Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti «tabiyot fanlari» fakulteti



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/42
Sana07.06.2021
Hajmi1,16 Mb.
#65937
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
ozbekiston sanoati mavzusini oqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishozbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi fani misolida

Darsni  jihozlash:  O‟zbekistonning iqtisodiy  kartasi, 8-sinf  atlasi, kontur  karta, 

proyektr 



Darsda 

foydalaniladigan 

texnologiya

Didaktik 

o`yin 

texnologiyasi 



(konferentsiya) 

Asosiy  tushunchalar  va  tayanch  bilimlar:  sanoat,  sanoat  tugunlari,  sanoat 

rayonlari, sanoat punkti, sanoat markazi, ishlab chiqrish korxonalari. 

Darsning borishi: 

I. Tashkiliy qism 

II. O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish 

O`qituvchi  ushbu  darsni  o`tishdan  bir  hafta  oldin  o`quvchilarni  5ta  guruhga 

ajratadi  va  ularga  tabiiy,  iqtisodiy-ijtimoiy  geografiya  fanlari  sohasida  faoliyat 

ko`rsatayotgan “olimlar” maqomini beradi.  

III.Yangi mavzuni o`rganish: O`quvchilarning guruhi o`qituvchining tavsiyasiga 

binoan  o`z  mutaxassisliklariga  tegishli  bo`lgan  quyidagi  mavzulardan  biri 

bo`yicha ma`ruza tayyorlaydi. 

1.Sanoat korxonalari va tarmoqlari . 

2.Sanoat ishlab chiqarishni joylashtirish shakllari. 

3.Sanoat korxonalarining suv va energiyadan umumiy foydalanishi. 

4. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita aloqador korxonalarining ixtisoslashuvi 

5.Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo`llari. 

Har  bir  yo`nalish  bo`yicha  “olimlar”  maqomini  olgan  o`quvchilar  o`zlariga 

tegishli mavzu bo`yicha ko`rgazmali qurollar asosida qo`shimcha materiallardan 



33 

 

foydalangan holda ma`ruza qiladilar. Ma`ruzalar tugagach, o`quvchilar o`rtasida 



o`quv bahsi va munozara o`tkaziladi. 

Yangi  mavzu  bo`yicha  o`quvchilarning  bilimini  nazorat  qilish  va  baholash 

darslikda berilgan savollar va test topshiriqlari orqali amalga oshiriladi.  

IV. Darsni umumiy yakunlash. 

V. Uyga vazifa berish. 

Geografiya  ta`lim  jarayonining  muvaffaqiyati  o`qituvchining  ilmiy-metodik 

saviyasiga  va  pedagogik  mahoratining  yuqori  darajada  bo`lishi,  zamon  bilan 

hamnafasligi,  o`quvchilarning  bilish  faoliyatini  faollashtirish  va  boshqarish 

ko`nikmalariga  bog‟liq  bo`ladi.  O‟zbekiston  iqtisodiy-ijtimoiy  geografiyasini 

o`qitishda,  boshqa  didaktik  o`yinlar  bilan  bir  qatorda  o`yin  mashqlardan  o`z 

o`rinda  va  samarali  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  O`yin  mashqlar  uchun 

televidenie  va  matbuot  orqali  berib  borilayotgan  va  o`quvchi  yoshlarning  eng 

qiziq  mashg‟ulotiga  aylangan  o`yinlarni  andoza  qilib  olish  mumkin.  Bular 

jumlasiga “Zakovat”,  “Zinama-zina”, “Imkon shou”  kabilarni kiritish mumkin. 

Mazkur  o`yinlarda  o`quvchilar  avvalo  o`z  kuchi  va  bilimlarini  sinab  ko`radilar 

va yana ularning aksariyati shu o`yinlar ishtirokchisi bo`lishni orzu qiladilar. 

Zamon  bilan  hamnafas  ishlayotgan  har  bir  o`qituvchi  o`quvchilardagi  bu 

istak  va  orzularni  amalga  oshirish  uchun  ta`lim  jarayonida  shunga  o`xshash 

o`yinlarni  o`z  vaqtida  o`tkazishi  o`quvchilarning  bilim  olishga  bo`lgan 

qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi. 

Quyida  didaktik  o‟yinlarning  ba‟zilarini  ko‟rib  chiqamiz.  “Kim  chaqqon” 

O‟quvchilarni  tez  va  xatosiz  ravishda    “K”,”O”,  “T”  yoki  bosh  harflari  bor 

bo‟lgan sanoat tarmoqlarini yozish topshiriladi. Masalan: Kimyo, to‟qimachilik, 

ko‟mir, yoqilgi, o‟rmon, binokorlik sanoat turlari va x.k. Belgilangan vaqt ichida 

kim ko‟p sanoat turlari nomini yozgan o‟quvchi rag‟batlantiriladi. 

Xatoni  tuzat”  mashqi.  O‟quvchilarga  varaqda  mavzuga  doir  qisqa  matn 

beriladi.  Matnda  bir  nechta  xatoliklar  bor.  O‟quvchi  shu  xatolarni  tuzatishi 

lozim.  Bunday  mashqlar  o‟quvchilarni  darslikda  berilgan    mavzularni  diqqat 

bilan o‟qishga, xotirasida saqlashga o‟rgatadi. 



34 

 

Geografik  lug‟at”  mashqi.  O‟qituvchi  doskaga  bir    harf    yozadi. 



O‟quvchilar  daftarlariga  shu  harf    bilan    boshlanuvchi  atamalarni,  mahsulot, 

xom-ashyo, qazilma resurslar nomlarini yozadilar. 

Eslab qol” mashqi. O‟qituvchi 20-30 ob‟ekt nomlarini  aytadi. O‟quvchilar 

daftarlariga xotirada saqlanib qolgan nomlarni yozadilar. 

O‟zbekiston  iqtisodiy-ijtimoiy  geografiyasini  o‟qitishda  modulli  ta‟lim 

texnologiyasidan  foydalanish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.    Modulli  ta`lim 

texnologiyasi  modullarga  asoslanadi.  Modul  lotincha  so`zdan  olingan  bo`lib, 

qism(blok)  degan  ma`noni  bildiradi.  Dars  jarayonida  modulli  ta`lim 

texnologiyalaridan foydalanishda  o‟tilyotgan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli 

qismlar,  ya`ni  modullarga  ajratiladi  va  har  bir  qismni  o`quvchilar  mustaqil 

o`zlashtirishlari  uchun  o`quv  topshiriqlari  tuziladi.  Shu  o`quv  topshiriqlari 

asosida, har bir modul yakunida savol-javob o`tkaziladi va xulosa chiqariladi. 

   Modulli  ta`limning  asosiy  mohiyati, o`quvchilar  modul  dasturlari    yordamida 

mustaqil  ishlashiga  asoslangan  o`quv-bilish  faoliyati  orqali  belgilangan 

maqsadga erishadilar. O‟rganilayotgan mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy va rivoj-

lantiruvchi  maqsadidan  kelib  chiqadigan  modul  dasturining  didaktik  maqsadi, 

o`quvchilarning  dars  davomida  bajaradigan  o`quv  topshiriqlari,  topshiriqlarni 

bajarish  bo`yicha  berilgan  ko`rsatmalar,  modul  dasturini  yakunlash  qismini 

o`zida  mujassamlashtiradi.  O`quvchilar  modul  dasturi  yordamida  o`quv 

materialini  mustaqil  va  ijodiy  o`rganish  jarayoni    mavzuni  o`zlashtirish  uchun 

belgilangan vaqt doirasida amalga oshirilishiga erishishi lozim. Modul

 

dasturini 



muvaffaqiyatli  qo`llashning  muhim  sharti,  unda  o`quvchilarning  o`quv-bilish 

faoliyatining  o`quv  elementlarini  to`g‟ri  tanlashdir.  Chunki  o`quvchilar  modul 

dasturi  bilan  ishlaganda,  aynan  shu  o`quv  elementlarini  bajaradilar.  Modul 

dasturlari  o`qituvchilar  tomonidan  tuzilib,  unda  o`qitish  maqsadlari,  mavzuni 

o`rganish  bosqichlari,  o`quvchilar  tomonidan  bajariladigan  o`quv  topshiriqlari, 

o`quv faoliyati elementlari, o`quvchilar bilimini nazorat qilish yo`llari ketma-ket 

yoziladi.  O`qituvchi  modul  dasturlaridan  avval  individual  tarzdagi  modul 

dasturlaridan  qo`llab,  o`quvchilarning  o`quv  materialarini  mustaqil  va  ijodiy 




35 

 

o`zlashtirish  ko`nikmalari  shakllanganligiga  ishonch  hosil  qilgandan  so`ng, 



ikkita  o`quvchi  hamkorlikda  ishlashiga  mo`ljallangan  modul  dasturlari, tegishli 

pedagogik shart sharoitlar vujudga kelgandan so`ng, kichik guruhlarda ishlashga 

mo`ljallangan  modul  dasturlaridan  foydalanishi  lozim[20].  Kichik  guruhlar 

uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashuv mavjud: 

1.  Musobaqa  usuli.  O`qituvchi  o`quvchilarni  teng  sonli  kichik  guruhlarga 

ajratib,  modul  dasturi  vositasida  mustaqil  ishlarni  tashkil  etadi.  Har  bir  modul 

yakunida  savol-javob,  o`quv  bahsi  musobaqa  tarzida  o`tkaziladi.  Guruhlar 

o`rtasida  g‟oliblar  aniqlanadi.  Guruh  a`zolari  o`z  faoliyatini  hamkorlarining 

fikrini hisobga olgan holda baholaydi. 

2.  Kichik  konsul‟tantlar  usuli.  O`qituvchi  o`quvchilarni  teng  sonli  kichik 

guruhlarga  ajratib,  modul  dasturi  vositasida  mustaqil  ishlarni  tashkil  etadi.  Har 

bir guruhga kichik konsul‟tantlar tayinlanadi. Kichik konsul‟tantlar guruh ishini 

boshqaradi,  o`quvchilarning  faoliyatini  nazorat  qiladi,  tegishli  hollarda  yordam 

uyushtiradi.  Har  bir  modul  yakunida  savol-javob,  o`quv  bahsi  o`tkaziladi. 

O`zaro nazorat orqali o`quvchilar baholanadi. 

Hamkorlikda o`qitish g‟oyasi turli mamlakatlardagi jumladan  Amerikadagi 

J.Xopkins  universiteti  professori  R.Slavin,  Minnesot  universiteti  professorlari 

R.Jonson,  D.Jonson,  Kaliforniya  universiteti  professori  J.Aronson,  Izroildagi 

Tel‟-Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. 

Amerika  olimlari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  hamkorlikda  o`qitish  asosan 

o`quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko`nikma va malakalarni 

shakllantirish,Izroil va  Evropa olimlari tomonidan tavsiya  etilgan   hamkorlikda 

o`qitish  yuqorida  qayd  etilganlar  bilan  bir  qatorda,  ko`proq  o`quvchilar 

tomonidan  o`quv  materialini  qayta  ishlash,  loyihalash  faoliyatini  rivojlantirish, 

o`quv  bahsi  va  munozaralar  o`tkazishni  nazarda  tutadi.  Mazkur  g‟oyalar  bir-

birini to`ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi[21]. 

Hamkorlikda  o`qitish  texnologiyasi  Buyuk  Britaniya,  Kanada,  G‟arbiy 

Germaniya,  Avstraliya,  Niderlandiya,  Yaponiya,  Izroil  mamlakatlari  ta`lim 

muassasalarida  keng  qo`llanila  boshlagan.  Hamkorlikda  o`qitishning  asosiy 



36 

 

g‟oyasi  o`quv  topshiriqlarni  nafaqat  birgalikda  bajarish,  balki  hamkorlikda 



o`qishni o`rganishdir. Hamkorlikda o`qitish har bir o`quvchini kundalik qizg‟in 

aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o`rgatish, shaxs sifatida ongli 

mustaqillikni  tarbiyalash,  har  bir  o`quvchida  shaxsiy  qadr-qimmat  tuyg‟usini 

vujudga  keltirish,  o`z  kuchi  va  qobiliyatiga  bo`lgan  ishonchni  mustahkamlash, 

tahsil  olishda  ma`suliyat  hissini  shakllantirishni  ko`zda  tutadi.  Hamkorlikda 

o`qitish texnologiyasi har bir o`quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh 

muvaffaqiyatiga  olib  kelishini  anglagan  holda  muntazam  va  sidqidildan  aqliy 

mehnat qilishga, o`quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o`quv materialini puxta 

o`zlashtirishiga,  o`rtoqlariga  hamkor  bo`lib,  o`zaro  yordam  uyushtirilishiga 

zamin tayyorlaydi. Geografiya o`qituvchisi dars jarayonida hamkorlikda o`qitish 

metodlaridan  foydalanish  maqsadida:  Qanday  mavzularni  hamkorlikda  o`qitish 

metodlaridan foydalanib, o`rganish mumkinligini  aniqlashi va mazkur darslarni 

taqvim-rejada  belgilashi,  tanlangan  mavzu  bo`yicha  o`quvchilarga  tavsiya 

etiladigan  o`quv  topshiriqlari  va  ularni  bajarish  yuzasidan  ko`rsatmalarni 

tayyorlashi; hamkorlikda o`qitish metodlaridan foydalanib, o`tiladigan dars turi, 

dars  strukturasi  va  borishini  loyihalashi;  o`tgan  va  yangi  mavzular  yuzasidan 

o`quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak. 

Hamkorlikda o`qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud: 

Komandada  o`qitish  metodi.  Ushbu  metodda  o`quvchilar  teng  sonli  ikkita 

komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda 

a`zolari  o`quv  topshiriqlarini  hamkorlikda  bajarib,  har  bir  o`quvchi  mavzudan 

ko`zda  tutilgan  bilim,  ko`nikma  va  malakalarni    o`zlashtirishiga  e`tiborni 

qaratadi.  O`quvchilar  o`zining  dars  davomida  erishgan  natijasi  komandaga 

foyda  keltirishini    anglagan  holda  ma`suliyatni  his  qilib,  ko`proq  izlanishga, 

bilim, ko`nikma va malakalarni puxta o`zlashtirishga intiladi.    


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish