1. Aniqlovchili birikma. Bunday birikmalarning tobe a’zolari aniqlovchining barcha turlari vazifasini bajaradi. Shunga ko`ra ularni: 1) sifatlovchili birikma; 2) qaratuvchili birikma; 3) izohlovchili birikmalarga ajratish mumkin. Masalan: yozma ish, ilmiy maqola, beshta kitob, allaqanday ovozlar – sifatlovchili birikma; iqtisodiyotning taraqqiyoti, maktab hovlisi - qaratuvchili birikma; o`qituvchi Salimova, professor Qodirov - izohlovchili birikma.
Aniqlovchili birikma bitishuv va boshqaruv yo`li bilan tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |