Unli fonemalar tasnifi jadvali:
Lablarning ishtirokiga ko`ra
|
Tilning gorizontal harakatiga ko`ra
|
Tilning vertikal harakatiga ko`ra
|
Old qator
|
Orqa qator
|
Yuqori tor unlilar
|
i
|
|
Lablanmagan
|
|
u
|
Lablangan
|
O`rta (keng) unlilar
|
e
|
|
Lablanmagan
|
|
o`
|
Lablangan
|
Quyi (keng) unlilar
|
a
|
|
Lablanmagan
|
|
o
|
Lablangan
|
Ayrim unli fonemalar tavsifi
I unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so`z boshida (ipak), so`z o`rtasida (tilak) va so`z oxirida (tulki) keladi.
2) so`z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan, sira.
3) k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G`irot, oxir.
4) cho`ziq varianti bor: muhim, musiqa.
5) e(e) tovushiga moyil varianti bor: mix-mex,
U unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so`z boshida (urmoq), so`z o`rtasida (tugun) va so`z oxirida (urg`u) keladi.
2) til oldi varianti ham uchraydi: kuch, gul;
3) qulf, g`ulg`ula, tuxum so`zlarida esa til orqa varianti qo`llangan.
4) i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya’ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul, tutun kabi.
E unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so`z boshida, so`zning birinchi bo`g`inida keladi: eshik, elak, e’tibor, kel, bet kabi.
2) jonli nutqda sheva ta’sirida i tovushiga moyillashadi: deydi – diydi.
3) o`g`uz shevalarida a tovushiga o`tish holati ham mavjud: eshik – ashik, deb – dab, kel – gal kabi. Lekin adabiy tilda e tarzida talaffuz etiladi.
A unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so`z boshida (ari), o`rtasida (daftar) va so`z oxirida (qora) keladi.
2) q, x, g` tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi: qaxr, g`azab, xabar.
3) ba’zi so`zlarda sheva ta’sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla – shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi.
O unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so`z boshida (olim), o`rtasida (toza) va so`z oxirida (bobo) keladi.
O` unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) sodda so`zlarning asosan birinchi bo`g`inida uchraydi: o`g`il, bo`ri, to`g`ri, o`rin, bo`yin.
2) o`zlashma so`zlarning oxirgi bo`g`inida ham keladi: ro`baro`, xushro`y, gulro`, kubok, (kubo`k).
3) til oldi varianti ham bor: o`rik, ko`l, cho`l.
ONA TILINING UNDOSH TOVUSHLAR TIZIMI
Hozirgi o`zbek adabiy tilida 24 ta undosh fonema bo`lib, bular b, d, f, g, h, j (jurnal, vijdon kabi so`zlardagi birinchi va ikkinchi undosh), dj (jumla, joy kabi so`zlaridagi birinchi undosh), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g`, sh, ch, ng fonemalaridir. Undosh fonemalar tizimi tilshunoslikda konsonantizm (ingl. undosh degan ma’noni ifodalaydi33) deb ham yuritiladi. Undosh fonemalar ham uch tomondan tasnif qilinadi:
1) hosil bo`lish (artikulyatsiya) o`rniga ko`ra;
2) hosil bo`lish (artikulyatsiya) usuliga ko`ra;
3) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra.
Hosil bo`lish (artikulyatsiya) o`rniga ko`ra undoshlar uch guruhga bo`linadi:
1) lab undoshlari;
2) til undoshlari;
3) bo`g`iz undoshi.
Lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida paydo bo`luvchi undoshlar bo`lib, ularga b, n, m, v, f undoshlari kiradi.
Lab undoshlaridan b, p, m undoshlari, shuningdek, ov, qovun, vodiy, voris, birov kabi so`zlaridan v undoshi hamda pufak, tufli, juft, Fotima kabi so`zlaridagi f undoshi ikki lab orasida paydo bo`ladi; vatan, va’da, vafo, vagon, arava kabi so`zlar tarkibidagi v undoshi, fazo, farzand, fitna, telefon kabi so`zlar tarkibidagif undoshi pastki lab bilan ustki tishlar orasida hosil bo`ladi. Shunga ko`ra lab undoshlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1) lab-lab undoshlari: b, p, m, v, f;
2) lab-tish undoshlari: v, f.
Til undoshlari bevosita til ishtirokida hosil bo`lib, ularga g, d, j (jurnal so`zidagi undosh), dj (jilo so`zidagi undosh), z, y, k, l, n, ng, r, s, m, x, ch, sh, q, g` undoshlari kiradi.
Undoshlar tilning qaysi qismida hosil bo`lishiga ko`ra bir-biridan farq qiladi, masalan, z, s, sh kabi undoshlar tilning old qismida, y undoshi tilning o`rta qismida, k, g, ng kabi undoshlar tilning orqa qismida hosil bo`ladi. Shunga ko`ra til undoshlari to`rt guruhga ajratiladi:
1) til oldi undoshlari: d, j (jurnal so`zidagi kabi), dj (jiyda so`zidagi kabi) z, l, n, r, s, t, ch, sh:
2) til o`rta undoshi: y;
3) til orqa undoshlari: k, g, ng;
4) chuqur til orqa undoshlari: q, g`, x.
Bo`g`iz undoshi faqat bitta – h dan iborat bo`lib, u bo`g`iz bo`shlig`ida paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |