Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining shahrisabz filiali yosh fiziologiyasi va gigiyena



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/72
Sana22.06.2022
Hajmi2,75 Mb.
#690320
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
Bog'liq
fayl 1055 20210522

4 – amaliy mashg‘ulot 
Kun tartibini gigiyenik baholash 
Maqsad
: kun tartibiga qо‘yiladigan gigiyenik talablar asosida о‘quvchilar kun tartibini tuzish kо‘nikmasini 
hosil qilish. 
О‘quv jihozlari: 
talabaning shaxsiy kun tartibi, kun tartibiga qо‘yiladigan gigiyenik talablar haqida 
ma’lumotlar. 
 
Amaliy mashg‘ulotning nazariy qismi: 
Bolalar va о‘smirlar kun tartibini tuzishda mehnat bilan dam olishning almashinishi, mashg‘ulotlar 
turlarining о‘zgarishlarini e’tiborga olish kerak. Tashqi muhitning qulay sharoiti ta’sirida bola va о‘smirlar 
organizmi о‘sib, ulg‘aya boradi. Kun tartibi tо‘g‘ri tashkil etilganda bola charchamaydi. Kundalik rejimga 
rioya qilinganda nerv sistemasida shartli reflekslar vujudga keladi, bolalar intizomli va tartibli bо‘la boradi. 
Kundalik rejimga rioya qilinmaganda esa bolada toliqish, uyqusizlik, ishtahasi yomonlashuvi, asabi buzilishi, 
hamda ish qobiliyatini pasayishi kuzatiladi.
Birinchi va ikkinchi smena о‘quvchilari uchun kun tartibi ularning yoshini hisobga olgan xolda 
tuziladi. Dam olish, uyqu, ovqatlanish, sinfdan tashqari ishlarni tо‘g‘ri tashkil etish, uyda xо‘jalik ishlariga 
yordam berish, maktabdagi mashg‘ulotlar va boshqalarni tо‘g‘ri tashkil etish lozim. 
Uy vazifalari bola yoshiga mos bо‘lishi kerak. 1-sinf о‘quvchilarnga 45 minutlik, 2-sinf о‘quvchilariga 
1-1,5 soatlik, 3, 4-sinflar uchun 2-2,5 soatlik, 5-10-sinf о‘quvchilari uchun 3-3,5 soatlik uy vazifasi berilishi 
tavsiya etiladi. Uy vazifasini bajarishda har 45 minutdan sо‘ng sof havoda dam olish kerak. Maktabdan 
qaytgandan sо‘ng ovqatlanish va harakatli о‘yinlar о‘ynash, sof havoda sayr qilish lozim. Sо‘ng uy 
vazifalarini tayyorlash mumkin. О‘quvchlar uy vazifasini bajarib bо‘lganidan sо‘ng uy ishlariga yordam 
berishi kerak. Lekin uy ishlari bilan band bо‘lib, uy vazifasini bajarmasligi mumkin emas yoki charchab 
qolmasligi kerak.О‘quvchini yoshligidan о‘rin-kо‘rpasini yig‘ishtirishga, kiyim-boshini tartibga solishga, 
kechqurun, erta bilan yuvinishga boshqalarga о‘rgata borish zarur. 
Kun tartibida uyquning ahamiyati katta. Bola uxlashidan 2-2,5 soat oldin ovqatlanishi kerak. Kechki 
ovqatdan sо‘ng sof havoda bir oz sayr qilishi lozim. Uxlashdan avval zо‘riqib aqliy mehnat talab etadigan 
ishlarni bajarish, hayajonli о‘yinlar о‘ynash, televizor kо‘rish tavsiya etilmaydi. 
Televizorni quyi sinf о‘quvchilari haftada 3-4 marta kuniga 1-1,5 soatdan, yuqori sinf о‘quvchilari 4-5 
marta 2-2,5 soatdan undan 2-2,5 m uzoqda о‘tirib, qad-qomatni tо‘g‘ri tutgan holda kо‘rishlari mumkin. Yotib 
yoki yonboshlab televizor kо‘rish mumkin emas. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari soat 8 va 9 larda, V-VII sinf 
о‘quvchilari 9
30 
-10 da uyquga yotishi kerak. О‘rin toza bо‘lishi, juda yumshoq bо‘lmasligi lozim. Xona 
temperaturasi 18-20°S bо‘lishi, qishda fortochkani ochib qо‘yish kerak. Yoz oylarida bolalar hovlida yoki 
ayvonda sof havoda uxlagani ma’qul. 
Har kuni ma’lum bir vaqtda ovqatlanish shart, shunda ovqatlanish vaqti yaqinlashganda ishtaha paydo 
bо‘ladi, ovqat tez va yaxshi hazm bо‘ladi. Vaqtida ovqatlanmaganda ishtaha kamayib ketadi. Bolaning bir 
kunda yeydigan ovqati organizmida sarflangan energiyani qoplashi kerak. 
Topshiriqlar:
 
1. Yuqori sinf о‘quvchilarini kun tartibini jadval asosida tuzing. 
№ 
Faoliyat turi 
Vaqt oralig‘i 

Uyg‘onish

Badan tarbiya

Nonushta

Maktabdagi dars 


82 

Katta tanaffus. Tushlik

Ikkinchi tushlik 

Uy yumushlari (erkin jismoniy faoliyat) 

Uyga vazifa 

Kechki ovqat 
10 
Madaniy dam olish 
11 
Uyga vazifa 
12 
Kechki sayir
13 
Uxlash
2. Tuzgan kun tartibingizni ilmiy asoslab bering. ____________
_________________________________________________________
_________________________________________________________
_________________________________________________________
3. О‘zingizni kun tartibingizni jadvalga yozing. 
№ 
Faoliyat turi 
Vaqt oralig‘i 









10 
11 
12 
13 
15 
16 
17 
18 
4. Kun tartibingiz tо‘g‘ri yoki notо‘g‘ri tuzilganligini izohlang:
_________________________________________________________
_________________________________________________________
_________________________________________________________
_________________________________________________________
5 – amaliy mashg‘ulot 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish