Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti TARIX FAKULTETI Fan: Sharq mamlakatlari madaniyati tarixi Bajardi: Shoyzaqov Asilbek
MUSTAQIL ISHI
Eronning madaniy yodigorliklari
Aliqopu saroyi
Aliqopu saroyi – Isfahon dagi me’moriy yodgorlik. Bosh tarzi baland, keng ravoqli saroy ansambli. Saroy asosan 15-asrda qurilgan, Abbos I davrida esa kengaytirilib yanada balandlashtirilgan. An-samblda saroy ahli va sarkardalar uchun qator xonalar, atrofi bog’ bolib, uz. 6 km cha devor bilan o’ralgan. Baland darvoza gumbazli minora orqali saroyga kiriladi. Miyonsaroy bag’ali tilla bortma naqshlar va gullayotgan daraxt tasviri bilan bezatilgan. Miyonsaroydan qabulxonaga o’tiladi. Qabulxona devorlaridagi tokchalarga mahalliy me’morlik an’analari asosida kosamonlar ishlanib, naqshlar bilan bezatilgan. Ustki qismidagi katta bolxona ustunlari nafis bezatilgan. Ba’zi xonalarning ichki devorlarida gulli naqshlar, bolaxonalarida devoriy rasmlar bor. Ularda muhabbat izhor etib turgan yigit va qiz, bog’ ichida dam olayotgan ayol, Isfahon saroylaridagi xursandchilik aks ettirilgan. Olimlarning fikricha, bu rasmlarni yaratgan ustalar orasida musavvir Rizo Abbosiy ham bolgan. Aholi Aliqopu saroyi ni muqaddas deb bilgan.
Chihil Sutun
Chihil sutun - Isfahon shahri dagi saroylardan biri. Shoh Abbos I tomonidan 1590 y.da shaharni qayta qurish davrida bunyod etilgan. Shoh maydon va Chorbog xiyoboni oraligidagi bogning sharq tomondagi eshigidan kiriladi. Asosiy kismlari peshtoq, ayvon, uning yonlaridagi 2 zal va simmetrik tarzda joylashgan arzxonadan iborat. Peshtoq shifti chinor daraxtidan ishlangan bolib, uning yopmasini muqarnas kallakli 20 ustun kotarib turadi. Peshtoq tagida favvorali hovuz tashkil etilgan. Hovuz burchaklaridagi ustunlarning marmar kursilari sher shaklida ishlangan. Shifti nafis naksh bilan bezalgan. Peshtoqning torida shohning taxti uchun tokchasimon ayvon kurilgan. Uning yarim gumbaz tarikasidagi yopmasi muqarnasdan tashkil topgan. Sirkor parchinlarga ega. Ayvonga 2 tomondan 2 zal tutash, ayvon va zallarning orqasida kondalang yonalishdagi 3 gumbazli arzxona joylashgan. Uning devorlari syujetli sirkor suratlar bilan qoplangan. Gumbazlarning sirtlari ham sirkor naqshlar bilan ziynatlangan. Arzxonaning shim. va jan. tomonlarida ham chogroq bolgan peshtoklar mavjud. Saroyning asosiy old va 2 yondagi peshtokdari imoratni atrofdagi muhit bilan bogaab turadi. Ustunlar unga yengillik baxsh etadi. Chihil sutun saroyi qad. Eron davriga mansub bolgan yodgorliklardan.
Imom Rizo ansambli - Mashhad dagi memoriy yodgorliklar majmui. Ansambl eski hovli, Alisher Navoiy ayvoni, yangi hovli, Imom Rizo maqbarasi, Gavharshod begim masjidi, Madrasa, kutubxona, karvonsaroy va boshqalardan iborat. Ansambl 2 marta qayta qurilgan. Markazida shialikning 8-imomi Ali ibn Muso ar-Rizo maqbarasi joylashgan. Maqbarani bezatish uchun katta mablag sarflangan. Maqbara ulugvorligi jihatidan Samarqand va Hirot maqbaralari bilan tenglashadi. 4 hovlidagi katta ayvonlar, Shoh Abbos II ayvoni, Gavharshod begim sharafiga qurilgan masjid joylashgan va u eshik orqali maqbara bilan boglangan. Ansamblning devor va gumbazlari koshinlar, naqshli lavhalar, izorasi marmar va zarhallar bilan qoplangan.
Imom Rizo ansambli
Eron arxeologik tojining marvaridi: mil. avv. VI asrga borib taqaladigan me’moriy majmua o‘zining ulkan zinapoyalari, marmar saroylari va ibodatxonalari bilan mashhur. Shahar ko‘plab istilochilar tomonidan egallangan. Zabt etishlar Aleksandr Makedonskiydan boshlangan bo‘lsa-da, hanuz buyuk Ahamoniylar imperiyasiga oid buqalar, sherlar va boshqa afsonaviy mavjudotlarning timsollari saqlanib qolgan va tashrif buyuruvchilarini hayratga solib kelmoqda. Persepolis 1979 yilda UNESCO madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.
Persepolis
Shoh Chirog‘ so‘zining ma’nosi “Yorug‘ shoh” bo‘lib, bunday nomlanishiga arzirli sabab bor. Tashqaridan qaraganda maqbaraning ichi murakkab dizaynli, oyna bilan qoplangan mozaikadan iborat va u ichki tarafni yorqin qilib ko‘rsatadi. Maqbara XIV asrda malika Tashi Xotun tomonidan Ahmad ibn Muso qabri ustida quriladi. Malika tomonidan me’moriy obidaga oltin suvi yuritilgan o‘ttiz jildlik noyob Qur’on Karim nusxasi hadya qilinadi. Malika qurdirgan binolardan asar ham qolmagan bo‘lsa-da, u tortiq qilgan muqaddas kitob nusxasi saqlanib qolgan. U hozirda Sherozdagi Fors muzeyida saqlanadi.
Shoh Chirog‘ maqbarasi, Sheroz
Eronning qadimiy poytaxti Isfahon XVII asrda qurilgan ko‘priklarining go‘zalligi va nafisligi bilan tashrif buyuruvchilarini hayratlantirib keladi. Uzunligi 137 metr bo‘lgan Xaju ko‘prigi Safaviy podshoh Abbos II davrida qurilgan.Bu Sharqdagi eng qadimgi ko'prik bo'lib, Evropa uchun Ponte Vechio kabi ramziy ma'noga ega. Ko‘prik ayni paytda Zayanderud daryosi suvini boshqarish imkonini beradigan to‘g‘on hamdir.
Xaju Ko’prigi
Ahamoniylar davlatining birinchi poytaxti podshoh Kir tomonidan qurilgan. Forschadan tarjima qilinganda “Fors bog‘lari” ma’nosini beradi. Eroniylar uning me’moriy yechimini Hindistondagi Toj Mahal hamda Ispaniyadagi Al-Hamro majmuasi quruvchilariga ilhom bag‘ishlagan deb hisoblashadi. U 2004 yilda UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan.
Pasargad E’tiboringiz uchun rahmat!!!