Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-fasl. «Badoyi’ ul-bidoya»da tavhid g’oyasi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

2-fasl. «Badoyi’ ul-bidoya»da tavhid g’oyasi. 
 
 Alisher  Navoiy  mintaqa  adabiyotiga  shunday  bir  muhitda  kirib  keldi. 
Navoiy  badiiy  olami  benihoya  keng  va  rang-barang.  Uning  Borliqni  idrok  etishi 
ijodining  turli  davrlarida  va  turli  yo’nalishlarida  o’ziga  xos  aksini  topgan.  Biz  bir 
necha  namuna  keltirish  bilan  cheklanamiz.  Avvalo,  shuni  aytib  o’tish  joizki, 
Navoiy ijodi shu paytgacha ko’proq tarkibiy jihatdan o’rganib kelindi, uni tadrijiy 
jihatdan  o’rganishga  asosan  Izzat  Sulton  («Navoiyning  qalb  daftari»)  va 
H.Sulaymonov  («Xazoyin  ul-maoniy»  tanqidiy  matni)  ishlarida  harakat  qilindi. 
Ushbu  ishlarga  tayanib  xulosa  qilganda,  shoir 
badiiy  kamolotining  birinchi  bosqichi  1469  yil 
Sulton  Husayn  Hirot  taxtini  egallagandan  keyingi 
bir  necha  yil  orasida  shoir  o’z  qo’li  bilan  tartib 
bergan  birinchi  devoni  «Badoyi’  ul-bidoya»da  o’z 
aksini topgan, deyish  mumkin.  Biz shu  majmuadan 
ikki asarni olib qiyosiy tahlil qilib ko’ramiz. Bularning birinchisi  devonni boshlab 
beruvchi  «Ashraqat»  g’azali,  ikkinchisi  ushbu  devon  tarkibidagi  «Ketur  soqiy,  ul 
mayki, subhi alast...» deb boshlanuvchi tarji’banddir. Biz bu ikki asar mazmuniga 
diqqat  qaratmoqchi  bo’lganimiz  sababi  ulardagi  bosh  timsollar  bilan  bog’liq.  Bu 
timsollar  «may»,  «jom»  va  «sing’on  safol»  majozlari  bo’lib,  ular  bu  ikki  she’r 
mazmunini bir-biriga bog’lab turadi. 
Biz doimo Navoiyning bosh qahramoni -  Inson deymiz. Menimcha, shunga 
aniqlik  kiritilsa,  shoirning  bosh  qahramoni  oddiy  inson  emas  -  Oshiq  inson,  deb 
qaralsa,  haqiqatga  muvofiqroq  bo’lar  edi.  Ammo  bu  qanday  oshiqlik?  Birinchi 
g’azalning ilk satrlarini o’qiylik: 
 
Ashraqat min aksi shamsil ka’si anvor-ul-hudo, 
«Yor aksin mayda ko’r» deb jomdin chiqdi sado. 
G’ayr naqshidin ko’ngil jomida bo’lsa zangi g’am, 
Yo’qdur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g’amzudo.
78
 
 
She’riyatning,  badiiy  adabiyotning  qudrati  shundaki,  o’z  qa’ridagi  sirlarni 
o’zi ochadi, tilsim ham o’zi, bu tilsimning kaliti ham o’zida, faqat  
uni  xolis  nazar  bilan,  sinchkovlik  bilan,  mehr  bilan  o’qish  kerak.  Yuqoridagi 
parchada  ham  ko’rinib  turibdiki,  birinchi  satrdagi  timsollar  ikkinchi  satrda 
izohlangan. 
«G’ayr» 

begona 
demakdir. 
«G’amzudo»  -  «g’am  zangini  tozalaguvchi» 
ma’nosini bildiradi. «May» - «mayi vahdat» (birlik, 
yagonalik  sharobi),  ya’ni  irfoniy  ishq,  «jom»  esa 
«ko’ngil jomi» ekan. Ko’ngil jomi agar begona aksi 
tushib  zang  oladigan  bo’lsa,  ushbu  g’amdan  forig’  etuvchi  eng  maqbul  vosita 
vahdat mayi deyilmoqda. She’r davomiga murojaat qilamiz: 
                                         
78 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 1-j. T., 1987, s. 29 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish