Ajratilgan to`ldiruvchilar
Ajratilgan to`ldiruvchilar shakllanishiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar.
2. Oddiy gap bo`lagi shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar.
Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar kesimdan uzoqda kelib, qaraganda, ustiga, singari, bilan, birga va shu kabi ko`makchilar yordamida shakllanadi.
Oddiy gap bo`lagi shaklidagi ajratilgan to`lidiruvchilar o`zidan oldin kelgan to`ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Bunda vositasiz to`ldiruvchi ham, vositali to`ldiruvchi ham ajratilishi mumkin. Masalan: Sizga, o`rta bo`yli qizga, atlas ko`ylak juda yarashibdi. (Y.Shukurov). Bu norozilik, hech shubhasiz, uning dadasiga, Otaqo`ziga, qarshi qaratilgan edi. (O.Yoqubov).
Do'stlaringiz bilan baham: |