1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Boshlangʻich ta’lim fakulteti dekani
_____________Sh.A.Abdullayeva
“_____”_________________2021-yil
“TASDIQLAYMAN”
Boshlangʻich ta’lim
fanlari kafedrasi mudiri
_____________A.A.Xalikov
“_____”_________________2021-yil
ONA TILI FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI VA METODIK
KOʻRSATMALAR
(2-kurslar uchun)
Fanning kodi:
355OTNA
Boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi:
60110500
Semestr:
3- 4
Kreditlar soni:
4
Mashgʻulot turi
Ajratilgan soat
Semestr
III
IV
Nazariy (ma’ruza)
54
26
28
Amaliy
66
34
32
Mustaqil ta’lim
120
60
60
Kurs ishi
-
-
-
Jami auditoriya soatlari
120
60
60
Mustaqil ta’lim
120
60
60
Umumiy oʻquv soatlari
240
120
120
TOSHKENT – 2021
2
Tuzuvchilar:
f.f.n., dots. M.A.HAMRAYEV
p.f.n., dots. Sh.YULDASHEVA
Taqrizchi:
f.f.n., dotsent D.T. AYTBAYEV
MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
Mustaqil ta’lim topshiriqlari mazkur kurs mazmunini toʻliq qamrab olish maqsadida tayyorlangan
boʻlib, nazariy egallangan bilimlarni kengaytirish, talabalarning mustaqil oʻqish faoliyatini yoʻlga
qoʻyishga asoslangan.
Mustaqil topshiriqlari talabaning oʻquv yuklamasining tarkibiy qismiga kirib, unda talaba
tomonidan minimal 4 kredit (120 soat hajmda) toʻplanishi lozim. Mazkur kursdagi modullar
yuzasidan topshiriqlar amaliy xarakterda boʻlib talaba tomonidan mustaqil oʻzlashtirilishi va
topshirilishi shart.
Mustaqil ta`limni bajarish va topshirish tartibi
1.1. Talabaning mustaqil ta’lim yuklamasi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun
belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
1.2. Talabaning mustaqil ta’limi auditoriyada va auditoriyadan tashqarida bevosita
o‘qituvchi rahbarligida mustaqil ish yoki talabaning fan (modul) bo‘yicha mavzularni
mustaqil o‘qib-o‘rganishi tarzida amalga oshiriladigan o‘quv ishlari majmuini anglatadi.
1.3. Mustaqil ta’lim – auditoriyada olingan bilim, ko‘nikma, malakalarni
mustahkamlash hamda fanga oid (xususiy) kompetensiyalarini rivojlantirish, qo‘shimcha
ma’lumot yoki materialni mustaqil o‘rganish maqsadida tashkil etiladigan o‘qitish shakli.
Mustaqil ish – o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan
ta’limning faol metodi. Mustaqil ish bu qo‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarninganiq
faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabaning mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi
faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatidir.
1.4. Mustaqil ish turi va shakli muayyan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) hamda
fan(modul)larning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
1.5. Mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun taklif etilgan mavzular hamda mustaqil ish
topshiriqlari va ularni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar talaba uchun ishlab chiqilgan ishchi
dastur (Sillabus)da o‘z aksini topishi lozim. Mustaqil ish uchun taqdim etilgan o‘quv
topshiriqlari variativ tavsifga ega bo‘lishi tavsiya etiladi.
1.6. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash fan (modul)ning umumiy baholash (100 ballik)
tizimida aks ettiriladi va ishchi dastur (Sillabus)ning baholash mezonlarida unga ajratilgan ball
aniq ko‘rsatib qo‘yiladi.
1.7. Fan(modul) bo‘yicha mustaqil ta’limga ajratilgan soatlarning mustaqil ish tarzida bajarilishi
ko‘zda tutilgan o‘quv birligi hajmi (kredit) mas’ul kafedra muhokamasidan o‘tkazilishi,
yig‘ilish qarori bilan tasdiqlanishi hamda professor-o‘qituvchi tomonidan tuzilgan Sillabusda
mustaqil ish shakli va turi mazkur qarorga mos kelishi lozim.
1.8. Didaktik jarayonlarni jadallashtirish, talabalarning mustaqil ta’ lim olish samaradorligini
oshirish maqsadida o‘quv davrining I semestrida tyutorlar, ARM xodimlari tomonidan mazkur
jarayonni amalga oshirish tartibi bo‘yicha davriy ravishda (shu jumladan, kredit haftaligi
doirasida) o‘quv seminarlari tashkil etilishi maqsadga muvofiq.
1.9. Mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarish muddatlari elektron platformada qat’iy
belgilanadi. Uzrli sabablarsiz mustaqil ishni bajarish muddatini o‘tkazib yuborgan talabaning
o‘quv faoliyati natijalari tekshirilmaydi va baholanmaydi. Uzrli sabablar esa, dekanat
(registrator ofis) tomonidan o‘rganib chiqilishi, dekan rezolyutsiyasi bilan inobatga olinishi hamda
topshiriq bajarilishi uchun yakuniy nazorat o‘tkazilishiga qadar qayta topshirish muddati
belgilanishi mumkin.
3
1.10. Mustaqil ta’lim bo‘yicha o‘quv faoliyati natijalari baholanmagan talaba yakuniy
nazoratlarga kiritilmaydi.
1.11. Fan(modul) bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat savollarining 1/2 qismi mustaqil o‘qib-
o‘rganish uchun tavsiya etilgan mavzular asosida tuzilishi tavsiya etiladi.
1.12. Fan(modul)ning auditoriya yuklamasini bajarish vaqtida talabalarning mustaqil ishlari
nazorat qilinmaydi. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarish yuzasidan ishchi dastur
(Sillabus)da ko‘rsatilgan kontakt soatida offlayn yoki onlayn tarzda maslahat olishi mumkin.
1.13. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda akademik va etik talablarga rioya etishi
(plagiatga yo‘l qo‘ymaslik, professor-o‘qituvchilar, talabalar bilan tolerant munosabatda
bo‘lish, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash, mas’uliyatlilik) shart.
1.14. Fan(modul) yuzasidan talabalar bajaradigan mustaqil ish topshiriqlari variativ tavsifga
ega bo‘lishi lozim. Mustaqil ish topshiriqlarining 1/3 qismi kichik guruhlarda hamkorlikda
ishlash (kooperativlik)ga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
1.15. Mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun taklif etiladigan mavzular va mustaqil ish
topshiriqlari fan(modul)ga ajratilgan kreditlar soni va talabaning vaqt budjetini inobatga
olgan holda belgilanishi lozim.
1.16. Talaba tomonidan elektron tizim(platforma)ga yuklangan mustaqil ish
topshiriqlari aniq belgilangan muddatda professor-o‘qituvchi tomonidan tekshirilishi va
natijasi talabaga ma’lum qilinishi shart.
1.17. Professor-o‘qituvchi fan(modul)ning ishchi dasturi (Sillabus)da belgilangan kontakt
vaqtida mustaqil ish bo‘yicha talaba murojaati asosida maslahat va amaliy tavsiyalar berib borishi
shart.
1.18. Fan(modul)ni qayta o‘zlashtirish davrida o‘quv rejada ko‘zda tutilgan umumiy
yuklamani saqlab qolingan holda kafedra qarori bilan auditoriya va mustaqil ta’lim soatlari 30/70
nisbatgacha bo‘lishi mumkin.
1.19. Mustaqil ishga qo‘yilgan ballar bo‘yicha e’tirozlar bo‘lgan taqdirda, talaba
belgilangan muddat tugaganidan keyin 24 (yigirma to`rt) soat (1 sutka) davomida
dekanat(registrator ofis)ga elektron platforma orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Bunda kafedra mudiri tomonidan tuzilgan appelyatsiya komissiyasi talabaning mustaqil ish
natijalarini 2 (ikki) ish kuni muddatida appelyatsiyadan o‘tkazishi va elektron platforma
orqali talabaga asoslangan xulosani taqdim etishi lozim.
1.20. O‘qishi ko‘chirilgan yoki tiklangan talabalar o‘zlashtirilmagan fan(modul)larni qayta
o‘qish tartibida o‘zlashtiradi. Istisno tariqasida, fanning semestrdagi yuklamasi 6 (olti) kreditdan
oshmaydigan akademik farqli fan(modul)lar talabaning arizasiga ko‘ra, dekan roziligi bilan
100% mustaqil ta’lim shaklida o‘zlashtirilishi mumkin.
Talabalarning mustaqil ta’limi quyidagi turlarda tashkil etilishi lozim:
- auditoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish;
- auditoriyadan tashqari vaqtda mustaqil ish topshiriqlarini bajarish;
- fan (modul) bo‘yicha mavzularni mustaqil ravishda Axborot-resurs markazlari, uy
(talabalar turar joylari)da o‘qib-o‘rganish.
Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga
oshirilishi tavsiya etiladi:
- esse – dolzarb mavzu bo‘yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlarda yozma
bayon qilish;
- dokladlar tayyorlash;
- kurs ishi yozish;
- konspekt yozish;
- glossariy tuzish;
- individual va guruhiy o‘quv loyihasi;
- keys-topshiriqlarini bajarish;
- mavzuli portfoliolar tuzish;
- axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;
4
- manbalar bilan ishlash;
- infografika tuzish;
- chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish;
- multimediali taqdimotlar yaratish;
- darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlar ishlanmalarini tayyorlash;
ta`lim yo’nalishi(mutaxassislik)ning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning
boshqa turlaridan foydalanish mumkin.
Mustaqil ishlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan quyidagi
maqsadlarda foydalanish tavsiya etiladi:
1. Tarmoqdan axborot izlash – web-brauzer, ma’lumlotlar bazasidan foydalanish, axborot-
qidiruv, axborot-ma’lumotnoma tizimlari, avtomatlashgan kutubxona tizimlari, elektron
jurnallardan foydalanish.Axborot izlash va unga ishlov berishga doir mustaqil ishlarga quyidagilar
kiradi: referatsharhlar yozish; mavzu bilan bog‘liq saytlarga taqriz yozish; ma’lum mavzu ga
doir
tarmoqdagi mavjud referatlarni tahlil etish, ularni baholash; ma’ruza rejasiga doir o‘z
variantini yoki uning ma’lum bir qismini yozish; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish;
amaliy mashg‘ulotlardan lavha tayyorlash; mavzuga doir doklad tayyorlash; mavzuga doir
munozara o‘tkazish; professor-o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan yoki tarmoqdan topilgan web-
kvestda ishlash.
2. Tarmoqda dialogni amalga oshirish – elektron pochta, sinxron telekonferensiyalardan
foydalanish. Tarmoqda dialogni amalga oshirishni quyidagicha ko‘rinishda tashkil etish
mumkin: o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan ma’ruzalarni muhokama qilish;
mutaxassis yoki talabalar bilan sinxron telekonferensiya(chat)da muloqotni amalga oshirish.
3. Tematik web-sahifa, web-kvest(topshiriq)lar yaratish – html-muharriri, web-brauzer,grafik
muharrirlardan foydalanish. Tematik web-sahifa, web-kvest (topshiriq)lar yaratishda quyidagi
usullardan foydalanish mumkin: saytda talabalar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlarni
joylashtirish; mavzuga doir adabiyotlar ro‘yxatini chop etish; indiviudal va kichik guruhlarda
ishlashga doir mavzuli web-sahifalarni yaratish; mavzu bo‘yicha ishlash uchun web-kvestlar
yaratish va ularni kursga doir saytda joylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |