ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
175
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
6-sinf “Oʼzbekiston tarixi” dasturida “kirish”dayoq Oʼzbekiston boy tarix va madaniyat
oʼlkasi ekanligi, madaniy meros va anʼanalarni oʼrganishning ahamiyati, moddiy va maʼnaviy
madaniyat haqida maʼlumot berish nazarda tutilgan. Endi mazkur sinfda tarixdan hikoyalargina
emas, balki eng qadimgi tarix – Selungʼur, Koʼlbuloq, Teshik tosh, Obirahmat, eng qadimgi
odamlarning xoʼjalik yuritishi, mehnat qurollari Mezolit davriga xos qoyatoshlardagi tasvirlar,
Zarautsoy, Neolit, Eneolit davriga xos moddiy va maʼnaviy madaniyat. Bronza davri taraqqiyoti. Bu
davrga xos manzilgohlar, meʼmoriy, hunarmandchilik namunalari, Temir asriga xos manzilgohlar,
xalq meʼmorchiligi va Oʼzbekiston hududidagi dastlabki davlatlarning paydo boʼlishi bilan bogʼliq
bitiklar va manbalar: eng qadimgi shaharlar, qalʼalar, uy-qoʼrgʼonlar, Qiziltepa, Аfrosiyob,
Yerqoʼrgʼon, Uzunqir, Koʼzaliqir, Qadimgi Xorazm, Baqtriya davlatlari haqidagi maʼlumotlar,
Kushon davlatida meʼmorlik va hunarmandchilik haqida bilimga ega boʼladilar.
Mazkur sinfda oʼquvchilarda shakllantiriladigan asosiy koʼnikma va malakalarga qoʼyilgan
talablarda koʼrgazmali qurollar bilan ishlash, hujjatlar asosida ayrim tarixiy hodisalarga tavsif
berish, moddiy va maʼnaviy madaniyatni bir-biridan farqlay olish kabilar taʼkidlangan holda
muzeylar ekspozitsiyalaridan foydalanish haqida eslatilmagan.7- sinfda esa IX-XV asrlarda
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotda sodir boʼlgan rivojlanish ; buyuk Аmir Temur va temuriylar
davri, ular qoldirgan ulugʼ madaniy meros va uning tarixiy ahamiyati; V-VII asrlarda madaniy
hayot, meʼmorchilik, yozuv va savod, sanʼatning rivojlanishi; IX-XIII asrlarda Movaraunnahr va
Xurosonda madaniyhayot (meʼmorlik sanʼati, musiqa) mazkur davrda yashab ijod etgan buyuk
olimlar Muso Xorazmiy, Аhmad Fargʼoniy, Аbu Nasr Forobiy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn
Sino, Mahmud az-Zamaxshariy, Yusuf Hamadoniy, Аbduxoliq Gʼijduvoniy, Аhmad Yassaviy,
Najmiddin Qubro jasorati, Mahmud Torobiy harakati kabilarni oʼrganish dasturda belgilangan.
Mazkur sinfda “Аmir Temur va temuriylar davlati” mavzusi oʼrganilar ekan, sohibqiron Аmir
Temurning davlat arbobi, sarkarda, ilm-maʼrifat, taraqqiyoti, meʼmorlik, amaliy va tasviriy sanʼat,
kitobot sanʼati, musiqa va soʼz sanʼati rivojiga qoʼshgan hissasi haqida ham maʼlumotlar berish
belgilangan. Lekin mazkur sinfda ham hujatlar, qoʼshimcha materiallar, koʼrgazmali qurollar bilan
mustaqil ishlash taʼkidlangan holda, bu manbalar bilan muzeylarda tanishish haqida eslatilmagan
ham.
8-sinfda esa XVII-XVIII asrda Samarqand – Buxoro ilm va madaniyat markazi sifatida,
hunarmandchilikning
rivojlanishi,
ustaxonalar,
korxonalar,
hunarmandlarni
tayyorlash,
hunarmandchilikning jamiyat iqtisodiy va madaniy hayotdagi oʼrni, pul muomalasi, Xiva xonligida
ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi: adabiyot, tarix, miniatyura sanʼati, meʼmorlik, XVIII asrning
ikkinchi yarimi XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligi, Xiva, Qoʼqon xonligi saroylaridagi
madaniy hayot keltirilgan.
Mazkur sinfda ham koʼrgazmali qurollar, rasmlar va xaritalar orqali shu davrning xarakterli
xususiyatlarini ochib berish, tarixiy manbalarni oʼrganishga eʼtibor berilgan holda dasturda
oʼrganilishi muhim maʼlumotlarni imkon darajasida muzeylarda foydalanish eslatib ham
oʼtilmagan.
9-sinfda esa “Oʼzbekiston tarixi”dan XIX asr oʼrtalarida Oʼrta Osiyo xonliklarida
madaniyat, adabiyot va sanʼat, sanʼatning xalq madaniy-maʼnaviy hayotidagi oʼrni: meʼmorlik,
hunarmanchilik va xalq amaliy sanʼati, Rossiyaning Oʼrta Osiyoni bosib olishi, Poʼlatxon
boshchiligidagi qoʼzgʼolon, Rossiya mustamlakachilik siyosatining joriy etilishi, XIX asrning 70-
90-yillarida milliy ozodlik harakati, XX asr boshlarida demokratik gʼoyalarning tarqalishi, Jadidlar
harakati, Jadid maktablari, matbuoti, teatri, mustamlakachilik sharoitida Turkiston oʼlkasida maktab
va maorif, adabiyot, matbuot, jurnalistika, Turkiston osori-atiqalarining oʼrganilishi haqidagi
maʼlumotlar oʼrin olgan.
9-sinfda ham tarixga oid bilimlarning turli manbalari: oʼquv adabiyoti, davlat hujjatlari,
ijtimoiy-siyosiy adabiyot, vaqtli matbuot materiallari bilan ishlash taʼkidlangan holda, ular bilan
muzeylarda tanishish muammosi nazardan chetda qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |