Fano – o’tkinchi, muvaqqat
holat,
insonning
moddiy
olamdagi holati.
Uxraviy maqsadlar – oxiratga
oid, keng ma’noda, azal va abad
olamida
o’z
qadrini
yo’qotmaydigan
(Borliq
haqiqatiga muvofiq) maqsadlar
Dunyoviy maqsadlar – biz
yashab
turgan
moddiy
dunyoga
oid
(o’tkinchi)
maqsadlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
193
samimiy urinishlarga jiddiy e’tibor qaratsak, ularni ko’ngilda tahlildan o’tkazib,
amalda o’zimiz uchun ibrat qilib olsak, bas. ”Agar biz adolatli davlat, erkin
jamiyatni qurmoqchi bo’lsak, bu oliyjanob maqsadni amalga oshirish yo’llari ming
yillik diniy aqidalar bilan mushtarak ekanligini yodda tutishimiz lozim”
149
, deydi
Prezident.
“Din xalq uchun afyundir” deguvchilar insonning eng muhim ehtiyojlaridan
bo’lmish imon ehtiyojini tan olmaydilar yoki nazarga ilmaydilar. Imon-e’tiqod
ehtiyoji, agar u samimiy inson bo’lsa, hatto dahriyda ham bo’ladi. Faqat u o’z
botiniy ehtiyojini ko’pchilik e’tiqod qiluvchi dinlardan emas, turli ”izm”lardan
qidiradi yoki shaxsan o’zi uchun alohida e’tiqod tizimi yaratishga urinadi. Bu,
albatta, insonga xos kibr va gumrohlikning nishonasi, xolos. Yo’q, narsani kashf
etishga urinishdan ko’ra, ko’pchilik tan olgan narsani tushunib, mohiyatan anglab
etishga harakat qilish, bizning nazarimizda, samaraliroq yo’ldir.
Qalbni, ko’ngil ko’zgusini poklash avvalo imon-e’tiqoddan boshlanadi.
“Ezgulikka sadoqati bo’lmagan, biror narsaga ixlos qo’ymagan, ishonmagan odam
qo’rqinchlidir”, deb ogohlantiradi Prezident
150
. Albatta, ma’lum bir davrda
kommunistik g’oyaga ham samimiy ishonganlar bo’lgan, sof vijdonli dahriylar
ham hayotda uchrashi mumkin. Ammo dahriylik inson tarixida alohida holatlarda
bir-bir namoyon bo’luvchi hodisa. Din esa asrlar davomida million-million
insonlarning e’tiqodini shakllantirib kelgan. Jumladan, islom dini 14 asrdan beri
ulug’ bir mintaqada insonlar tafakkur yo’nalishiga ta’sir o’tkazib kelmoqda.
Marksizm ongimizda ajdodlar salohiyatiga nopisandlikni tarbiyaladi. Kimki 5-6 asr
ilgari o’tgan bo’lsa, uning mulohazalari bizga noqis ko’rinadigan bo’ldi (ayni
marksizm aqidalariga nomuvofiqligi tufayli). O’z vaqtida biz Imomi A’zam, Imom
Buxoriy, Imom Motrudiy, Mahmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin
Kubro va hokazo yuzlab jahonshumul ulug’ allomalarning e’tiqodini “afyun” deb
e’lon qildik va aslo etimizga o’ylab ko’rmadik-ki, “xo’sh, ular yaratgan ulkan
ma’naviy merosga o’zimiz bir misqol qo’shish qudratiga egamizmi?” Mustaqillik
bizga imonimizni, e’tiqodimizni qaytarib berdi. “Islom dini bu ota-bobolarimiz
dini, - deydi I.A.Karimov,-u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham
ma’rifat ekanligini unutmaylik”
151
.
2007 yilda Toshkent shahri xalqaro tashkilotlar tomonidan Islom
madaniyatining poytaxti, deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Hazrati Imom
(Hastimom) mavzeida salmoqli obodonchilik va qurilish ishlari amalga oshirildi.
Ko’rkam va mahobatli yangi jome’ masjidi ishga tushirildi. Umuman, oxirgi 10-15
yil ichida diniy qadriyatlarimizning tiklanishi sohasida amalga oshirilgan ishlar
ilgarigi davrlarda 100-200 yilda qilinadigan ishlar ko’lamidan kam emas. Bu
davrda biz qaramlik davrida mazkur sohadagi buzg’unchiliklar oqibatini bartaraf
etishga astoydil kirishganimiz va yo’qotishlar o’rnini to’ldira boshlaganimiz juda
katta ma’naviy yutuq ekanligi shubhasizdir. ”Agar biz adolatli davlat, erkin
jamiyatni qurmoqchi bo’lsak, bu oliyjanob maqsadni amalga oshirish yo’llari ming
149
Islom Karimov.Asarlar. 3-jild, s. 41
150
Islam Karimov.Asarlar. 4-jild, s. 79
151
Islam Karimov.Asarlar. 3-jild, s. 40
www.ziyouz.com kutubxonasi
194
yillik diniy aqidalar bilan mushtarak ekanligini yodda tutishimiz lozim”
152
, deydi
Prezident.
Do'stlaringiz bilan baham: |