2) kelib chiqishiga ko`ra:
a) umumxalq leksikasidan olingan terminlar. Bunda tilning o`zida mavjud bo`lgan so`zlar termin sifatida maydonga chiqadi. Masalan, tilshunoslikka oid ot, sifat, son, fe’l, ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, gap, so`z kabi, me’morchilikka oid pardoz, davra, namoyon, o`ymakor, taqsim kabi68, temirchilikka oid pesh, tana, yelka, charxdor, dam kabi69 atamalar bunga misol bo`la oladi.
b) chet tillardan olingan terminlar. Bunda tilimizga hozirgi paytda aloqa vositasi hisoblangan chet tillardan olingan atamalar nazarda tutiladi. Masalan, yadro fizikasiga oid activator, barion, diproton, kvant;70 botanikaga oid azaliya, valeriana, gortenziya, magnoliya;71 logopediya faniga oid anamnez, giperkinez, distoniya, patogenez kabi72, zargarlik kasbiga oid parma, bargak, peshxalta, dahanda kabi73 atamalar shunga misol bo`la oladi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |