Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

 
 
8-bob.  
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
82
Tasavvuf tariqatlarining shakllanishi va irfon 
 
 
1-fasl. Zohidlik, oshiqlik va oriflik. Ibn Sino va G’azzoliy «Ishq» haqida  
 
 So’z  boshidan  ta’kidlash  zarurki,  zohidlik  (zuhd)  bu  -  irfon  emas,  ammo 
tasavvuf  zohidlikdan  ayru  ham  emas.  Shu  nuqtai  nazardan  Uvays  Qaraniy  (vafoti 
644 yil), Molik Dinor (vafoti 748 yil) kabi mashhur siymolar tasavvufdan tashqari 
emas,  ammo  asli  tasavvufning  shakllanishini,  bizning  nazarimizda,  Hasan  Basriy 
(642-728) faoliyati, ya’ni VIII asrdan, deb belgilagandan ko’ra, IX asr o’rtalaridan, 
ya’ni  Zunnun  Misriy  (796-859),  Xoris  Muxosibiy  (791-857),  Boyazid  Bistomiy 
(vafoti  875  yil)  ijodlaridan  boshlash  o’rinliroq  bo’lsa  kerak.  Mulohaza  shundaki, 
tasavvuf  tariqining  maqomlari  tugal  bo’lmagunicha  va  muayyan  tizimga  tushib 
shakllanmagunicha,  oldingi  salaflar  o’rni  ham 
muayyan 
bo’lmog’i 
tasavvurdan 
tashqaridir. 
G’azzoliygacha tasavvuf irfoni islom ma’rifatchiligi 
bosqichining  yirik  yo’nalishlaridan  biri  sifatida 
shakllanib ulgurdi.   
G’azzoliy  o’z  asarlarida  Kalom,  falsafa,  va 
boshqa  yo’nalishlarni  umumiy  me’yorga  keltirib, 
hosil  qilgan  xulosasi  irfon  foydasiga  edi.  Masalan,  uning  ishq  turlari  va  ularning 
o’zaro  nisbati  xususidagi  mulohaza  larini  olib 
ko’raylik.  
  
Ishq  hodisasi  qadimdan  ahli  basharni 
qiziqtirib  kelgan.  Qadim  Hind,  Xitoy,  Yunon 
tafakkur  mevalari  orasida  yolg’iz  bani  basharga 
xos  bu  ruh,  nafs  va  jismni  bir  nuqtada 
birlashtiruvchi  hodisaning  tahliliga  bag’ishlab 
yozilgan 
talay 
asarlar 
mavjud. 
Islom 
mintaqasida  bu  mavzuga  oid  Poklik  birodarlari 
yaratgan  qomus  tarkibidagi  risoladan  keyin  yaratilgan  yaxlit  falsafiy  asar  Ibn 
Sinoning «Risola fi-l-ishq» kitobidir. Albatta, bu asarning yozilishiga tasavvufning 
ta’siri  bor,  chunki  tasavvuf  irfonida  etakchi  o’rin  tutuvchi  hodisa  ishqdir.  Ammo, 
tabiiyki, Ibn Sino faylasuf va amaliyotchi tabib bo’lganligidan ishqqa ham mavjud 
voqelikning ilmiy tadqiqotchisi va sof faylasuf  
Zuhd  –  zohidlik,  moddiy  olam 
hirsu-havaslaridan  butkul  yuz 
o’girib, Alloh  ibodatiga berilish, 
tarkidunyochilik, 
tasavvuf 
tamoyili 
tarixida 
birinchi 
bosqich. 
 
Ishqi ilohiy” - “ishqi ha-qiqiy” 
ham  deyiladi,  tasav-vuf  irfonida 
Haq  ishqi,  Borliq  haqiqatiga 
fidoiy-lik. 
Alisher 
Navoiy 
“Mahbub  ul-qulub”  asarining 
ikkinchi  qismi,  10-bobida  ishqni 
3  qismga  bo’lib,  sufiylarning 
Haq 
jamoliga 
oshuftaligini  
“siddiqlar ishqi” deb ataydi. 
Irfon  –  tasavvuf  nazariyasi, 
Borliq 
haqiqatini 
anglab 
etishning  tasavvufiy  yo’nali-shi, 
Haqiqat  ishqi  alangasiga  tik 
kirib  borib,  nafsni  xudbinlik 
zangidan  poklash  va  shu  orqali 
shaxsning 
Oliy 
Haqiqatga 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
83
 sifatida  yondoshadi.  Tibbiyotga  oid  kitoblarida 
insondagi 
ishq 
hodisasini 
ruhiy 
muvozanat 
buzilishining  bir  turi  sifatida  sharhlagan  olim, 
ishqqa  falsafiy  nuqtai  nazardan  yondoshganda,  Poklik  birodarlari  va  Forobiyning 
bu  haqdagi  falsafiy  mushohadalarini  ijodiy  rivojlantirib,  ishqni  ruhiy  hodisa 
mazmuni  sifatida  tadqiq  etadi.  Ibn  Sino  ishqni  (bir  narsaga  moyillik  ma’nosida) 
barcha  tabiat  unsurlariga  xos  deb  biladi  va  inson  ishqidagi  hayvoniy  va  ruhoniy 
jihatlarni ajratib ko’rsatadi
28
. Olim fikriga ko’ra ulardan qaysi biri g’olib kelishiga 
qarab  inson  ishqi  hayvoniy  hirsdan  iloiy  ishq  sari  ulug’lashib  boradi.  Alloh 
ma’rifatiga  intilish  ishqning  eng  oliy  darajasidir,  deb  hisoblaydi  Ibn  Sino.  Ammo 
uning  asari  chuqur  falsafiy  mushohadalar  ruhida  yozilganligidan  oddiy  xalq 
namoyandalari uchun ancha mavhum ko’rinishi mumkin. 
 G’azzoliy  matni  o’zgacha.  «Ihyoi  ulum-ad-din»  ning  to’rtinchi  qismi 
«Munjiyot»  da  alohida  «Ishq  haqida  kitob»  bo’lib,  unda  bu  insoniy  tuyg’u  kimga 
yo’naltirilganiga ko’ra tasniflanib uning besh turi sanaladi: 
1. Insonning o’z-o’ziga muhabbati. 
2. Uning o’z homiylari, unga mehr-shafqat ko’rsatuvchilarga muhabbati. 
3.Uning umuman insonlarga yaxshilik qiluvchilarga muhabbati. 
4. Insonning barcha ichki va tashqi go’zallik egalariga muhabbati, 
5. Mohiyat jihatdan o’ziga o’xshagan zotga muhabbati.
29
 
Ammo ushbu barcha muhabbat turlari G’azzoliyning keyingi mantiqiy tahlili 
natijasida  insonning  butun  borliq  va  mavjudotlarning  yaratuvchisi  va  xojasi 
Allohga  bo’lgan  muhabbatida  yagona  oliy  tuyg’uga  aylanadi.  Allomaning  bu 
haqdagi  isbot  va  dalillari  lo’nda  va  yorqin  bo’lganligidan  tushunarli  va  ishonarli 
chiqqan,  uning  ta’sir  kuchi  ham  beqiyosdir.  G’azzoliy  mulohazalari  salaflari 
fikridan  bahra  oladi,  ammo  uning  talqini  va  ifoda  usuli  mavhum  falsafiy 
tahlillardan farqli o’laroq, ommabop va hayotga yaqinlashtirilgandir. 
Shunday  qilib,  G’azzoliy  tafakkur  tarzida  salaflari  izidan  borgan  holda, 
birinchidan,  mulohazalarini  oddiy  insonlarga  tushunarli  tarzda  bayon  qilishga 
muvaffaq  bo’ldi,  ikkinchidan,  ma’rifatchilikka  ma’lum  darajada  yakun  yasab,  bu 
bosqich  allomalari  erishgan  yutuqlarni  umumlashtirdi  va  ommalashtirdi. 
Uchinchidan, tavhid mohiyatini anglab etmoq uchun aql va mantiqning o’zi kifoya 
qilmasligini tan olib, qat’iyan tasavvuf irfoni qadriyatlari himoyasiga o’tdi. Shular 
asosida  mintaqa  ma’naviyatining  uchinchi  –  Tasavvuf  tariqatlari  yoxud  irfon 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish