O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
____________N.X.Raxmankulova
2020 yil «___» _______________
XORIJIY TIL
(ingliz)
fanining ishchi o‘quv dasturi
(I-kurs uchun)
Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar
Ta‘lim sohasi: 110 000 – Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi :
Barcha yo`nalishlar
|
№
|
Mаshg‘ulоt turi
|
Аjrаtilgаn sоаt
|
Sеmеstr
|
I
|
II
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1.
|
Amaliy mashg ‘ulot
|
120
|
60
|
60
|
|
|
2.
|
Mustаqil ta’lim
|
120
|
60
|
60
|
|
|
3.
|
Umumiy soati
|
240
|
120
|
120
|
|
|
TOSHKENT 2020
Mazkur ishchi o'quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi 202_yil “__” ___dagi ___-sonli buyrug’i bilan (buyruqning ___-ilovasi) tasdiqlangan “Xorijiy til” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar:
|
|
Z. Muratkhodjayeva
|
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, “Xorijiy tillar 2” kafedra o’qituvchisi
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
Kafedra mudiri: ___________________________________
Fanning ishchi o’quv dasturi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 202_ yil “__” _____ dagi “__” – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
1. O’quv fan dasturi bo’yicha uslubiy ko’rsatma
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risidagi" qarori asosida: o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish va shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida,ularning jahon sivilizasiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotlarni rivojlantirish uchun shart sharoitlar yaratish bosh maqsadlardan biri qilib qo’yilgan.
Fanni o’qitishdan maqsad – “Xorijiy til” fani globallashuv va jahon hamjamiyatiga integrallahuv , jahon standartlari talabariga javob berish , tom manoda malakali mutaxassis bo’lish , Xorijiy tillar (Ingliz tili va adabiyoti )sohaga oid bilimlarni xorijiy tilde tushunish va erkin ifoda etish , xorijiy mtaxassislar bilan hamkorlik qilish , soha eksport fikrilari va sohaga oid yangiliklardan boxabar bo’lishni ta’minlaydi..
Fanning vazifasi - Xorijiy tillar (Ingliz tili va adabiyoti) sohasida ta’lim olayotgan talabalar xorij tilini talab darajasida bilishi ixtisoslik fanlarni o’rganishda xorijiy manbaalardan to’g’ridan to’g’ri foydalana olishlariga , kelgusi kasbiy faoliyatida jahondagi ilg’or texnika va texnologiyalar, ilmiy yutuqlar va soha yangiliklaridan bevosita xabardor bo’lishga yordam beradi.
Ta'lim tizimida barcha bosqichlarda chet tillarni uzluksiz o’rganish tashkil qilinadi, shuningdek o’qituvchilar malakasini oshirishda, hamda o’quv-uslubiy materiallardan foydalangan holda (teleko’rsatuv, radio eshittirish, e'lonlar, yangiliklar va hakazo) tinglab tushunish, xorijiy tilda turli janrdagi audio va video matnlarni eshitib, asosiy ma'nosini tushuna olish;
Dastur “Xorijiy tillar” fani ingliz tilini amaliy jihatdan talabalarga o’rgatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Dasturda bu fanning asosiy tushuncha va atamalari o’rganilishi ko’zda tutilgan. Mashg’ulotlar zamon talabiga javob beradigan pedagogika texnologiyalrini keng qo’llagan darajada olib borilishini taqoza etib, ingliz tilini bugungi kun talabiga javob beradigan darajada mukammal o’rganishga qaratilgan.
“Xorijiy til (ingliz)” fani “Ingliz tili nazariy grammatikasi”, “Ingliz tili amaliy grammatikasi”, “Ingliz va o’zbek tillari qiyosiy tipologiyasi”, “Ingliz tili tarixi”, “Ingliz tili amaliy fonetikasi” va “Ingliz adabiyoti tarixi” fanlari bilan o’z mohiyatidan kelib chiqqan holda uzviy bog’langandir.
Pedagogika universitetida ingliz tili fanining maqsadi talabalarda lingvistik, kommunikativ va lingvomamlakatshunoslik ko’nikma va malakalarini hamda madaniyatlararo muloqat qobiliyatini shakllantirish talim jaroyonining asosiy mazmuniga aylanib, amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishishda muhim o’rin tutadi. Lingvomamalakatshunoslik kompetentsiyasi deganda tili o’rganilayotgan mamlakatning ayni paitdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini aks ettiruvchi nutqiy muomala madaniyati nazarda tutiladi.
Ta’lim maqsadini anglab yetish o’qitishning umumiy yo’nalishi (strategiyasi) ni anglab olishga yordam beradi. Joriy dasturga ko’ra nutq faoliyati turlaridan faqat og’zaki va yozma nutq ko’nikmalarini talabalarda shakllantirish, fikrlash, izohlash, tahlil qila bilish qobiliyatlarini ta’lim jarayonida vujudga keltirish ta’limning asosiy vazifalariga ailangan.
Bu maqsad o’rganilayotan tilni adaptiv darajada konkret pedagogik muomala malakalarini egallashni (o’quvchilarning intelektuall faoliyatini boshqarish, nutq faoliyatini muayyan maqsadga yo’naltirish, nutq faoliyatini tashkil etish, uni nazorat qilish (va h.) ni qamrab oladi.
Mazkur dastur mazmuni asosan xorijiy tilga o’rgatishda og’zaki va yozma nutq amaliyotini o’z qamroviga olib, hajmi, maqsadi, ish uslubi va nazariy kurslar bilan aloqadorligiga ko’ra to’rt bosqichga bo’lib o’rganishni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |