Bog'liq Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedogogika universiteti jismoni
III. Imkoniyatlar va xavflarni oldini olish ro‘yxati. Xavflarning oldini olish va imkoniyatlar ro‘yxatida boshqaruvchilarning ro‘y beradigan imkoniyatlar va xavflarni oldini olish haqida fikr yuritiladi. Buning maqsadi firma boshqaruvchilarining oldindan kelajakda ro‘y beradigan har xil paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni oldini olishdir.
IV. Vazifalar va muammolar. Firma bilan aloqani imkoniyat va xavfsizlikni oldini olishni o‘rgangandan so‘ng boshqaruvchi o‘z oldiga vazifalar va ularning muammolarini bartaraf etish kuchiga ega bo‘ladi. Vazifalar shunday shakllanishi, firmaning rejalashtiriladigan maqsadiga mos holda bo‘lishi kerak.
V. Marketing strategiyasi. Marketing strategiyasida boshqaruvchi har tomonlama marketing rejasini va vazifalarini echish yo‘llarini izlaydi.
Marketing strategiyasi ratsional va mintaqaviy shaklda marketingning vazifalarini echishdir. U o‘ziga qaratilgan bozor strategiyasi, marketing kompaniyasini ajratiladigan xarajatlarni kiritadi. Maqsad etilgan bozor strategiyasida marketing strategiyasini bozordagi aniq firmaning faoliyat yuritadigan segmentini aniqlash. Bu segmentlar bir-birlaridan daromadliligi bilan ajralib turadi.
Marketing kompleksi. Boshqaruvchi umumiy nuqtai nazaridan yangi mahsulot reklama narx va maxsulotlarning tarqatilishi natijasida qabul qilinadi. Xar bir strategik imkoniyatlar va xavfsizlikni oldini olish va ularning muammolarini ham o‘rganish kerak.
Marketingni rejalashtirish: firmaning strategik rivojlantirish qaysi sohada ishlab chiqarish bilan faoliyat yuritish kerakligini va qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarishni aniqlaydi. Firmani ishlab chiqarish bir necha xil mahsulotlarni, savdo belgilarini va bozorlarni aniqlaydi. SHuning uchun har bir vaziyat uchun alohida reja ishlab chiqarish kerak. Ko‘pincha ishlar rejasi mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi, mahsulotning savdo belgisi rejasi kabi bir xil rejalarga duch kelish mumkin. YUqoridagi barcha rejalarni bitta ibora bilan marketingni rejalashtirish deb ifoda etiladi.
Xar bir firmaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari boshqaruv-chilarni har doim o‘ylantirib yuradi va tabiiyki boshqaruvchi bu vazi-falarga javobgar bo‘ladi. Bu tizim vazifalarni echish metodikasi sifatida mashhurdir. Misol tariqasida «Interneyshnl minerals end klinikal kor-poreyshn» firmasini olaylik. Bu firma mineral o‘g‘itlar va er uchun ke-rakli har xil moddalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Firma o‘zining dasturini mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bilangina emas, balki dunyoda ocharchilikka qarshi kurash shiori ostida olib bordi. Bu dastlab shuni anglatadiki, firma qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish uchun o‘z dasturini olib bordi. Qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish uchun esa yangi o‘g‘itlar va kuchli moddalar kerak. SHu tariqa vazifasining asosiy maqsadi firma daromadini oshirish bo‘ladi. Firma daromadini ishlab chiqarish uchun oshirish yoki yangi mahsulotlarni sotuvini ko‘paytirish va firma xarajatlarini kamaytirish bilan oshirish mumkin. Mahsulot sotuvi hajmini oshirish, bozorni egallash yoki chet el bozorlariga kirish yo‘li bilan ham olib borish mumkin. Bu kabi vazifalar firmaning marketing sohasidagi asosiy vazifalari hisoblanadi. Bu marketing vazifalarini amalga oshirish uchun mos keladigan strategik marketing ishlab chiqarish kerak. Bozorni egallash uchun, bozorda xaridor talab qiladigan mahsulotni ishlab chiqarish kerak. CHet el bozorlariga chiqish uchun esa, albatta, narx-navoni tushirish va oshirish, jahon standartlariga javob beradigan mah-sulotni ishlab chiqarish va chet el bozorida faoliyat yuritayotgan firmalar bilan raqobat qila olishi kerakdir. SHu tariqa keng ma’noda strategiya marketingi ifoda etiladi. Xar bir sohada marketing strategiyasini to‘liq jihatdan ifodalash kerak.
Misol, mahsulot ishlab chiqarish va sotuvning hajmini oshirish uchun, ish kuchini ko‘paytirish, ishchilar sonini oshirish va reklamani ham jadallashtirish kerak bo‘ladi. SHuning uchun ham bir yo‘nalishga alohida strategiya ishlab chiqish kerak. SHunda firma o‘zining aniq vazifalariga ega bo‘ladi. Bozorda firmaning o‘z hissasini oshirish «vazifasi» yil oxirida bozorda firmaning 45% hissasini oshirish vazifasiga ko‘ra aniqroq ifoda etiladi. Boshqaruvchilar «maqsad» iborasini vazifasini ifodalash, ko‘rsatkichlar va yilni aniqlash sifatida ishlatiladi. Firma maqsadidagi vazifalar keyingi bosqichlardagi rejalashtirish va nazoratni osonlashtirdi.
«Interneyshnl mineral end klinikal korporeyshn» firmasi o‘g‘itlarini ishlab chiqarish ierarxiyasi (1-rasm).
1-rasm
Faoliyat dasturi
Dunyoda ochlikka qarshi kurash
Firmaning vazifasi
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘sishini ta’minoti
M arketing vazifasi
B ozorda firmaning hissasini oshishi
C Het el bozoriga chiqish
Marketing strategiyasi
Tovarlarning bozorda ko‘proq sotilishini ta’minlash
Narxni tushirish va yirik raqobatchi firmalar bilan kelishuv
Xo‘jalik portfelini rivojlantirish rejasi. Strategik rejalashtirishda asosiy xususiyat firmaning vaziyati va firmaning ishlab chiqarish strukturasiga kiradigan butun xususiyatlar haqida boradi.
Ushbu tahlil ishlab chiqarishdagi aniq yo‘llarni topish va ular bilan nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. Firma o‘zining asosiy maqsadlarini yaxshi foyda keltirishga va rentabellik ishlab chiqarishga sarflashni va zaif bo‘lgan sohalarni kamaytirish yoki to‘xtatishni xohlaydi. SHu tariqa firma o‘zining xo‘jalik portfelini har doim jangovar holatga tayyorlab, o‘z kuchini aniq yo‘naltirgan maqsadli ishlab chiqarishga qaratadi.
Misol sifatida «Jeneral elektrik» firmasining xo‘jalik portfelini olaylik. Bu firmani xo‘jalik portfelini tahlil qilganimizda uning ko‘rsatkichlarini ikki alohida sohada ko‘rishimiz mumkin.
Bu korporatsiyaning bozordagi ulushi, uning daromadining o‘sishi, raqobatdoshlik va mahsulot tannarxining tushishi firma uchun aniq baho hisoblanadi. Firmaning qudratini, uning bozordagi hissasini ko‘rsatkichlardan ham bilishimiz mumkin, ya’ni firmaning xo‘jalik portfeli yaxshi rivojlantirilgan. Bu tahlil asosida firma o‘z faoliyat mablag‘larini boshqa alohida ishlab chiqarish kuchlariga ishlatadi. Buning natijasida bu firma juda ko‘pgina firmalarda yuqori faoliyat asosida ish olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Vazirlar Mahkamasi majlisida qilgan ma’ruzalarida: «Turli korxona va tarmoqlar faoliyatini taxlil qilish shuni ko‘rsatadiki, qaerda rahbarlar marketing va marketing tadqiqotlari bilan jiddiy shug‘ullanayotgan bo‘lsalar, shu joyda barqaror faoliyat ta’minlamoqda, foyda va dividend olinmoqda, o‘z vaqtida ish haqi to‘lanmoqda», - deb ta’kidlagan edilar. Marketing iste’molchilarning hozirgi va kelajakdagi talablarni qondirishga qaratilgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotish, natijada foyda olish bilan bog‘liq faoliyat turidir. Bularning barchasi endi ish boshlayotgan biznesmenlardan tortib, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan tadbirkor, siyosatchi, san’atkor, sportchiga qadar marketing - bozor jarayoni to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. Marketingni nazariy va amaliy asoslarini chuqur bilish tijorat xavf-xatarini o‘z vaqtida his qilish va kamaytirish, uning variantlarini hisoblashda mavjud bo‘lgan turlaridan eng ma’qulini tanlash, raqobat sharoitida bozorni yuqori sifatli tovarlar va xizmatlar bilan to‘yintirish, doimiy talab mavjud bo‘lgan sharoitda xaridorlarning turli guruhlari uchun sotish narxini aniqlash va oqibatda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Tom ma’nodagi bozor munosabatlar mamlakatimizda sekin rivojlanib bormoqda. Sobiq sotsialistik jamiyatda ishlab chiqarish, savdo va umuman milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida yakkahokimlik, reja va yuqoridan boshqarishning hukumronligi sababli marketing tushunchasi tom ma’noda amaliyotga kirib kelmagan edi. Lekin keyingi yillarda o‘zgarishlar-iqtisodiy taraqqiyotimiz bozor iqtisodiyotisiz mumkin emasligi har tomonlama isbotlab berdi. Bu esa o‘z navbatida qisqa vaqt ichida uning asoslarini o‘rganishimizni zarur qilmoqda. Mana shunda biz uchun murakkab davrda, xorijda marketing masalalarini echish borasida to‘plagan boy tajribadan foydalanmaslik kechirib bo‘lmas xato bo‘lar edi. SHuni ham unutmaslik kerakki, biz eng katta taqchillikni - vaqt tanqisligini ham engishimiz zarur.
Ayrim iqtisodchilar marketing faqat rivojlangan sharoitda faoliyat ko‘rsatishi mumkin deb hisoblashadi. Aynan shu marketing jamiyatga tez, tejamli va talofatlarsiz bozor iqtisodiyotini kirib kelishi uchun ko‘proq yordam beradi. O‘tish davrida bozor iqtisodiyoti holatini aks ettiruvchi marketing tamoyilari bizga vaqtni boy bermasdan bozorni o‘zlashtirishda yordam beradi. Marketing rejalarini amalga oshirish davrida ko‘pgina kutilmagan holatlarga duch kelinadi, shu sababli marketing bo‘limi rejalarini olib borilishi va bajarish ustidan doimiy nazorat o‘rnatib borish kerak. Marketing nazorati tizimi korxona ish faoliyati samaradorligiga ishonch hosil qilish uchun kerak. Ammo marketing nazorati ko‘p qirrali ma’nolarga egadir. Masalan, marketing nazoratining uch xil turi ma’lum.
Yillik rejalarni bajarish ustidan nazorat shundan iboratki, unda marketing mutaxassislari yillik rejaning amaldagi ko‘rsatkichlarini nazorati yillik reja bilan taqqoslashdir va kerak bo‘lganda qo‘yilgan xatoliklarni to‘g‘rilash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. Maydonlar, bozor segmenti, savdo yo‘llari va har xil turdagi mahsulotlarning amaldagi rentabellik darajasini aniqlashda foydalaniladigan bozor daromad ustidan nazorat deb yuritiladi.
Strategik nazoratning maqsadi shundan iboratki, bozor sharoitidan kelib chiqqan holda korxona firmalarning foydalaniladigan oxirgi strategik yo‘llarni tekshirishdan iboratdir.
YUqorida keltirilgan marketing nazoratining uch turi hozirgi jahon amaliyotida keng qo‘llanib kelinmoqda.