O`xshatish oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. –day, -dek qo`shimchasini olib kelgan so`zlar ham kengayib ajratilishi mumkin. Masalan: Bu zavodda, hamma zavodlardagidek, oshxonada ilg`orlar stoli alohida. (A.Qahhor).
Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. Ko`makchili qurilma shaklidagi hollar kesimdan uzoqda kelib, o`zlariga oid so`zlar bilan kengayib, gapning boshqa bo`laklaridan ajratilishi mumkin. Bunda qurilma qarshi, singari, kabi, tufayli, yarasha, holda kabi ko`makchilar bilan shakllanadi. Masalan: Nozik, oppoq bilagini daraxtga cho`zgan holda, qorayib pishgan shotutdan og`ziga tashlar ekan, tebrandi. (H.G`ulom).
Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar turli holatni, o`xshatishni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |