4. Vulgarizm va varvarizmlar
Tilda so`kish, qarg`ash ma’nolarini ifodalaydigan so`zlar vulgarizmlar (lot. vulgaris “qo`pol” degani)74 deb ataladi. Masalan: haromi, qiztaloq, yеr yutkur, oqpadar va b. Vulgarizmlarni ham qo`llanish doirasi chegaralangan leksikaga kiritsa bo`ladi, chunki bu guruh so`zlar ham har doim ishlatilavermaydi. Bunday so`zlar badiiy asarlarda qahramonlarning xarakterini chuqurroq ochish uchun xizmat qiladi.
Varvarizmlar (yunoncha barbarismos – “tushunarsiz nutq” degani)75 biror tilda tarjimasi bo`la turib, o`rinsiz tarzda ishlatiladigan so`zlar guruhidir. Masalan: znachit (demak), tak (demak), ostanovka (bekat), svet (chiroq) kabi ruscha so`zlar; yes (ha), vau (qoyil) kabi inglizcha so`zlar shunga misol bo`la oladi.
14-MA’RUZA
LUG`AT TARKIBINING AJRALMAS BIRIKMALAR – FRAZEOLOGIK BIRIKMALAR MA’NO VA TARKIBI JIHATDAN TAVSIFLANISHI. LEKSIKOGRAFIYA
REJA:
1. Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot.
2. Tasviriy ifoda (parafraza).
3. Leksikografiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |