Rossiyaning janubida yashash P. ijodida yangi davrning boshlanishiga imkon berdi. U dastlab J. Bayron taʼsirida romantik dostonlarini yezdi. P. romantizmining ilk namunasi — "Kavkaz asiri" dostoni (1820—21) 20-yillardagi erksevar yoshlar kayfiyatini ifodalagani uchun ular oʻrtasida katta muvaffaqiyat qozondi. P. voqelikni romantik boʻyoqlar bilan tasvir etishda davom etib, "Aka-uka qaroqchilar" (1821—22) va "Boqchasaroy fontani" (1923) dostonlarini yaratdi. "Loʻlilar" dostoni esa P.ning ijodiy tadrijida roʻy bergan jiddiy burilishning samarasi boʻldi. P.ning romantik dostonlari va shu yillar lirikasi ("Demon", "Dengizga" va boshqalar) yagona gʻoyaviybadiiy yoʻnalishga ega boʻlib, ular psixologik tasvirning teranligi, ruhiy olam, tabiat va tevarak-atrofdagi hayotiy hodisalar oʻrtasidagi aloqalarning rang-barangligi bilan ajraladi. 1824-yil P. xizmat vazifasidan ozod etilib, Mixaylovskoye qishlogʻi (Pskov) ga surgunga yuboriladi. Ikkinchi marta tazyiqqa uchragan shoir qisqa muddatli ruhiy ezilishdan soʻng mutolaaga berilib, shu atrofdagi aholining ertak va qoʻshiklarini toʻplaydi, "Boris Godunov" tragediyasi (1825), "Graf Nulin" dostoni, "Qurʼonga ta-tabbu", "Andrey Shenʼye", "19-oktabr" va boshqa mashhur sheʼrlarini yozadi, "Yevgeniy Onegin" sheʼriy romani ustidagi ishni davom ettiradi. "Boris Godunov" P.ning dramaturgiya sohasidagi dastlabki tajribasi boʻlsada, shoir unda Shekspir anʼanalariga tayangan holda dramatik sanʼatning yangi yoʻllarini kashf etadi, xalq bilan hoki-miyat oʻrtasidagi munosabatni asar mar-kaziga olib chiqadi. "Boris Godunov"ni yaratish asnosida ishlab chiqilgan badiiy tamoyillar (tarixiylikka institutilish, insoniy kechinmalarni barcha ranglari bilan mujassamlashtirish, xa-rakterlarga xos hayotiy murakkablikni ochish va boshqalar) P.ning keyingi ijo-dida oʻz samaralarini berdi. 20-yillar oxiri — 30 yillar boshlarida P. ijodida realizm tantana qilib, u "Graf Nulin"dan tashqari, "Poltava" (1828—9), "Kolomnadagi uy" (1830), "Mis chavandoz" (1833) dostonlari va keyinchalik shoirning "kichik tragediyalar"ini tashkil etgan baʼzi bir pyesalari hamda nasriy asarlari ("Belkin qissalari", "Kapitan qizi" va boshqalar)ni yaratadi. P. shu davrda lirikada badiiy realizmning yuksak bosqichiga erishadi. 20-yillarning 2yarmida P. "Yevgeniy Onegin" ustidagi ijodiy ishini davom ettirdi. Sheʼriy romanning 1833-yilda toʻla holda nashr etilishi rus ada-biyoti tarixida ulkan voqea boʻldi. Garchand sheʼriyatning bu janri rus ada-biyotida keyinchalik izchil davom et-tirilmagan boʻlsada, bu asarda kashf etilgan yangi realistik tasvir meto-di va yangi estetika tamoyillari rus adabiyetining keyingi taraqqiyoti uchun gʻoyat katta ahamiyatga molik boʻldi. P. asarda polifonik tasvir usulining shunday yoʻllarini topdiki, ular vo-qelikni keng qamrab olish, muhim hayotiy muammolarni tasvir doirasiga olib kirish, epik va lirik ibtidolarni uzviylashtirish imkonini berdi. Natijada romanda P. yashagan davrning muhim masalalari oʻz inʼikosini topdi, oʻsha davrda keng tarqalgan kishilar harakteri tarixiy, ijtimoiy va maishiy sharoit fonida zoʻr ma-horat bilan tasvir etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |