oqibatli baholash uchun judda murakkab vaziyatlarda ob’ektiv qaror qabul qilishga imkoniyat beradigan muqobil modellarni ishlab chiqishdadir. Bunday modellarning ko‘pi shunchalik murakkabki, har o‘rta rahbar mustaqil ravishda ularni ishlatishga qodir emaslar. Biroq, modellar haqida ishonarli tasavvurning yo‘qligi rahbarning sinash va hatolar usulini qo‘llashga va tekshirilgan usullar qo‘llashning o‘rniga o‘ylanmagan qabul qilishga olib keladi.
Model o‘zi nima? Boshqaruv ilmi ishlatadigan ayrim modellarni kompyutersiz amalga oshirish murakkab bo‘lsa ham, modellashtirish konsepsiyasi oddiy. SHennonning ta’rifiga binoan: «Model - bu ob’ektni, tizimni yoki g‘oyani butunlikning o‘zidan farqli ma’lum bir shaklda taqdim etilishi». Masalan, tashkilot sxemasining uzi uning tuzilishini ifoda etadigan modeldir. Ushbu kitobda tavsiflangan hamma boshqaruv nazariyalari tashkilot yoki uning qandaydir kichik tizimi ishlash modelining mohiyatidir. Siz ko‘p o‘tmay modellarning ko‘p boshqa sizga tanish bo‘lgan misollari borligiga ishonch hosil qilasiz.
Model qo‘llanilayotgan real hayotiy vaziyatni soddalashtirishni uning asosiy xususiyati deb hisoblasa bo‘ladi. Model shakli kamroq murakkab bo‘lgani va ishga tegishli bo‘lmagan real hayotda muammoni xiralashtiradigan ma’lumotlar yo‘q bo‘lib ketadigani uchun, model rahbarning uning oldida paydo bo‘layotgan muammolarni tushunish va hal etish qobiliyatini oshiradi. Model shuningdek rahbarga o‘z tajribasini va mulohaza qilish qobiliyatini ekspertlar tajribasi va mulohaza qilish qobiliyati bilan mujassamlashtirishga yordam beradi.
Modellashtirish zarurati
Real hayot bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘zaro munosabatda bo‘lish o‘rniga model ishlatishni shart qiladigan bir necha sabablar mavjud. Ularga ko‘p tashkilot vaziyatlarning tabiiy murakkabligi, real hayotda zarur bo‘lganda ham ilmiy tajribalarni o‘tkazishning imkoni bo‘lmasligi, va rahbariyatning kelajakka qarashi taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |