Bilan yordamchisi va bog`lovchisi singari, juft–juft qo`llangan uyushuvchilarda har bir juft o`rtasida keladi: To`g`rilik bilan xiyonat, yolg`onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz – oz o`rganib dono bo`lur»).
2. Zidlovchilar (lekin, ammo, biroq): Tolibjon bolalarning beg`ubor, ammo almoyi–jalmoyi gaplaridan zavqlanib jimgina borardi. (S. Ahmad). Usta Qambar o`g`lini urmadi, so`kmadi, lekin bir–ikki oy u bilan gaplashmadi. (P.Qodirov).
Zidlov bog`lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo`llanishi mumkin. Masalan: O`ttiz yildan beri shu qishloqda uy quribman-u, ... shu buloq ... Oyko`lni Oyko`l qilib turgan shu suv oldimizda oqqani uchun qadrsiz bo`lib yotganini sezmabman. (P.Qodirov).
Do'stlaringiz bilan baham: |