3. Dissimilyatsiya (ingl. dissimilation - noo`xshashlik deganidir) hodisasiga ko`ra ikkita aynan yoki qisman bir xil fonemadan biri o`zgarib, noo`xshash fonemaga aylanadi: zarur→zaril, mabodo→nabodo, bebosh→bevosh (yozilishi: zarur, mabodo, bebosh).
Dissimilyatsiya ham o`zgarishning yo`nalishiga qarab ikki xil bo`ladi: a) progressiv dissimilyatsiyada keyingi tovush o`zgarishga uchraydi: birorta → bironta; b) regressiv dissimilyatsiyada oldingi tovush o`zgarishga uchraydi: to`qson → to`xson.
4. Metateza (ingl. metathesis – o`rin almashish deganidir37) hodisasiga ko`ra so`z tarkibidagi tovushlar o`rin almashadi: daryo→dayro, ahvol→avhol, tuproq→turpoq, yomg`ir→yong`ir (yozilishi: daryo, ahvol, tuproq, yomg`ir)
2.Pozitsion o`zgarishlar
So`z tarkibidagi tovushlarning o`rniga ko`ra o`zgarishi pozitsion o`zgarishlar deyiladi. Bunga quyidagi hodisalar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |