Xitoyning tranzit salohiyativa transport komunikasiyalar. Xitoyning Markaziy Osiyodagi eng muhim harakatlaridan temir yo’l quvur komunikasiyalarini tashkil etishga qaratilga. Strategik jihatdan. Bu komunikasiyalar nafaqat mintaqadagi mineral resurslar,balki Xitoyning Eron va Turkiyaga chiqish yo’lini ha ta’minlashi, o’z portlaridagi yukni kamaytirihsi, Rossiya orqali tranzitga ega bo’lish.Xitoy MOD bilan transport hamkorligida maksimal foyda olishga intilayotganini yashirmaydi. Xitoy va MOD o’rtasida Tovar ayriboshlash tarkibi Xitoy mahalliy xomashiyoni oluvchi sifatida Markaziy Afrika Respublikasini bosqichma-bosqich o’z ishlab chiqargan narsalarini sotish zonasiga aylantirayotganidan dalolat beradi.
Xitoy ma’lumotlariga qarganda,hozirda Markaziy Osiyo yo’nalishida 87 ta transport yo’nalishi (43 yo’lovchi va 44 ta yuk) jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.Asosan bu avtomobil yo’llaridir.tovarlarning asosiy oqimi Torugart avtomobil chegara punkitlari (Xtoy- Qirg’iziston) chegarasi orqali o’tadi.Irkushtam (Xitoy,Qirg’iziston va tojikiston chegaralaringtutashgan joyi), Kulma-karasu ( Xitoy Tojikiston chegarasi) yana yaqin kelajakda 12 ta magistralni foydalanishga topshirihs niyatida o’zining g’arbiy viloyatlarini MOD bialn bog’laydi.
Rossiya tranzit salohiyativa transport komunikasiyalar. Rossiya Markaziy Osiyoning transport komunikasiyasi va ularnig XIX asrda Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Orta Osiyo transport kamunikasiyalarining qurulishi asosan Rossiyaning o’z chegaralarida harbiy mavjudlikni ta’minlash istagi bilan bog’liq edi.
Hozirgi kunda O’rta Osiyo avtomobil yo’llaring uzunligi 320 ming km, temir yo’l 20 ming km, neft va gaz yo’llari 40 ming kmdan oshadi. Mintaqa davlatlarida 100 dan ortiq aeroport mavjud bo’lib, ulardan 20 tasi alqaro hisoblanadi.
Oxirigi 25 yil ichida Osiyo va Yevropa o’rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi qariyib 6 barobarga o’sdi va JST ma’lumotlariga ko’ra,2005 yil uchun 550 mlrd dollardan ko’proqni tashkil etdi. (Jahon savdosining 7%) YUNkTAD ma’lumotlariga ko’ra 2009 yilga kelib tovarlarning umumiy qiymatining 40% va ularning hajmining 20% Osiyo va Yevropa o’rtasida kontenerlar tashigan. Yevropa – Osiyo yo’nalishi bo’yicha kkontenerlar tashuvi 6 mln daonani tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilga kelib , jahon iqtisodiy inqirozi bo’lmaganda bu ko’rsatkich 10 mln donani tashkil qilishi mumkin edi.Bu Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatini uning trnazit imkoniyatlarini aylantirish uchun asos bo’ldi. Tranzitni rivojlantirish mintaqaviy taransport muomolarini hal qilishda asosiy omil bo’ldi. Ushbu yondoshuv Xitoy iqtisodiyoti tomonidan boshlangan – tarnzitdan eng kop manfaatdor va tez o’sayotgan mamlakat edi. Xitoy uchun eng muhum iqtisodiy manfaat nafaqat MOD ning energiya resurslaridan foydalanish balki, Xitoy tovarlari uchun eng muhim bozorlardan biri bo’lgan. Yevropada eng qisqa tranzit yo’llardan foydalanish mamlakatni xavfsiz energiya bilan ta’minlashdir.Markaziy Osiyoning kuchli transport infratuzulmasini rivojlantirshda faol ishtirok etish XXR uchun muhim tijorat loyihasiga aylandi.
Rossiyaga kelsak u transport sohasida yetakchi bo’lishni xoxlaydi. Markaziy Osiyo tranzit mamlakati bo’lib qolmaqda. Butemir yo’l tranziti uchun ham tegishli uning yagona tizimi orqali MOD va Rossiyani mahkam bog’laydi. 2006 yildan buyon keng temir yo’l trassasi bo’lib birlashtiruvchi “stategik hamkorlik 1520” doirasida Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, O’zbekiston yo’l bo’limlari vakillarida tashkil topgan ishchi guruh tuzildi. Buu ishchi guruhning vazifasi Markaziy osiyo davlatlaridan o’tuvchi xalqaro transport yo’laklarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishdan iborat.Osiyo Tinch okeani mintaqasida va Yevropa o’rtasida siyosiy harbiy xatarlardan kafolatlangan ishonchli tranzit yo’nalishi yaratishga qartilgan
Rossiya, Kavkaz davlatlari tabiiyki Markaziy Osiyo davlatlari va Eron Markaziy Osiyo tranzit loyxasiga sarmoya kiritmoqda. Tojikiston, Afg’aniston va Eronni bo’lovchi temir yo’lining qurulishi;Qozog’iston, Turkmaniston va Eron fors ko’rfazi quvur liniyasi qurulishi;Tojikiston meshxad- Seraxs- tejen temir yo’li va Korpeje- Kurdkuy gaz quvuri; Hind okeani sohillaridagi Eronning Bandar Abbos va Chobahor portlarini O’zbekiston eksport importoperatsiyalari uchun ta’minlash; “Bishkek- O’sh” startegik avtomobil yo’lining O’zbekiston loyhasini amalga oshirirsh.
Eron transport logistika tizimi. Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan mamlakatlar ichida transport tizimi eng yaxshi rivojlangan davlatlardan biri bo’lib, barcha odatiy transport turlari mavjud.
Havo transporti samolyot va vertolyot vositalaridan iborat. Mamlakatda 2010-yil ma’lumotlari bo’yicha jami 319 ta aeroport mavjud bo’lib, shularning 133 tasi qoplamali, 186 tasi esa qoplamasiz yo’lakli aeroportlardir. Jahonda ushbu ko’rsatkich bo’yicha 24-o’rinda turadi. Bundan tashqari, vertolyot qo’nadigan aeroportlar (heliport) soni 19 tani tashkil qiladi
Temir yo’l transporti ham yaxshi rivojlangan bo’lib, keng va standard relsli temir yo’llarida tashkil topgan. Xususan, 2010-yilda temir yo’llarning uzunligi 8442 kmni tashkil qilgan bo’lib, shundan 94 km keng relsli, 8348 km standard relsli temir yo’l liniyalaridir. Umumiy uzunligi 148 km bo’lgan standard yo’llar elektrlashtirilgan. Temir yo’llari uzunligi bo’yicha jahonda 26-o’rinda turadi.
Avtomobil yo’llarining uzunligi jami 172927 km bo’lib, shundan 125908 km qoplamali (1429 km ekpress yo’llar), 47019 km qoplamasiz yo’llardir(2006-yil). Avtomobil yo’llari uzunligi bo’yicha jahonda 28-o’rinda turadi
Ichki suv yo’llari uzunligi 850 km (Qoraun daryosi va Urmia ko’li) bo’lib, uzunligi bo’yicha jahonda 70-o’rinda turadi. Quvur transporti esa 7 km kondensat, 12 km gaz kondensat, 19246 km gaz, 570 km suyuq neft-gaz, 7018 km neft, 7936 km qayta ishlangan mahsulotlar tashiladigan quvurlardan iborat
Dengizda savdo qiluvchi logistika kompaniyalar soni jami 74 ta bo’lib, ulardan 11 tasi quruq yuk tankerlar (balker), 40 ta yuk tankerlari, 5 ta kimyoviy tanker, 9 ta konteyner, 1 ta suyuq gaz, 3 ta yuk-yo’lovchi, 2 ta muzlatkichli konteyner, 2 ta aylanuvchi va 1 ta chet el logistika xizmatlarini ko’rsatuvchi kompaniyalardir. Bundan tashqari, 2010-yil ma’lumotlariga ko’ra chet mamlakatlarda Eronning jami 78 ta logistika kompaniyalari mavjud bo’lib, shulardan Barbadosda 4 ta, Boliviyada1 ta, Kiprda 10 ta, Gong Kongda 1 ta, Maltada 56 ta, Panamada 5 ta va Ukrainada 1 ta faoliyat olib boradi[6]. Yirik portlari Bandar Abbas, Assaluya, Bandar e Imom Homayni va Chohbahor.
Eron yuqorida ta’kidlanganidek, muhim geografik joyda joylashgan bo’lib, Markaziy Osiyo bilan aloqa qilishda Yaqin Sharq mintaqasi va uning atrofidagi davlatlar uchun geostrategik hudud hisoblanadi. Shu sababli ko’plab tashqi davlatlarning geosiyosiy manfaatlari ushbu hududda to’qnashadi. Bu esa Eronning transport logistika tizimida tranzit korriddorlarning ahamiyatini oshiradi va bu sohada yangi loyihalarni keltirib chiqaradi. Hozirga kelib, Eron hududidan o’tuvchi tranzit korridorlar bir nechtaga yetdi va ularning asosiy qismi tashqi davlatlarning manfaatlari asosiga tashkil qilingan. Ular qatoriga Shimol-Janub korridori, Sharq-G’arb Ipak Yo’li korridori, Transafg’on korridori va TRACEKA korridorlari kiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |