ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
662
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
mavjud:Atrofdagilar muloqotiga javob berish, va diqqatni jamlashga o‘rgatish.Nutqni idrok etish
malakasini rivojlantirish.Taqlid malakasini rivojlantirish.Ketma – ketlik tartibigi rioya etishga
o‘rgatish.Maishiy hayot muloqot malakasini qo‘llashga o‘rgatish.
Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi jarayonida
o‘yin bolaga mavjud malakalarni mustaxkamlash, oldin o‘rgangan narsalarni eslash imkonini
beradi. O‘yin orqali bola o‘z malakasini qo‘llashga o‘rganadi.O‘yin mashqi bolani idrok etishiga
yordam beradi. Bolada rolli o‘yinlar va o‘yinlarda o‘ynash malakasini shakllanishi besh bosqichga
tasniflanishi mumkin: U bir bosqichdan ikkinchi bosqichga qa’tiy sakramaydi, u egallangan
o‘yinlarga – yangi harakatlar kiritadi[4,67].
1-bosqich. O‘yin – tekshirish. Bola o‘yinchoqlarni predmetlarni tekshiradi, tishlaydi, uradi, otadi,
ko‘radi. Bu unga har bir predmet hususiyatini bilish imkonini beradi.
2-bosqich. O‘yin qiyoslash. Ikki predmetni qiyoslaydi (piyoladagi qoshiq, piyola oldidagi qoshiq,
piyola tagidagi qoshiq).
3-bosqich. O‘z – o‘zi bilan o‘ynash rolli o‘yini, masalan, o‘zini choy ichayotganday tutadi.
4-bosqich. Oddiy rolli o‘yin. Masalan ,o‘z o‘yinchog‘iga ovqat berish, tasavvur harakatini boshqa
predmetga o‘tkazadi.
5-bosqich. Boladan ma’lum harakatlar ketma – ketligini amalga oshirishni talab etuvchi rolli
o‘yin.Masalan, ayiqni ovqatlantirib, mashinaga solib olib ketish. Mashina oyoq kiyimi yoki karopka
bo‘lishi mumkin.
Ilk yoshda korreksion ta’lim uni kelajagiga ta’sir etuvchi rivojlanishning ijobiy siljitishlarga
sabab bo‘lishi mumkin. Ilk korreksiya nafaqat bola rivojlanishining samarali vositasi bo‘lishi,
diagnostikani qulay vositasi xisoblanadi, chunki davomli pedagogik ta’sir jarayonida har bir bolani
xususiyatlari, imkoniyatlari to‘liq namoyon bo‘ladi. Bolalardagi musiqaga muhabbat, o‘yin va
o‘yinchoqlarga qiziqishini rag‘batlantirish , vazifalarni bajarishga yo‘naltirish muhim ahamiyatga
ega.Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiya maqsadlari va imkoniyatlariga mos keluvchi
dastur va metodlarni tanlash, ularni bilish faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit
yaratadi. Samarali natijaga erishish uchun, ta’lim mazkur o‘yin bolaning yetakchi faoliyat tizimiga
asoslanishi, bolalar rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish kerak. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan
bolalar uchun emotsional doirada patalgogik qirralarning mavjudligi xosdir: ijtimoiy motivatsiya va
qiziqishlarni shakllantirishdagi qiyinchiliklar, yuqori qo‘zg‘aluvchinlik, inertlik. Eshitish zaifligida
noxush omil bolani zaif qiziquvchanligi, bola o‘zlashtirish past ko‘rsatkichi, yangilikni qabul
qilishga xoxish yo‘qligi xisoblanadi[2,65]. Bu dastlabki buzilishlar bola hayotini birinchi kunlardan
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni rivojlanishiga sal’biy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p bolalarda estetika
lokomatsiyani rivojlanish muddatlari to‘htaydi, bu to‘siq bola hayotining nafaqat bir yosh, balki
boshqa yosh bosqichlariga ham xosdir. Tashqi ta’surotlarga e’tibor yo‘qligi, umumiy patalgogik
inertlik kuzatiladi. Bolalarda kattalar bilan muloqotda bo‘lmasligi “qayta gaplashish” kompleksiya
yo‘qligi namoyon bo‘ladi. Keyinchalik ularda o‘yinchoqlarga, kattalar qo‘lida turgan, kravatga olib
qo‘yilgan o‘yinchoqlarga qiziqish bo‘lmaydi. Predmetlar bilan harakatlar, uni ushlash, malakasi
bo‘lmaydi, bu idrokning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Oilada olib boriladigan korreksion
ta’lim ota-onalar hamkorligida amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishda surdopedagog rahbarligida bola rivojlanishida katta
yutuqlarga erishiladi. Maxsus maktabgacha muassasalarda avvalo muhit konflikt, nizolar oldini
oluvchi, har bir bola xususiyatlarini xisobga oluvchi sharoit mavjud bo‘lishi lozim.
Adabiyotlar :
1. Пай Ф.А., Пай Ф.Ф. Воспитание глухого ребенка в семье. .— М.: Педагогика, 1990.
2. Семаго М.М. Социально -психологические проблемы семьи ребенка -инвалида с
детства. .— М.: Педагогика, 1992.
3.Ступникова ЖИ.C. Воспитание глухого ребенка в семье. .— Киев, 1996.
4.Шматко Н.Д., Пелымская Т.В. Если малыш не слышит. .— М.: Просвещение, 1995.
Do'stlaringiz bilan baham: |