2-jadval
Yillar
|
Konsepsiya
|
Asosiy goya
|
Asosiy vosita
|
Asosiy maksadi
|
1860-1920
|
Ishlab chikarish
|
Imkoniyati boricha ishlab chikarish
|
Tannarx, mexnat unumdorligi
|
Ishlab chikarishni takomillashtirish, sotish xajmini ustirish
|
1920-1930
|
Tovar
|
Sifatli tovarlarni ishlab chikarish
|
Tovar siyosati
|
Iste’mol tovar-lari xossalarini takomillashtirish
|
1930-1950
|
Sotish
|
Sotish tarmoklari va kanalini rivojlantirish
|
Sotish siyosati
|
Tovarlar sotish intensifikatsiyasi
|
1960-1980
|
An’anaviy marketing
|
Iste’molchiga nima kerak bulsa ushani ishlab chikarish
|
Marketing miks kompleksi, iste’molchini tadkik kilish
|
Maksadli bozorni xoxish-extiyojlari-ni tadkik etish
|
1980-1995
|
Ijtimoiy-axlokiy marketing
|
Jamiyat talablarini xisobga olgan xolda iste’molchiga kerak bulgan tavrlarni ishlab chikarish
|
Marketing miks kompleksi, ish-lab chikarila-digan tovar va xizmat ishlab chikarish, is-te’molchi bilan boglik bulgan ijtimoiy va ekologik okibatlarni tadkik etish
|
Maksadli bozorni xoxish-extiyojlari-ni kondirish
|
1995 yildan shu davrgacha
|
Marketingni uzaro axlokaviy konsepsiyasi
|
Biznes buyicha sheriklar va iste’molchilarni kon-diradigan tovarlar ishlab chikarish
|
marketing miks kompleksi, integratsiya va tarmokli tax-lil, koordi-natsiya uslubi
|
|
Manba: Bagiev i dr.M.: “Piter”, 2005
Kursatib utilgan marketing konsepsiyalari xar bir mamlakat uchun starndart yoki norma yoki koida sifatida kurilmasligi kerak. Marketing evolyusiyasi xar kaysi mamlakatda uzini xususiyatlari va bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga boglik buladi. Birok marketingni paydo bulishi bilan boglik jaxon tajribasi xamda bozor munosabatlarini rivojlanishi anik mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbik etish va bozor munosabatlarini shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali xisoblanadi. Bundan tashkari marketingni rivojlanishida mashxur umumiy tendensiya – e’tiborni tovar ishlab chikarishdan iste’molchiga, uning xoxish va extiyojlariga karatish talab etiladi.
Birinchi davr - marketing konsepsiyasi “ishlab chikarish konsepsiyasi” - “maxsulot ustunligi” tarzida belgilanadi, bunda eng muxim masala yaxshi tovar ishlab chikarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb xisoblanadi. Konsepsiya shiori - “imkoni boricha kuprok tovar ishlab chikar, chunki bozor talabi cheksiz”. SHunisi dikkatga sazovorki, bizning iktisodiyotimiz xozirgi davrda xammadan kura ibtidoiy marketing kotsepsiyasiga yakin turadi.
Tovar konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga karatishni talab etadi. Iste’molchilar uxshash tovarlarni sifatlarini boshka firmani shunday tovarlari bilan solishtirib kuradilar. Bu konsepsiyani kupincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar xam ushlab turadilar. Birok tovar konsepsiyasi muvaffakiyat keltiravermaydi.
Keyingi davr “sotish konsepsiyasi” nomini oldi. Bunda firmaning maxsulotini “mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing” shiori bilan sotishni muljallash birinchi uringa chikadi. Tovar va savdo marketinggi konsepsiyalari maxsulot ishlab chikarish xali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari xisobiga yukori darajada foyda kulga kiritilar edi, sababi moxiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega bulgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benixoya katta edi.
50-yillarda boshkarish konsepsiyasining ilk asosini sotish xajmi, ishlab chikarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshka kursatgichlarni uzok muddatli uzgarishlarini aniklash taxlil kilindi. SHunga kura bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish kuzda tutilgan.
Marketing rivoji tarixida 50-yillar muxim boskich buldi. Ortikcha maxsulot ishlab chikarish tangligi kurinib koldi. Marketing - ishlab chikarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga - “bozor ustunligi”ga muljal olish tashkil etdi. Marketing boshkaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi.
An’anaviy marketing konsepsiyasi 50-yillarning urtalaridan boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshkarishda firmaning fakat bozor strategiyasini emas, balki ishlab chikarish strategiyasini xam belgilaydigan etakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy boshkarish markazi, bozor, ishlab chikarish, ilmiy-texnika va moliyaviy faoliyati masalalari buyicha axborotlar va tavsiyalar manbai bulib koldi. Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor konyunkturasi xolati xamda uzgarishlarini batafsil taxlil kilish asosida u yoki bu tovarni ishlab chikarish zarurati, istikboli va foydadorligi, ishlab chikarish dasturlarini moddiy-texnika jixatlaridan ta’minlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |