Nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti termiz filiali



Download 2,14 Mb.
bet121/127
Sana09.09.2021
Hajmi2,14 Mb.
#169121
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   127
Bog'liq
БТ-3КУРС УМК.Мат.ўқ.методикаси

Tuzilmali egiluvchanlik qator holatlar bilan ta’minlanadi: muammoli-modul tuzilmasining safarbarligi, muammoli-modulli dastur pog‘onaligi, egiluvchan jadval loyihasining mavjudligi va ko‘p vazifali o‘quv xonalarining jihozlanganlik imkoniyatlari va boshqa.

Mazmunli egiluvchanlik birinchi navbatda ta’lim mazmunini tabaqalashtirish va integratsiyalash imkoniyatlarida namoyon bo‘ladi. Bunday imkoniyatning o‘zi taklif etilayotgan texnologiyada o‘quv materialining blok va modulli tamoyil asosida saralanish evaziga vujudga keladi.

Texnologik egiluvchanlik muammoli-modulli ta’lim jarayoni-ning quyidagi jihati bilan ta’minlanadi: o‘qitish metodlarining variantliligi, nazorat va baholash tizimining egiluvchanligi, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini yakka tartibda tashkil etish va boshqalar.

M.A.Choshanovning ta’kidlashicha, kasb maktablarida o‘qitish jarayonini muammoli-modulli asosga o‘tkazish quyidagilarga imkon beradi:

– o‘quv materialining muammoli modullarini guruhlash yo‘li bilan kursni to‘liq, qisqargan va chuqurlashtirilgan variantlarini ishlab chiqishni ta’minlaydigan dialektik birlikda integratsiyalash va tabaqalashtirishni amalgaoshirish;

– bilim darajasiga bog‘liq holda talabalarning u yoki bu muammoli-modulli dastur variantini mustaqil tanlashi va ularning dastur bo‘ylab individual siljish sur’atini ta’minlanishi;

– muammoli modullardan pedagogik dasturli vositalarni yaratish uchun ssenariylar sifatida foydalanish;

– o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishda o‘qituvchi maslahatchi-koordinasiyalovchi vazifaga urg‘uni ko‘chirish;

– o‘quv materialini bayon qilish tezligi va o‘zlashtirish darajasiga zarar yetkazmagan holda o‘qitish metodlari va shakllari majmuasiga moslik asosida kursni qisqartirish;

Shunday qilib, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish sifati bo‘yicha ta’lim maqsadlarining tashxislanuvchanligi o‘zlashtirishning zaruriy darajalarini aniqlashtirishni talab etar ekan. Endilikda pedagogik atamalar tarkibiga “texnologiya”, “operasiya”(amal), “ishlash qobiliyati”, “texnik nazorat”, “dopusk” (o‘lcham farqi) kabi qator tushunchalarni kiritish, ularning pedagogik talqinini yaratish va bevosita o‘qitish jarayonida qo‘llash kundalik zaruratgaaylanmog‘i darkor. Zamonaviy o‘qituvchi faoliyati bilimlarni uzatuvchi oddiy metodist sifatida emas, balki “o‘qituvchi - texnolog” nuqtai nazaridan baholanishi kerak.



Texnologiya - bu shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o‘zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir. “Texnologiya” tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish kuchiga ega bo‘lib, erkin ijod qilishga undaydi:

– samarador o‘quv-bilish faoliyatining asoslarini topish;

– uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo‘qotishgaolib keladigan samarasiz) asosdan ko‘ra intensiv (jadal), mumkin qadar ilmiy asosda qurish;

– talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan vaseminar yutuqlaridan foydalanish;

– o‘qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo‘qotish;

– ta’lim jarayonini yuqori darajadaaxborotlashtirish va zaruriy xarakatlarni algoritmlash;

texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o‘zlashtirish va boshqa.

Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o‘qitish bosqichlaridan, o‘z navbatida bu bosqichlarning har biri o‘ziga hos amallardan iborat bo‘ladi.



Amal - o‘qituvchining sinfda mavzu bo‘yicha o‘quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig‘indisi bo‘lib, o‘qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. Agar o‘quv predmetining har bir mavzusi alohida bosqich hisoblansa, shu mavzu bo‘yicha o‘quv elementlarining har biri alohidaamal sifatida qaralishi mumkin. Amal texnologiya asosini tashkil etib ta’lim maqsadini rejalashtirishda vaamalgaoshirishda e’tiborgaolinadigan asosiy element hisoblanadi. Amallar bir qator usullardan iborat bo‘lib, ularning har biri harakatlarga bo‘linadi. Boshqacha qilib aytganda, biror bir o‘quv elementini tushuntirish uchun o‘qituvchi samarali ta’lim vositalari, metodlaridan foydalanish davomida u yoki bu algoritmik harakatni maqsadiga mos holdaaniq bajaradi.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish