2. To`ldiruvchili birikma. Tobe a’zosi to`ldiruvchi vazifasini bajaradigan so`z birikmasi to`ldiruvchili birikma deb yuritiladi. Bunda qismlar o`zaro boshqaruv yo`li bilan birikadi. Masalan: yoshlarga nasihat qilmoq, odamlarni qadrlamoq, talabalar uchun darslik, ilm-fan haqida so`zlamoq.
3. Holli birikma. Bu xil so`z birikmalarining tobe qismi hol vazifasini bajaradi. Holli birikmaning tobe va hokim a’zolari o`zaro bitishuv yoki boshqaruv yo`li bilan bog`lanadi: yangicha fikrlamoq, birga ishlamoq, maktabdan qaytmoq, erta boshlamoq.
So`z birikmalari tuzilishiga ko`ra 2 xil bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |