Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zamonaviy uzluksiz ta


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/759
Sana25.02.2022
Hajmi8,89 Mb.
#289267
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   759
Bog'liq
2584-Текст статьи-6976-1-10-20200711

 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
287 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ 
Fan asoslarini o‘qitishning so‘zlashuv metodlari. Hikoya – rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan 
o‘quvchilarning bilimlarni muayyan tizimda o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadigan amaliy 
materialni jonli, obrazli, emotsional bayon qilishdir. Pedagog so‘zi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan 
o‘quvchilar bilimlarining muhim manbayidir. Hikoyaning qimmatliligi shundaki, qisqa vaqt ichida 
o‘qituvchi kattagina hajmli ma’lumotlarni berishi mumkin. O‘qitish metodi sifatida hikoya 
o‘quvchilarning bilimlarini yangi amaliy material bilan to‘ldirish zarur bo‘lganida qo‘llaniladi. 
Ushbu metod barcha sinflarda jami o‘quv fanlarini o‘qitishda ishlatiladi. O‘qituvchining nutqiga 
qo‘yiladigan talablar nihoyatda muhimdir. U artikulyatsiyaga zo‘r bermasligi, yuzi yaxshi 
yoritilgan, nutqi aniq; ifodali, ravon, barcha orfoepiya me’yorlariga rioya qilingan bo‘lishi kerak. 
O‘qituvchining nutq sur’ati nutqiy material xususiyati va o‘qitish bosqichiga bog‘liq bo‘ladi. 
Kichik yoshdagi bolalar sinflarida hikoyadan foydalanilganda pedagogning nutqi me’yordan 
sekinlashgan, aniq, lekin tabiiy artikulyatsiyali bo‘lishi darkor. O‘quvchilarning ko‘rib, 
eshitib qabul qilish ko‘nikmalari rivojlanib borgan sayin o‘qituvchining nutqi so‘zlashuv 
sur’atiga ega bo‘la boradi[3,34.]. 
Tushuntirish – so‘zlashuv metodi ishlatilishi jarayonida hodisalar qonuniyatlari ochib 
ko‘rsatiladigan, sabab-oqibat bog‘lanishlari aniqlanadigan so‘zli metoddir. O‘qituvchining 
tushuntirishida hamisha mulohaza, isbot va xulosalar ko‘p bo‘ladi. Uning tushuntirishi o‘qitilayotgan 
hodisalar va qonun-qoidalar mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Tushuntirish rivojlanishida 
nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning faol fikrlash faoliyatini nazarda tutadi. Bunda o‘quvchilarning 
mustaqilligi, ularning kitob bilan, ko‘rgazmali va didaktik material bilan ishlay olishi muhimdir. 
Pedagog vazifasi – zaruriy yordam ko‘rsatgan holda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning 
amaliy va fikrlash faoliyatiga mohirlik bilan boshchilik qilishdir. Tushuntirish fan asoslarini o‘qitish 
metodi sifatida maktab amaliyotida hikoya, suhbat, ko‘rgazmali va amaliy metodlar bilan birga 
ko‘riladi. 
Suhbat. Monologik bayondan farqli o‘laroq, suhbat dialogik so‘zlashuv metodidir. Uning 
qimmati shundaki, u pedagogga rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar faoliyatini ancha 
faollashtirishga imkon beradi. Muloqotning savol-javob shakli rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan 
o‘quvchilarda dialogik nutqni shakllantirishga ko‘maklashadi. Suhbat turlicha pedagogik maqsadlar 
bilan o‘tkazilishi mumkin. Shunga ko‘ra, uning xususiyati va o‘tkazish uslubiyati o‘zgaradi. 
Jumladan, pedagog amaliyotida kirish suhbati keng qo‘llaniladi. Shu jarayonda pedagog 
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalardagi bilimlar darajasi, hajmi va xususiyatlarini aniqlaydi. 
Bunday qilish keyingi ishlar uchun va materiallarni o‘qitish metodlarini belgilash uchun 
boshlang‘ich nuqta bo‘ladi. Kirish suhbati rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning ilgari 
o‘zlashtirgan bilimlarini dolzarblashtirish va ularni yangi materialni qabul qilishga tayyorlashga 
yordam beradi. Suhbat o‘tkazishda pedagogning savollarni tanlashi va ta’riflashi eng qiyini 
hisoblanadi. Savollar rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar haqiqiy bilimlarini 
aniqlashgagina emas, balki hodisalarning sababiy bog‘lanishini, o‘zaro aloqadorligini tushunib 
olishga, ularning mohiyatini anglashga qaratilishi lozim. Bu esa o‘quvchilarni evristik izlanishga 
rag‘batlantiradi. Suhbat boshqa metodlar: suhbatga kiritsa bo‘ladigan hikoya, suhbatga 
qo‘shimcha qilinadigan namoyish va hokazolar bilan uzviy bog‘langandir. Xususiyatiga ko‘ra 
suhbat axborot – reseptiv, reproduktiv yoki izlanish metodlariga kiritilishi mumkin. Uni 
o‘tkazishning mantiqiy yo‘li ham turlicha bo‘lishi mumkin. Suhbat usulidan foydalanganda 
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar fikrlash faoliyatining kuchayishi bilan bir qatorda 
ularda nutqni ko‘rib qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, eshitib qabul qilishni 
rivojlantirish, shuningdek, nutqning to‘g‘ri talaffuzi ustida ishlash uchun qulay sharoitlar 
yaratiladi[2,56.]. 
Fan asoslariga o‘qitishning amaliy metodlari. Darslik va kitob bilan ishlash – 
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun muhim bilim o‘chog‘i hisoblanadi. 
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning kitob bilan ishlashi birinchi o‘quv yilidan 
boshlanadi. Sinfdan sinfga ko‘chgan saralash faoliyatlari murakkablashadi. Bundan 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   759




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish