89
Arabiy «Futuhoti Makkiya»da 19
maqom, 360 ta manzil va rabotni
ajratib ko’rsatadi. Agar maqomlar
so’fiyning o’z harakati, riyozati
bilan bog’liq bo’lsa (tadbir), «hol»
tushunchasi
Alloh
barakati
va
marhamatiga
aloqador
(taqdir)
hisoblangan. Bunday «fayzi ilohiy»
solikning poklik kasb etgan dilini
bir lahzada chaqmoqdek yoritib, yana g’oyib bo’lishi mumkin. Ba’zan holni ham
darajalarga ajratadilar. Nazarimizda, gap maqomlar soni va holning darajalarida
emas. Asosiy masala ko’ngilning poklanishida. «Bilgilki, ko’ngil sayqallangan
ko’zgudir», deb yozadi Ibn al-Arabiy. Hadisda aytiladiki: «Qalb temirdek zang
bosishi mumkin.»
Ma’naviyat haqidagi suhbatlarimizning ibtidosida Shayx Najmiddin
Kubroning iste’dodli shogirdi Najmiddin Doya haqida eslab o’tgan edik. U o’zinig
1223 yili Kunyada yozib tugallangan risolasida
34
Inson va uning mohiyati, Oliy
haqiqat (Haq asrori)ga va Borliqqa munosabati haqida shunday mulohaza yuritadi:
Mavjudotlar olami, ya’ni moddiy dunyodan maqsad inson vujudidir. Ikki
olam inson vujudi uchundir. Inson vujudidan maqsad esa Alloh taolo
zotu sifatlarini anglab etishdir. Buni ma’rifat deydilar. Farishta va jinlar Allohga
ibodat etishda insonga sherik bo’ldilar. Ammo ma’rifat insondan o’zga hech
qanday mahluqotga nasib bo’lmadi. Haq ma’rifati yukini ko’tarmoq faqat inson
zotiga vojib bo’ldi. Insonning mumtozligi shu tufaylidir. Ammo Najmiddin
Doyaning fikriga ko’ra, Inson vujudida Haq ma’rifatini aks ettiruvchi ko’ngil
ko’zgusi dastavval faqat imkon darajasida mavjud, xolos. Uni voqelikka aylantirish
uchun uzoq jiddu jahd lozim. Ko’ngil ko’zgusi riyozat bilan sayqal topadi,
insonning ma’naviy tarbiyasi, o’z intilishi, pir-tarbiyachining irshodi nafs tarbiyasi
bilan bo’ladi. Buning uchun inson, birinchi navbatda, ham jismoniy, ham ma’naviy
poklanmog’i kerak. Tasavvuf tariqati ushbu poklanish yo’li bo’lib, uni
temirchining olovli ko’rasiga qiyos etish mumkin. Unda inson ko’ngli avval
mumdek yumshab, shakl oladi, so’ng chiniqtiriladi va sayqal beriladi. Oxirida
ko’ngil po’lat ko’zgu singari shunday sayqal topadiki, o’zida ilohiy nurni
akslantirib, oy singari nurlanib, o’zi ham atrofga ziyo tarata boshlaydi. Ana
shunday ko’ngil egasi komil insondir.
O’zbek tilimiz komil inson mohiyatini nihoyatda teran ifodalaydi - «ziyoli»,
ya’ni o’zidan atrofga ziyo, nur taratuvchi. Ziyoli inson atrof zulmatni yoritadi,
o’zga insonlar ruhini ham ma’rifatli etadi, ko’ngillarni nurlantiradi. Ziyoli, ya’ni
o’zligini anglab etgan insonda ilm, imon va amal birligi vujudga keladi. Hazrati
34 Olimning «Mirsod ul-ibod min al-mabda’ ilal-maod» asari fors tilida yozilgan bo’lib, XIX
asrda Xorazmda Muhammad Rahimxon II (Firuz) topshirig’iga binoan o’zbek tiliga o’girilganligi
ma’lum. Ushbu asar qo’lyozmalari O’zFA Abu Rayhon Biruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida
saqlanadi. Eronda bu asar nashr etilgan, ammo bizda bu asar haqida hanuz maxsus tadqiqotlar ham, asar
tarjimalari ham e’lon qilinmagan. Faqat «Sog’lom avlod uchun» jurnali 1996 yil 1-sonida Najmiddin
Doya haqida dastlabki maqola e’lon qilindi (s. 40-43)
Orif – laduniy bilim egasi, Borliq haqiqatini
mohiyatan anglab etgan, o’z ruhiyatida Borliq
haqiqati bilan mukammal uyg’unlik hosil qila
bilgan shaxs, tasavvufda ma’naviy kamolotning oliy
darajasi
bo’lmish
“Haqiqat”
bosqichiga
ko’tarilgan solik. Oriflik maqomiga etishib ustozi
tomonidan muridlar-ni mustaqil tarbiyat qilish
huquqiga musharraf bo’lgan orif inson
Do'stlaringiz bilan baham: