Pushkin Aleksandr Sergeyevich (1799.26.5 (6.6), Moskva — 1837.29.1 (10.2), Peterburg) — rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich kadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qoʻlida tarbiya koʻrgan habash — A.P.Gannibalning nabirasi bulgan. P.da nafis soʻzga mehrmuhabbatning paydo bulishida rus xalq qushiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan ena-gasi Arina Rodionovnaning taʼsiri, ayniqsa, kattadir. Oʻsha davrning eng nufuzli oʻquv yurtlaridan biri — Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo (hozirgi Pushkin sh.) litseyida oʻqish (1811—17) P.ning shoir va erksevar inson sifatida shakllanishida muhim omil boʻlgan. P. litseyni tugatgach, Peter-burgga kuchib borgan va tashki ishlar kollegiyasida kotib lavozimida ishlagan. U Peterburgda xizmat qilgan yillar (1817—20) Rossiyaning tarixiy ta-raqqiyoti uchun muhim bir davr edi. P.ning dastlabki sheʼrlari 1913 yilda matbuot yuzini kurdi. U litseyda oʻqib yurgan kezlarida 120 ga yaqin sheʼr va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Litsey bilan xayrlashuv kechasiga bagʻishlangan sheʼri esa shu kechada qatnashgan G. R. Derjavinnnt yuksak bahosiga sazovor bulib, u P.ning buyuk shoir boʻlib yetishishini bashorat qiladi. Keyinchalik P. rus jamiyatida uygʻonib borayotgan erksevarlik kayfiyati taʼsirida "Erkinlik" (1817), "Chaadayevga" (1818), "Qishloq" (1819) singari sheʼrlarni yaratadi. P.ga qadar rus sheʼriyatida qasida, marsiya, xat singari har bir sheʼriy janr klassitsizm tomonidan belgilangan qatʼiy qonun-qoidalar asosida yozilgan. P. itsey lirikasidan farqli oʻlaroq, Peterburg davri ijodida sheʼriy janrlar urtasidagi chegaralar va uslubiy farqlarni bartaraf etib, rus sheʼriya-ti taraqqiyoti uchun yangi badiiy ufqlarni ochib bergan ("Ruslan va Lyudmila", 1820). P. ijodining tadrijiy yulini shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin. Agar 1813—16 yillarni uz ichiga olgan l-bosqichda P. uz zamondoshlarining badiiy tajribasini oʻzlashtirgan boʻlsa, 2-bosqich (1817—20) da P. ijodining gʻoya va mavzular olami ken-gayib, u oʻz uslubiga erishish yoʻlida badiiy izlanishlar olib borib, ki-tobiy til bilan jonli xalq tilini uzaro yaqinlashtirdi. Shoirning 1820—24 yillar ijodida (3-bosqich) romantizm ustuvorlik qildi. Ammo kup utmay, P. qahramonni poetiklashtirish va vokelikni ehtiros bilan tasvirlashda davom etgan holda romantik tasvir metodidan chekindi. P. ijodining 1925-yildan boshlangan 4-bosqichida obrazlar va mavzular kulamini chegaralashning har qanday kurinishini rad etuvchi, fikr bilan tuygʻuni, haqiqatni tadqiq etish bilan "jonli tasavvur"ni oʻzaro uygʻunlashtirishga asoslangan realistik ti-zimni ishlab chiqdi P. ning rus jamiyatidagi erksevar kuchlar taʼsirida yozilgan zulm va krepostnoylikni fosh etuvchi sheʼrlari chor hukumatida norozilik kayfiyatini uygʻotdi. 1819-yilda P. ning "Yashil chirok" tugaragida ishtirok etishi esa Aleksandr I ni nihoyatda gʻazablantirdi. U 1820-yil mayida P.ni Yekaterinoslavga surgun qildi. Shoir Yekaterinoslavga yetib kelishi bilan xastalikka yoʻliqadi va ittifokr shu yerda qoʻnoqda boʻlgan general N.N.Rayevskiyning oilasi bilan birga dastlab Kavkazga, keyin Qrimga yoʻl oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |