Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


  Ko’p xonali sonlarni nomerlashga o’rgatish



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/79
Sana17.05.2021
Hajmi1,8 Mb.
#64879
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilariga sonlarni nomerlashga orgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

 
2.4.   Ko’p xonali sonlarni nomerlashga o’rgatish 
 
Ko‘p  xonali  sonlarni  alohida  qilib  berilishiga  sabab,  1000  dan  katta 
sonlarni  nomerlashning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bor:  ko‘p  xonali  sonlar  faqat 
xona tushunchasiga emas, balki sinflar tushunchasiga ham tayanib hosil qilinadi, 
nomlanadi, yoziladi. Bu muhim tushunchani ochib beramiz. 
1000 dan katta sonlarni nomerlashni o‘rganish o‘ziga xos xususiyatga ega. 
Bundan  oldingi  barcha  sonlarni  o‘rganishda  o‘rinli  bo‘lgan  predmetlarni 
bevosita  sanashga  asoslangan  holda  ko‘p  xonali  sonlarni  hosil  qilish,  ularni 
og‘zaki  nomerlash  mumkin  emas.  Predmet  ko‘rgazmalilikni  shartli 
ko‘rgazmalilikka  almashtirishga  to‘g‘ri  keladi:  son  cho‘tga  solinadi  yoki 
nomerlash  jadvalida  belgilanadi.  Ikkala  holda  ham  ko‘rgazmalilik  sonni  hosil 


 
67 
qilish  va  belgilashni  namoyish  etadi  va  shartlilik  elementiga  ega  bo‘ladi: 
cho‘tdagi bir xil soqqalar, ayni bir xil raqamlar cho‘tda va nomerlash jadvalida 
joylashishiga qarab yozuvda har xil sonni bildiradi (masalan, 333333 soni va 3 
birlik, 3 o‘nlik, 3 yuzlik va hokazo).  
Darsda  ko‘rgazmali  vositalardan  foydalanayotganda  buni  xisobga  olish 
zarur. 
Ikkinchi  o‘ziga xos xususiyati shundan  iboratki,  1000  dan  katta  sonlarni 
nomerlash  birliklarni  ikki  yoklama  guruhlashga  asoslanadi:  quyi  xonaning  10 
birligi  undan  keyingi  yuqori  xonaning  1  birligini  tashkil  etadi,  quyi  sinfning 
1000 birligi undan keyingi yuqori sinfning 1 birligini tashkil etadi. II sinf birligi 
-  ming va bu birliklar  bilan  ularni  I sinf birliklari kabi o‘nliklarga, yuzliklarga, 
mingliklarga guruxlab sodda birliklar kabi sanash mumkin. Ko‘p xonali sonlar 
turli  sinflar  birliklarini  sanash  natijasida  hosil  bo‘ladi,  shuning  uchun  ular 
«sinflar  bo‘yicha»  o‘qiladi  va  yoziladi.  Har  bir  sinf  ichida  esa  sonning  hosil 
qilinishi,  atalishi  va  yozilishi  1000  ichida  sonlarni  hosil  qilish,  atash  va 
yozishdagi kabi amalga oshiriladi. Masalan, agar minglarni sanab 115 ni, keyin 
birlarni sanab 125 ni hosil qilsak, 115125 soni hosil bo‘ladi. Birliklarni sinflar 
bo‘yicha guruxlashning  mavjudligi ko‘p xonali  sonlarni nomerlashni o‘rganish 
tartibiga  ma‘lum  iz  qoldiradi:  o‘quvchilarni  bir  yo‘la  minglar  sinfining  uchta 
xona birliklari bilan tanishtirish maqsadga muvofiq, bunda bu birliklarning hosil 
bo‘lishi va  atalishi  I sinf birliklarining hosil bo‘lishi va atalishi bilan o‘xshash 
ekanini  ta‘kidlash  kerak;  so‘ngra  II  sinf  xona  sonlarining  hosil  bo‘lishi  va 
yozilishini  (5  ming,  20  ming,  600  ming)  va  II  sinf  birliklaridan  tuzilgan  sinf 
sonlari  (25  ming,  320  ming,  761  ming)ni  (ya‘ni  yaxlit  mingliklarni)  qarash  va 
nihoyat, to‘rt xonali, besh xonali va olti xonali sonlarni nomerlashni o‘rganishga 
kirishish  kerak.  Bu  yerda  sanoq  sistemasining  g‘oyasi  o‘z  aksini  topadi: 
mingliklar xuddi oddiy birliklar kabi sanaladi, ko‘p xonali sonlarni nomerlashni 
o‘rganish esa mazkur holda 1000 ichida nomerlashga doir bilimlarga tayanadi. 
Ko‘p  xonali  sonlarni  nomerlashni  o‘rganishga  doir  tayyorgarlik  ishlarini 
ancha  ilgari  boshlash  kerak.  Bunda  o‘qituvchi  ikkita  maqsadni  ko‘zda  tutishi 


 
68 
zarur:  birinchidan,  o‘quvchilarning  bundan  oldingi  sonlarni  nomerlashni 
qarashda  olgan  bilimlarini  mustahkamlashga,  ikkinchidan,  o‘quvchilarda  yangi 
mavzuga doir ma‘lum maqsadni shakllantirish va qiziqish uyg‘otishi zarur. 
Bunda  shu  narsani  qat‘iy  yodda  tutish  kerakki,  nomerlashni  o‘rganish 
masalasi o‘quvchilarning o‘nli sanoq sistemasi, sonlarning natural ketma-ketligi 
va  ko‘p  xonali  sonlarning  tarkibi  haqidagi  tushunchalarini  kengaytirish  va  shu 
asosda  ko‘p  xonali  sonlarni  o‘qish  va  yoza  olish  ko‘nikmalarini 
shakllantirishdan iborat. 
Bu  mavzu  bo‘yicha  ishning  muvaffaqiyatli  bo‘lishi  1000  ichida  sonlarni 
nomerlashning  o‘zlashtirilishi  va  mustahkam  o‘rganib  olinishiga  bevosita 
bog‘liq,  chunki  o‘nli  sanoq  sistemasidagi  har  qanday  sinf  sonlari  tuzilishining 
yagona prinsipi birinchi minglikdagi sonlar bilan tanishishda olingan bilimlarni' 
istalgan ko‘p xonali sonlar bilan ishlashda qo‘llashga imkon beradi. 
Yangi  mavzuni  o‘rganish  yangi  sanoq  birliklari  (ming,  o‘n  ming,  yuz 
ming birliklari) ning kiritilishiva sinf tushunchasi bilan tanishishdan boshlanadi. 
O‘quvchilar  bilan  sanashdan  foydalanib,  mingning  hosil  bo‘lishi 
takrorlanadi (10 ta yuzlik 1 mingni tashkil etadi yoki boshqacha — sanoqda 999 
sonidan keyin undan bir birlik katta son keladi, bu ming sonidir). So‘ngra sanash 
jarayonida yangi sanoq birliklari kiritiladi: 10 ming yoki 1 ta o‘n ming, 10 ta o‘n 
ming:  yoki  1  ta  yuz  ming,  10  ta  yuz  ming  yoky  1  million.  Yangi  sanoq 
birliklarining  nomini  nomerlash  jadvaliga  yozib  olish  o‘qituvchi  uchun  ham, 
o‘quvchilar uchun ham foydali. Bu jadvalga asoslangan holda sinf tushunchasini 
kiritish  mumkin:  dastlabki  uchta  xona  birliklari,  ya‘ni  birlar,  o‘nlar,  yuzlar  — 
birinchi sinfni  yoki  birlar sinfini tashkil  etadi,  navbatdagi uchta  xona  birliklari, 
ya‘ni  minglar,  o‘n  minglar,  yuz  minglar  birliklari  esa  ikkinchi  sinfni  yoki 
minglar  sinfini  tashkil  etadi.  Taqqoslash  bilan  shu  narsani  oson  aniqlash 
mumkinki, bu sinflarning har birida uchtadan xona bor, har bir navbatdagi xona 
birligi  undan  oldingi  xona  birligidan  10  marta  ortiq,  birlar  sinfida  o‘nlab  va 
yuzlab  «oddiy»  birlar  sanaladi  va  guruhlanadi,  minglar  sinfida  esa  minglab 
«oddiy» birlar sanaladi va guruxlanadi. So‘ngra bu va bundan keyingi darslarda 


 
69 
II sinf birliklari (II sinf sonlari)dan tuzilgan sonlar o‘rganiladi, masalan, 35000, 
135000, 109000, 280000 va sh. k. Ular cho‘tga tashlanadi, nomerlash jadvaliga 
yoziladi.  

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish