Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


 Yoshlarining ma’naviy va huquqiy madaniyatini oshirish



Download 438,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana11.03.2021
Hajmi438,45 Kb.
#61408
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amirqulov Samandar Fuqarolik Jamiyati

 

2. Yoshlarining ma’naviy va huquqiy madaniyatini oshirish  

Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sifatida jamiyatda yuksak huquqiy 

madaniyatni shakllantirish desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, Respublika Ma’naviyat 

va ma’rifat markazi bu yo‘nalishda yurtimizdagi ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlar 

faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgani e’tirofga loyiq. 

Chunki, kuchli fuqarolik jamiyatiga erishish uchun fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini 

yaxshi bilishlari zarur. Zero, inson huquqi va asosiy erkinliklari xalqaro huquqning 

yetakchi tamoyillari sirasiga kiradi. Shu sababli, bugungi rivojlangan dunyoda har bir 

davlat inson huquq va erkinliklarini, xavfsizligini, yashash sharoitini ta’minlash borasidagi 

xalqaro miqyosda qabul qilingan hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. Bu hujjatlarga og‘ishmay 

amal qilish esa fuqarolarning huquqiy madaniyati qay darajada shakllanganiga bog‘liq. 

Fuqarolarning barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi 

huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay 

olishlari uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi haqidagi vazifalar Oliy Majlis 

tomonidan 1997-yil 29-avgustda tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni 

yuksaltirish milliy dastur”da belgilab berilgan. “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining 

huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini 

takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmon, 1997-

yil 29-avgustdagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” hamda 

1998-yil  29- maydagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini 

amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori bu sohadagi 

islohotlar rivojida muhim dasturilamal bo‘lgan bo‘lsa, endilikda, O‘zbekiston 

Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Huquqiy axborotni 

tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida” yangi Qonunlari, O'zbekiston 

respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va 

jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 

to'g'risida"gi qarori aynan yangicha talab va ma’suliyatni oshiruvchi asos bo‘ldi. 



Mamlakatimizda  huquqbuzarliklar  profilaktikasi va jinoyatchilikka  qarshi kurashish 

borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va 

jinoyatchilikka qarshi kurash samarali bo‘lishi har bir fuqaro, hatto, bo‘lg‘usi kadrlar 

hisoblanmish – talabalarimizning sa’y-harakatlariga ham bog‘liqdir. Buning uchun 

jamiyatning har bir a’zosi yangi qonunlarni,huquqiy hujjatlarni o‘qib,o‘rganib borishi 

zarur.Jumladan, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar masalasiga o‘tayotgan yil davomida 

alohida e’tibor qaratilib, bir qator muhim va dolzarb ishlar amalga oshirildi. “Bugungi 

kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor 

yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun 

mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita 

bog‘liq”, degandi Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 

qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida. 

Darhaqiqat, O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ziyodini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 

tashkil etishi, yurtimiz ertasi ularning bugun qanday inson bo‘lib ulg‘ayayotgani bilan 

chambarchas bog‘liqligi yosh avlod vakillariga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. 2017-

yil 28-iyul kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etilgani va ushbu sana 

yoshlarni ma’naviy yuksalish kuni sifatida belgilangani, yurtimiz yoshlarini har tomonlama 

qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish bo‘yicha qator sa’y-harakatlar amalga oshirilayotgani 

e’tiborga molik. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili doirasida navqiron avlod 

vakillari bilan yuzma-yuz muloqot va uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolari 

o‘rganilganda, aholining qonunlarimizga, huquqiy masalalarga bo‘lgan qiziqishi 

ortganining guvohi bo‘ldik. 

Zero, huquqiy madaniyat va ma’naviyat umuminsoniy qadriyatlarining tarkibiy qismidir. U 

umumiy madaniyatning shunchaki bir qismi emas, balki uning o‘zagi, negizi, asosidir. 

Huquqiy madaniyat deganda, har bir davlatning qonun asoslari, huquq me’yorlarining 

mavjudligi, fuqarolarning mavjud qonunlarini bilishi va o‘z faoliyatida ularga rioya etishi 

— huquqiy va demokratik davlat barpo etishning muhim sharti haqida fuqarolik jamiyatida 

kishilarning yetuk ma’naviyati, ularning huquqiy burch va mas’uliyatlari tushuniladi.

 


Download 438,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish