ul-haqiqat” (majoz haqiqatning ko’prigidir) degan mashhur hadislariga tamomila muvofiq
kelmoqda. Alisher Navoiy “Xazoin ul-maoniy”ning oxirgi devoni “Favoid ul-kibar”da ushbu
yondoshuvni to’liq quvvatlab maxsus qit’a bitadi:
Ko’rmasa husni majozi ichra juz Haq sun’ini,
Oshiqekim bo’lsa ishq atvori ichra pokboz.
Zohido, bu ishqdin man’ aylama oshiqnikim,
Gar sen idrok aylasang, ayni Haqiqatdir majoz.
68
Ammo “majoziy ishq”ni insonlarning bir-biriga muhabbati deb tushunilsa, voqelikka bu
masalani tatbiq etganda bir murakkablik vujudga kelardi. Ya’ni insoniy muhabbat hayotda
doimo beg’araz bo’lavermasligi ma’lum bo’lib, bu endi oshiqning ma’naviy saviyasi bilan
bog’liq edi. Alisher Navoiy ijodiy yo’lining nazariy xulosasi bo’lmish “Mahbub ul-qulub”
risolasining ikkinchi qismidagi “Ishq zikrida” atalmish 10-bobida ushbu muammoni mukammal
hal qilib berdi. Unda adib ishqni uch qismga ajratadi va ularga shunday ta’riflar beradi:
“Avvalg’i qism avom ishqidurki, avomunnos orasida bu mashhur va shoedurkim, derlar:
“Falon falong’a oshiq bo’lubtur”. Va bu nav’ kishi har nav’ kishig’a bo’lsa bo’lur, shag’ab va
iztiroblaricha lazzati jismoniy va shahvati nafsoniy emas va bu qismning biyikrak martabasi
shar’iy nikohdurkim, bari xaloyiqqa sunnatdur va muboh. Va pastroq martabasida parishonliq va
mushavvashliqlar va besomonliq va noxushliqlareki zikri tarki adabdur va bayoni behijobliqqa
sabab.”
69
(Qisqartirilgan nasriy bayoni: “Birinchi qism oddiy odamlar (avom) ishqi bo’lib, xalq
orasida mashhur va keng tarqalgandir... Bu ishq jismoniy lazzat va shahvoniy nafs bilan
chegaralanadiki, oliy martabasi - sha’riy nikohdir... Quyiroq martabasida janjal, tashvishlar,
ko’ngilsizlik va sharmandaliklar ko’rinadiki, bu haqda so’zlash - odobsizlik, bayon etish
hayosizlikdir”).
70
“Ikkinchi qism xavos ishqidurkim, xavos ul ishqqa mansubdurlar. Ul pok ko’zni pok
nazar bila pok yuzga solmoqdur va pok ko’ngil ul pok yuz oshubidin qo’zg’almoq va bu pok
mazhar vositasi bila oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq”.
71
("Ikkinchi qism -
alohida fazilat egalariga xos ishq bo’lib, bu xos ishqqa mansub shaxslar pok ko’zni pok niyat
bilan pok yuzga soladilar va pok ko’ngil u pok yuzning shavq-zavqi bilan beqaror bo’ladi. Va bu
pok yuz vositasi bilan pok oshiq haqiqiy mahbubning jamolidan bahra oladi”).
72
"Uchinchi qism siddiqlar ishqidurkim, Oliy haqiqatning tajallisi (nurlanishi) jamolig’a
uning (moddiy olam mavjudotlari qiyofasidagi) ko’rinishidan tashqari, bevosita maftun
bo’lganlar va o’zlarini shu yo’lga taslim etganlar va ushbu (oliy haqiqat jamolini bevosita)
ko’rishga intilish behushligida idrok qilish qobiliyati ulardan begona bo’lgan. Ularni (Oliy
haqiqatni bevosita) ko’rish (istagi) butkul g’arq etgan va ular g’arq bo’lishdan o’tib, halok
bo’lish darajasiga etganlar"...
73
"Agar hodisalar bo’roni osmon gulshanining bir qabatini uchirib
ketsa - ular bexabar va agar yulduzlar gulbargini har tomonga sovursa, bularga ta’sir qilmaydi.
67
Amir Xusravi Dehlavi. Duvalrony va Xizrxon. Dushanbe-«Donish»-1975, s. 224
68
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 6-j. T. 1990, s. 512-513
69
Alisher Navoiy. Asarlar. 13-jild. T., 1966 s.42
70
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub, T., 1983, s.51-52
71
Alisher Navoiy. Asarlar 13-j., s.42.
72
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub, s.52
73
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami., 14-j. T., 1998, s.70
www.ziyouz.com kutubxonasi
124
Ularning hislari Haq jamolini ko’rish tashvishi bilan ishdan chiqqan, shavq-zavqlari esa, unga
bo’lgan ishq hujumlari ostida yo’qolib bitgan..."
74
Do'stlaringiz bilan baham: |