Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining shahrisabz filiali yosh fiziologiyasi va gigiyena



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/72
Sana22.06.2022
Hajmi2,75 Mb.
#690320
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72
Bog'liq
fayl 1055 20210522

Ish anjomlari
: Sekundomer. 
Tajriba о‘tkazish tartibi
. О‘ng qо‘lning 4 ta barmog‘ini tekshiriluvchining bilak arteriyasi soxasiga 
qо‘yib, tomirning eng aniq urayotgan joyi aniqlanadi. Shundan sо‘ng bir daqiqa davomida pul’s - yurak 
urushining soni aniqlanadi. Sog‘lom odamda pul’slar soni bir minutda о‘rtacha 72 – 85 tagacha bо‘ladi. 
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar.
Arterial pul’sning bir minutlik sonini uch marotaba aniqlang 
va о‘rtachasini hisoblang. Guruxning ham pul’slar soni о‘rtachasini xisoblang va о‘zingizning natija bilan 
bilan solishtiring. Tinch holatldagi va jismoniy zо‘riqishdan keyingi natijalarni solishtiring. 
 
Qon bosimini aniqlash 
Arteriya tomirlaridagi qon hamma vaqt ma’lum bosim ostida harakatlanadi. Sog‘lom odamning qon 
bosimi bir maromda saqlanib, turli kasalliklarda pasayishi yoki ortishi mumkin. Shuning uchun odamning qon 
bosimini о‘lchash katta amaliy ahamiyatga ega.
Odamning qon bosimini о‘lchashda eng keng tarqalgan Korotkov va Riva-Rochchi usullaridan 
foydalaniladi. Bu usullar bilan yelka arteriyasidagi maksimal (sistolik) va minimal (diastolik) bosim 
о‘lchanadi. 
Korotkov usuli tomirda paydo bо‘ladigan tovushni eshitishga, Riva-Rochchi usuli esa tomirlarda pul’s 
yо‘qolishiga yoki paydo bо‘lishiga asoslangan. Odamda shu usullar bilan qon bosimini о‘lchash uchun 
tanometr asbobi qо‘llaniladi. 
Ish uchun zarur asboblar:
tanometr, fonendoskop. 
Ishni bajirsh tartibi:
Korotkov usulida qon bosimini о‘lchash uchun qо‘lning yelka qismiga maxsus 
rezina xalta о‘rab, u manometr bilan tutashtiriladi. Sо‘ngra bu xalta ichiga rezina nok orqali bilak 
arteriyasidagi pul’s yо‘qolguncha havo yuboriladi. Keyin vintli klapan yordamida xalta ichidagi xavo asta-
sekin chiqariladi. Shu vaqtda bilakning tirsak bо‘g‘imidan о‘tadigan arteriyadagi tovush fonendoskop bilan 
eshitiladi. Yelka arteriyasini siqib turgan rezina xalta ichidagi bosim kamayib, ma’lum darajaga yetganda 
arteriyadan qon о‘ta boshlaydi. Shu vaqtda fonendoskop orqali tovush eshitiladi. Bu moment maksimal 
bosimni kо‘rsatadi. Xaltadan havo chiqaversa va bosim ancha pasayadi, keyin tomirda tovush eshitilmay 


71 
qoladi. Bu minimal bosimni kо‘rsatadi. Yelka arteriyasida sog‘lom odamda maksimal qon bosimi о‘rtacha 
110-115 mm, minimal bosim esa 70-75 mm simob ustunida bо‘ladi. 
Riva-Rochchi usulida kо‘pincha faqat maksimal qon bosimi о‘lchanadi. Buning uchun qо‘lning yelka 
qismiga о‘ralgan rezina xaltaga bilak arteriyasida pul’s yо‘qolguncha havo yuboriladi. Pul’s yо‘qolishi bilan 
simob ustuni balandligiga qaraladi. Bu vaqtda simob kо‘rsatgan raqam maksimal bosimni ifodalaydi. Bu 
usulda maksimal bosimni faqat pul’s yо‘qolishi bilangina emas, pul’s paydo bо‘lishi bilan ham о‘lchash 
mumkin. Buning uchun rezina xaltadagi havo bosimini arteriyadagi mо‘ljallangan bosimdan biroz oshirib, 
xaltadagi havoni vintli klapan yordamida chiqarib, havo bosimi pasaytirib boriladi. Bilak arteriyasida pul’s 
paydo bо‘lishi maksimal bosimni kо‘rsatadi (xaltaga havo yuborish va chiqarish vaqtida pul’sni tekshirib 
borish lozim). 
Tajriba tugagach, sistolik va diastolik bosimlar kо‘rsatkichlarini daftaringizga yozib oling. 
Korotkov bо‘yicha о‘lchanadigan bosimga ketgan vaqt 1 minutdan oshmasligi kerak. Agar manjetkadagi 
bosim ancha davomli ushlab turiladigan bо‘lsa, unda qо‘lning distal qismidagi qonning hajmi asta-sekin ortib, 
qon aylanishi anchagina buzilishi mumkin. 
Pul’s bosimi kattaligi sistolik bosim kattaligidan diastolik bosim kattaligini ayirish bilan hisoblanadi. 
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Qonning sistolik, diastolik va pul’s bosimlarining kelib chiqishini 
tushuntiring. Arterial qon bosimining normal kattaligini ayting. Uni amaliyotda olingan raqamlar bilan 
solishtiring. Pul’sni va qon bosimni tinch holatlda aniqlagandan sо‘ng, 10 marta о‘tirib-turib yana aniqlang. 
Jismoniy zо‘riqishdan sо‘ng bu kо‘rsatkichlar tabiiy ravishda kо‘tariladi. Tinch holatldagi va jismoniy 
zо‘riqishdan keyingi natijalarni jadvalga yozing va solishtiring.
Kо‘rsatkichlar 
Tinch holatda 
Jismoniy hara- 
katdan sо‘ng 
Yurak qisqarish- 
lari soni 
Sistolik bosim 
Diastolik bosim 
Pul’s bosimi 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish