Darsni jihozlash: O‟zbekistonning iqtisodiy kartasi, 8-sinf atlasi, kontur karta,
proyektr
Darsda
foydalaniladigan
texnologiya:
Didaktik
o`yin
texnologiyasi
(konferentsiya)
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: sanoat, sanoat tugunlari, sanoat
rayonlari, sanoat punkti, sanoat markazi, ishlab chiqrish korxonalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
II. O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish
O`qituvchi ushbu darsni o`tishdan bir hafta oldin o`quvchilarni 5ta guruhga
ajratadi va ularga tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fanlari sohasida faoliyat
ko`rsatayotgan “olimlar” maqomini beradi.
III.Yangi mavzuni o`rganish: O`quvchilarning guruhi o`qituvchining tavsiyasiga
binoan o`z mutaxassisliklariga tegishli bo`lgan quyidagi mavzulardan biri
bo`yicha ma`ruza tayyorlaydi.
1.Sanoat korxonalari va tarmoqlari .
2.Sanoat ishlab chiqarishni joylashtirish shakllari.
3.Sanoat korxonalarining suv va energiyadan umumiy foydalanishi.
4. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita aloqador korxonalarining ixtisoslashuvi
5.Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo`llari.
Har bir yo`nalish bo`yicha “olimlar” maqomini olgan o`quvchilar o`zlariga
tegishli mavzu bo`yicha ko`rgazmali qurollar asosida qo`shimcha materiallardan
33
foydalangan holda ma`ruza qiladilar. Ma`ruzalar tugagach, o`quvchilar o`rtasida
o`quv bahsi va munozara o`tkaziladi.
Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholash
darslikda berilgan savollar va test topshiriqlari orqali amalga oshiriladi.
IV. Darsni umumiy yakunlash.
V. Uyga vazifa berish.
Geografiya ta`lim jarayonining muvaffaqiyati o`qituvchining ilmiy-metodik
saviyasiga va pedagogik mahoratining yuqori darajada bo`lishi, zamon bilan
hamnafasligi, o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish
ko`nikmalariga bog‟liq bo`ladi. O‟zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasini
o`qitishda, boshqa didaktik o`yinlar bilan bir qatorda o`yin mashqlardan o`z
o`rinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. O`yin mashqlar uchun
televidenie va matbuot orqali berib borilayotgan va o`quvchi yoshlarning eng
qiziq mashg‟ulotiga aylangan o`yinlarni andoza qilib olish mumkin. Bular
jumlasiga “Zakovat”, “Zinama-zina”, “Imkon shou” kabilarni kiritish mumkin.
Mazkur o`yinlarda o`quvchilar avvalo o`z kuchi va bilimlarini sinab ko`radilar
va yana ularning aksariyati shu o`yinlar ishtirokchisi bo`lishni orzu qiladilar.
Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o`qituvchi o`quvchilardagi bu
istak va orzularni amalga oshirish uchun ta`lim jarayonida shunga o`xshash
o`yinlarni o`z vaqtida o`tkazishi o`quvchilarning bilim olishga bo`lgan
qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi.
Quyida didaktik o‟yinlarning ba‟zilarini ko‟rib chiqamiz. “Kim chaqqon”
O‟quvchilarni tez va xatosiz ravishda “K”,”O”, “T” yoki bosh harflari bor
bo‟lgan sanoat tarmoqlarini yozish topshiriladi. Masalan: Kimyo, to‟qimachilik,
ko‟mir, yoqilgi, o‟rmon, binokorlik sanoat turlari va x.k. Belgilangan vaqt ichida
kim ko‟p sanoat turlari nomini yozgan o‟quvchi rag‟batlantiriladi.
“Xatoni tuzat” mashqi. O‟quvchilarga varaqda mavzuga doir qisqa matn
beriladi. Matnda bir nechta xatoliklar bor. O‟quvchi shu xatolarni tuzatishi
lozim. Bunday mashqlar o‟quvchilarni darslikda berilgan mavzularni diqqat
bilan o‟qishga, xotirasida saqlashga o‟rgatadi.
34
“Geografik lug‟at” mashqi. O‟qituvchi doskaga bir harf yozadi.
O‟quvchilar daftarlariga shu harf bilan boshlanuvchi atamalarni, mahsulot,
xom-ashyo, qazilma resurslar nomlarini yozadilar.
“Eslab qol” mashqi. O‟qituvchi 20-30 ob‟ekt nomlarini aytadi. O‟quvchilar
daftarlariga xotirada saqlanib qolgan nomlarni yozadilar.
O‟zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasini o‟qitishda modulli ta‟lim
texnologiyasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Modulli ta`lim
texnologiyasi modullarga asoslanadi. Modul lotincha so`zdan olingan bo`lib,
qism(blok) degan ma`noni bildiradi. Dars jarayonida modulli ta`lim
texnologiyalaridan foydalanishda o‟tilyotgan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli
qismlar, ya`ni modullarga ajratiladi va har bir qismni o`quvchilar mustaqil
o`zlashtirishlari uchun o`quv topshiriqlari tuziladi. Shu o`quv topshiriqlari
asosida, har bir modul yakunida savol-javob o`tkaziladi va xulosa chiqariladi.
Modulli ta`limning asosiy mohiyati, o`quvchilar modul dasturlari yordamida
mustaqil ishlashiga asoslangan o`quv-bilish faoliyati orqali belgilangan
maqsadga erishadilar. O‟rganilayotgan mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy va rivoj-
lantiruvchi maqsadidan kelib chiqadigan modul dasturining didaktik maqsadi,
o`quvchilarning dars davomida bajaradigan o`quv topshiriqlari, topshiriqlarni
bajarish bo`yicha berilgan ko`rsatmalar, modul dasturini yakunlash qismini
o`zida mujassamlashtiradi. O`quvchilar modul dasturi yordamida o`quv
materialini mustaqil va ijodiy o`rganish jarayoni mavzuni o`zlashtirish uchun
belgilangan vaqt doirasida amalga oshirilishiga erishishi lozim. Modul
dasturini
muvaffaqiyatli qo`llashning muhim sharti, unda o`quvchilarning o`quv-bilish
faoliyatining o`quv elementlarini to`g‟ri tanlashdir. Chunki o`quvchilar modul
dasturi bilan ishlaganda, aynan shu o`quv elementlarini bajaradilar. Modul
dasturlari o`qituvchilar tomonidan tuzilib, unda o`qitish maqsadlari, mavzuni
o`rganish bosqichlari, o`quvchilar tomonidan bajariladigan o`quv topshiriqlari,
o`quv faoliyati elementlari, o`quvchilar bilimini nazorat qilish yo`llari ketma-ket
yoziladi. O`qituvchi modul dasturlaridan avval individual tarzdagi modul
dasturlaridan qo`llab, o`quvchilarning o`quv materialarini mustaqil va ijodiy
35
o`zlashtirish ko`nikmalari shakllanganligiga ishonch hosil qilgandan so`ng,
ikkita o`quvchi hamkorlikda ishlashiga mo`ljallangan modul dasturlari, tegishli
pedagogik shart sharoitlar vujudga kelgandan so`ng, kichik guruhlarda ishlashga
mo`ljallangan modul dasturlaridan foydalanishi lozim[20]. Kichik guruhlar
uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashuv mavjud:
1. Musobaqa usuli. O`qituvchi o`quvchilarni teng sonli kichik guruhlarga
ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir modul
yakunida savol-javob, o`quv bahsi musobaqa tarzida o`tkaziladi. Guruhlar
o`rtasida g‟oliblar aniqlanadi. Guruh a`zolari o`z faoliyatini hamkorlarining
fikrini hisobga olgan holda baholaydi.
2. Kichik konsul‟tantlar usuli. O`qituvchi o`quvchilarni teng sonli kichik
guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har
bir guruhga kichik konsul‟tantlar tayinlanadi. Kichik konsul‟tantlar guruh ishini
boshqaradi, o`quvchilarning faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda yordam
uyushtiradi. Har bir modul yakunida savol-javob, o`quv bahsi o`tkaziladi.
O`zaro nazorat orqali o`quvchilar baholanadi.
Hamkorlikda o`qitish g‟oyasi turli mamlakatlardagi jumladan Amerikadagi
J.Xopkins universiteti professori R.Slavin, Minnesot universiteti professorlari
R.Jonson, D.Jonson, Kaliforniya universiteti professori J.Aronson, Izroildagi
Tel‟-Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan.
Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o`qitish asosan
o`quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko`nikma va malakalarni
shakllantirish,Izroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda
o`qitish yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ko`proq o`quvchilar
tomonidan o`quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish,
o`quv bahsi va munozaralar o`tkazishni nazarda tutadi. Mazkur g‟oyalar bir-
birini to`ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi[21].
Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, G‟arbiy
Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Izroil mamlakatlari ta`lim
muassasalarida keng qo`llanila boshlagan. Hamkorlikda o`qitishning asosiy
36
g‟oyasi o`quv topshiriqlarni nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda
o`qishni o`rganishdir. Hamkorlikda o`qitish har bir o`quvchini kundalik qizg‟in
aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o`rgatish, shaxs sifatida ongli
mustaqillikni tarbiyalash, har bir o`quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‟usini
vujudga keltirish, o`z kuchi va qobiliyatiga bo`lgan ishonchni mustahkamlash,
tahsil olishda ma`suliyat hissini shakllantirishni ko`zda tutadi. Hamkorlikda
o`qitish texnologiyasi har bir o`quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh
muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy
mehnat qilishga, o`quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o`quv materialini puxta
o`zlashtirishiga, o`rtoqlariga hamkor bo`lib, o`zaro yordam uyushtirilishiga
zamin tayyorlaydi. Geografiya o`qituvchisi dars jarayonida hamkorlikda o`qitish
metodlaridan foydalanish maqsadida: Qanday mavzularni hamkorlikda o`qitish
metodlaridan foydalanib, o`rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur darslarni
taqvim-rejada belgilashi, tanlangan mavzu bo`yicha o`quvchilarga tavsiya
etiladigan o`quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko`rsatmalarni
tayyorlashi; hamkorlikda o`qitish metodlaridan foydalanib, o`tiladigan dars turi,
dars strukturasi va borishini loyihalashi; o`tgan va yangi mavzular yuzasidan
o`quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak.
Hamkorlikda o`qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud:
Komandada o`qitish metodi. Ushbu metodda o`quvchilar teng sonli ikkita
komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda
a`zolari o`quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o`quvchi mavzudan
ko`zda tutilgan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirishiga e`tiborni
qaratadi. O`quvchilar o`zining dars davomida erishgan natijasi komandaga
foyda keltirishini anglagan holda ma`suliyatni his qilib, ko`proq izlanishga,
bilim, ko`nikma va malakalarni puxta o`zlashtirishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |