ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
643
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
1.
Сафин Д.В., Мусина Р.Г. Таълим бериш ва ўқишнинг интерфаол усуллари. Ўқув
қўлланма. 1-модуль. Интерфаол ўқитишнинг назарийа сослари. –Тошкент, 2007.
2.
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар
(таълим муассасалари педагог-ўқитувчилари учун амалий тавсиялар). – Т.: Истеъдод, 2008.-
176 б.
3.
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Тарбияда инновацион технологиялар
(таълим муассасалари ўқитувчилари, тарбиячилари, гуруҳ раҳбарлари учун амалий
тавсиялар).– Т.: Истеъдод, 2010.-138 б.
O’QITUVCHI FAOLIYATINING QANCHALIK
SAMARALI - KASB MAHORATI
Yuldasheva Z. M. – kimyo fani o'qituvchisi, Asaka tumani 4-umumta'lim maktabi,
Andijon v., O’zbekiston.
Annotatsiya: Maqolada asosiy vazifalar yoritilgan bo’lib bu pedagogik faoliyatda amalga
oshirilgan ko’p yillik ish tajribalari va kuzatishlar, o’qituvchi hamisha o’z ustida ishlashi, bilim,
ko’nikma va malakalarni takomillashtirib borishi kerakligini ko’rsatmoqda
Tayanch so’zlar: pedagogik faoliyat, bilim, ko’nikma va malaka, dars tahlili, maqsad,
natija.
Аннотация: Основные задачи статьи выделены, а многолетний опыт и наблюдения в
этой педагогической деятельности показывают, что учитель должен всегда работать над
собой, совершенствовать свои знания, навыки и способности.
Ключевые слова: педагогическая деятельность, знания, умения и навыки, анализ
урока, цель, результат.
Annotation: The main tasks of the article are highlighted, and many years of experience and
observations in this pedagogical activity show that the teacher should always work on himself,
improve his knowledge, skills and abilities.
Keywords: pedagogical activity, knowledge, skills and abilities, lesson analysis, purpose,
result.
Pedagogik faoliyatda amalga oshirilgan ko’p yillik ish tajribalari va kuzatishlar, o’qituvchi
hamisha o’z ustida ishlashi, bilim, ko’nikma va malakalarni takomillashtirib borishi kerakligini
ko’rsatmoqda. O’qituvchi pedagogik mahoratining kundan-kunga o’sib borishi, o’quv jarayonida yangi
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llay olishining kuchayishi, uning pedagogik faoliyatida
amalga oshadi. O’qituvchi faoliyatining qanchalik samarali, kasb mahoratining qay darajada ekanligini
o’tayotgan darslarini tahlil qilish orqali bilish mumkin. Biror o’qituvchining darsiga kirish
mo’ljallangan bo’lsa, o’qituvchilik kasbi odobiga ko’ra shaxslarni darsga kiritish oldidan (ayniqsa,
tashqaridan kelgan shaxslarni) qaysi auditoriya (sinf)ga va qaysi darsga kirish kerakligi bo’yicha
ogohlantirilishlari lozim. Avvalo, uslub birlashma raisi, imkoniyat bo’lmay qolgan taqdirda ma’muriyat
a’zolaridan biri, tashqaridan kelgan kuzatuvchini birga olib kirishi maqsadga muvofiq. Bu, o’z
navbatida, ba’zi-bir anglashilmovchiliklar va psixologik to’siqlarning oldini olishga yordam beradi.
Kuzatuvchilar birgalikda darsga kirib kelib, orqa o’rindiqlardan birini egallagach, dars boshlanadi.
O’qituvchi darsga kirganda qo’li (yoki o’quv xonasi)da sinf jurnali, o’quv dasturi, kalendar-mavzu
rejasi, darsning texnologik xaritasi bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: