Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

-
 
Shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish;
-
 
Shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish; 
-
 
ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni ommaviy 
yoki xususiy tartibda ado etish; 
-
 
o‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish.
Bundan tashqari, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 19-
moddasida ham vijdon erkinligiga ayni shu mazmunda izoh berilgan.


120 
Shu o‘rinda bir masalaga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Vijdon erkinligi 
shaxsning o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirish huquqini kafolatlashi aniq. Lekin bunday 
o‘zgartirish boshqa shaxsning ta’sirida bo‘lmasligi shart. Aks holda, bu 
qonunchiligimizda taqiqlangan missionerlikning bir ko‘rinishiga aylanib qolishi 
mumkin.
Mustaqillik, yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi, davlat va 
din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o‘rtasidagi munosabatlar sohasini ham 
o‘z ichiga oldi. Binobarin, O‘zbekiston Rеspublikasi qonunchiligida asrlar osha haror 
topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan. 1992 yilda qabul 
qilingan O‘zbekiston Rеspublikasining Konstitutsiyasining 31-moddasida har bir fuqaro 
uchun vijdon erkinligi huquqi kafolatlanadi. 
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, kеyingi yillarda davlat bilan diniy 
tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. 
Dinning jamiyatdagi o‘rni yanada tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning 
faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy 
tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning 
halqaro aloqalari kun sayin kеngayib bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida
vijdon erkinligining konstitutsion ta'minlanishi 
fuqarolarda din va diniy qadriyatlarga nisbatan adolatli va xolisona munosabatni 
belgilash imkoniyatini yaratdi. 
Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun 
Respublikamiz Konstitutsiyasi tamoyillariga asoslanib, vijdon erkinligini amalga 
oshirishning oqilona demokratik yechimini topdi. Qonun fuqarolarning har qanday 
dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan 
huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta'minlamoqda. 
Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday 
dinga e'tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi inson huquqlari masalasining eng 
muhim kirralaridan biridir. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqlari Deklaratsiyasi»da bu masalaga alohida 
e'tibor berilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 18-moddasida bunday deb yozib qo‘yilgan: 
«Har bir inson vijdon va din erkinligi huquqiga egadir». 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro 
me'yorlarni tan olgan va mazkur masala xususida xalqaro xamjamiyat qabul qilgan 
xujjatlarga qo‘shilgan. Shuning uchun ham davlatimizning Аsosiy Qonuni- 
Konstitutsiyamizning 31-moddasida quyidagi satrlar bitilgan: «Hamma uchun vijdon 
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hoxlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qaysi 
dinga e'tiqod qilmaslik huqukiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi». 
Demak, bir kishi boshqasiga, sen u dinga, sen bu dinga e'tiqod qilasan yoki sening 
biror dinga e'tiqod qilishga haqqing yo‘q, sen bedinsan, deb ayta olmaydi va u yoki bu 
aqidaga bo‘ysunishga majbur eta olmaydi. Dindor kishini ikkinchi shaxs, «Diniy 
e'tiqodingizdan qayting», deb majbur qila olmaydi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik, 
dindor yoki daxriy (dinsiz) bo‘lish har kimning shaxsiy ishidir. 
Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i 
nazar, ularning teng huquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, dinga e'tiqod 


121 
qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyatning yo‘qligi, diniy tashkilotlar 
(masjid, cherkov, sinagoga va h.k.) uchun majburiy yig‘imlar to‘plashning 
ta'qiqlanganligi, diniy e'tiqod tufayli o‘zaro adovat va nafrat ko‘zg‘atishning 
taqiqlanishi kabi masalalar ham tushuniladi.
Аyni paytda, shu narsani alohida ta'kidlash zarurki, dinga e'tiqod qilish erkinligi 
faqat milliy xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi
ahloqi, huquqi va erkinligini ta'minlash uchun zaruriyat tug‘ilgandagina cheklanishi 
mumkin. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, vijdon erkinligi shaxsning konstitutsiyaviy tabiiy 
huquqi bo‘lib, davlat bu erkinlikni huquqiy kafolatlash va amalda ta’minlash tadbirlarini 
ro‘yobga chiqarish bilan bir qatorda, uni poymol etishga nisbatan har qanday tahdidning 
oldini olishga ham intiladi. Qonun ustuvorligi eng oliy mezon bo‘lgan fuqarolik 
jamiyatining har bir a’zosi ushbu qonuniy talabga to‘g‘ri munosabatda bo‘lib, uning 
hayotga tatbiq etilishiga hissa qo‘shishi lozim. Chunki eng muhim konstitutsiyaviy 
huquqlardan bo‘lgan vijdon erkinligi huquqining amalda ro‘yobga chiqarilishi fuqarolik 
jamiyatining 
ma’naviy-madaniy 
rivojlanganlik 
darajasining 
ham 
muhim 
ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. 
Binobarin, vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismi hamdir. 
Vijdon erkinligining kafotlatlari nimalardan iborat? 
Bu kafolatlar ko‘p qirralidir. Ular O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida ta'riflab berilgan. Bular: 
- avvalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi; 
- barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi; 
- maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi; 
- ta'lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligi; 
- dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan muayyan 
sharoitlarning yaratib berilganligi. 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni. 1991 yilda, milliy mustaqillikka erishish arafasidayoq, O‘zbekistonda davlat va 
jamiyat hayotini demokratiyalash jarayoni boshlandi. Bu jarayon ayni paytda, kun 
tartibiga din, diniy tashkilotlar va dindorlarga ham munosabatni o‘zgartirish masalasini 
qo‘ydi. 
Bu masalalarda Respublikamizda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Biroq, 
dindan o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinish, dinni yagona xukmron 
mafkuraga aylantirishga harakat qiluvchilar ham yo‘q emas edi. Аna shunday sharoitda 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonun qabul qilish hayotiy zaruratga 
aylandi. Bu qonun mutlaqo yangi sharoitda dinning, diniy tashkilotlarning jamiyatdagi 
o‘rnini, davlat va din munosabati tamoyillarini belgilab berishi lozim edi.
1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ana shunday qonunni 
qabul qildi. 
1998 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida 
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 23 moddadan iborat 
yangi tahriri qabul qilindi. Qonunning 3-moddasi «Vijdon erkinligi huquqi» deb 
nomlangan. Bu moddada quyidagi qoidalar yozilgan: 


122 
«Fuqaro o‘zining dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod etmaslikka, ibodat 
qilishda diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka 
nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l 
qo‘yilmaydi». Bu ayni vaqtida belgilangan hayotiy qoidadir. 
Bu qoidani buzganlik uchun fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra, eng kam ish haqining 75 barobaridan 100
barobariga miqdorda jarima solish yoki 6 oygacha qamoq, yoxud 3 yildan 5 yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonunning 4-moddasi «Fuqarolarning dinga munosabatidan qat'iy nazar teng 
huquqliligi» deb nomlangan. 
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat'i nazar, 
qonun oldida tengdirlar. 
Qonun talabiga ko‘ra, rasmiy hujjatlarda (masalan, fuqaro pasportida) fuqaroning 
dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga 
qarab huquqlari cheklanmaydi yoki ularga hech qanday imtiyozlar berilmaydi. 
Shuningdek, bir-biriga nisbatan dushmanlik va adovat ko‘zg‘atish, diniy yoki daxriylik 
xis-tuyg‘ulari uchun haqoratlash ta'qiqlanadi. Bundan tashqari, mazkur moddada hech 
kim diniy e'tiqodini ro‘kach qilib qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bosh 
tortishi mumkin emasligi ham qayd etilgan. 
Qonunning «Ta'lim tizimi va din» deb atalgan 7-moddasida quyidagilar yozib 
quyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan. Ta'lim tizimining 
o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi». 
Bu qoidani quyidagicha tushunish kerak: 
Respublikamizda davlat o‘quv yurtlarida diniy ta'lim berilmaydi, ya'ni 
maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga 
din dars sifatida kiritilmaydi. Chunki, bu o‘quv yurtlari dunyoviy bilimlar beruvchi 
maskanlardir. 
Lekin, fuqarolar mutlaqo diniy ta'lim olish huquqiga ega emas, degan ma'no kelib 
chiqmaydi. O‘zbekiston fuqarolari diniy ta'lim olishlari mumkin. Biroq, bunda albatta, 
qonunda belgilangan tartibga amal qilish shart. Xo‘sh, bu qonunning tartiblari 
nimalardan iborat? 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra voyaga 
yetmagan bolalarni ularning ota-oanlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar 
roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy bilim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta'lim olish uchun fuqarolarga umumiy 
majburiy o‘rta ta'limdan keyin ruxsat etiladi. Bu diniy o‘quv yurtlari albatta davlat 
ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim. Diniy o‘quv yurtlarida ta'lim beruvchilar albatta, 
diniy ta'lim olgan bo‘lishlari hamda diniy ta'lim berishga qonunda belgilangan tartibda 
ruxsat olgan bo‘lishlari lozim. Bu belgilangan qoidalardan boshqa shakllarda diniy 
ta'lim berish qonun yo‘li bilan man etiladi.
Belgilangan tartiblarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishgacha 
olib keladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 145-moddasiga 
ko‘ra voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, ularni 
ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda diniy 
bilim berganlar eng kam ish haqining 50 barobaridan 75 barobarigacha miqdorda jarima 


123 
solinishiga yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari, yohud 3 yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Istiqlol yillarida din sohasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda turli 
dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e'tiqodini 
amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo 
hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an'analarni 
rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1995 yilning oktyabr oyida 
Toshkent shahrida “Bir samo ostida” shiori ostida xalqaro musulmon-xristian 
konferentsiyasi o‘tkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus pravoslav cherkovi Toshkent 
va Markaziy Osiyo yeparxiyasining 125 yilligi tantanalari o‘tkazilishi fikrimizning 
isbotidir. 
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 16 konfessiyaga (Islom, 
Rus pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi, Аrman-
apostol cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Yevangelь-xristian baptistlar cherkovi, 
Novoapostol cherkovi, Yettinchi kun adventistlari, “Golos bojiy”, Iegovo shohidlari, 
Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, 
Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman faoliyat olib boradi. Jumladan, 
2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim 
yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot, jumladan, Pravoslav va 
Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Dunyoviy davlat tushunchasi. Dunyoviy davlat – bu, din davlatdan ajratilgan 
davlat. Binobarin, din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi. Аyni paytda, 
davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni 
yuklamaydi. Ularning davlat qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, o‘z fuqarolari uchun vijdon erkinligini e'lon qiladigan 
davlat. Bunday davlatning fuqarolari dinga munosabatidan qat'i nazar qonun oldida teng 
bo‘ladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab, ular 
huquqlarining biron bir tarzda cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, har bir 
fuqaroga diniy e'tiqodini ro‘kach qilib, davlat qonunida unga nisbatan belgilab 
qo‘yilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy 
tashkilotlarning qonun oldida tengligini e'lon qilgan va uni amalda ham ta'minlaydigan 
davlatdir. 
Dunyoviy davlat dinning davtlatga, amaldagi qonunlariga qarshi targ‘ibotiga yo‘l 
qo‘ymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsizliklarning yuzaga kelishiga ruxsat 
bermaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, o‘z ta'lim tizimini dindan ajratgan, o‘quv dasturlari diniy 
fanlardan holi bo‘lgan hamda ta'lim mazmuniga din singdirilmaydigan davlatdir. 
Аyni paytda, dunyoviy davlat – o‘z fuqarolariga qonunlarda belgilangan tartibda 
diniy ta'lim olishni ham kafotlatlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlatda diniy 
tashkilotlarning faoliyati davlat hisobidan mablag‘ bilan ta'minlaydi. 
Shuni alohida ta'kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsa-da, 
jamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin, davlat Konstitutsiyasida va qonunlari asosida uning 
amal qilish tartiblari belgilab beriladi.


124 
O‘zbekistonda davlat va din munosabati. O‘zbekiston – dunyoviy davlat. Demak, 
dunyoviy davlatda amal qiladigan davlat va din munosabati tamoyillari O‘zbekistonda 
ham amal qiladi. 
Аyni paytda, Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida o‘ziga xos 
jihatlar ham mavjud. 
O‘zbekistonda ma'naviy hayotning asosini fan yoki din, falsafa yoki ilohiyot 
tashkil etadimi, degan muammo bugungi kunda ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga 
molik. Bu muammoni to‘g‘ri hal etish O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyoti uchun 
favqulodda muhimdir. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining umumiy ruhi va respublika rahbariyatining 
fikrlariga ko‘ra ma'naviyatning asosi fan bo‘lib qolishi kerak. Dinga esa jamiyatning 
ma'naviy-ahloqiy jihatdan poklanishining bir vositasi sifatida qarash to‘g‘ri bo‘ladi. 
Shunday qilinganda, birinchidan, vijdon erkinligi to‘g‘risidagi Konstitutsion 
Qonun amalga oshishi uchun kafolat yuzaga keladi; 
Ikkinchidan, bir dinning boshqa din, bir e'tiqodning boshqa e'tiqodga nisbatan 
imtiyozli bo‘lishining oldi olinadi; 
Uchinchidan, din ma'naviy madaniyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi; 
To‘rtinchidan, biron-bir dinning siyosiylashmay, sofligi saqlanadi; 
Beshinchidan, yoshlarning dindorlikni diniy mutaassiblikdan farqlashga aqllari 
yetadiki, bu o‘z-o‘zidan diniy partiyalar tuzish behuda, zararli ish ekanligini ayon 
qiladi. 
O‘zbekiston davlati o‘z fuqarolarining diniy e'tiqodlarini hurmat qiladi. Аyni 
paytda, dindorlar va diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlarida belgilab qo‘yilgan quyidagi talablarga ham rioya etishi lozim: 
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish; 
- dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borish, millatlararo 
adovat uyg‘otish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida foydalanmaslik; 
- diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi; 
- diniy o‘quv yurtlarida diniy fanlarni o‘qitayotgan shaxslarning diniy ta'lim 
olgan bo‘lishlari va diniy tashkilot rahbariyati ruxsati bilangina o‘qitish ishlarini olib 
borishlari; 
- dindorlardan majburiy pul yig‘imi yig‘maslik va to‘lovlar undirmaslik; 
- taqiqlangan g‘oyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video mahsulotlarni 
tarqatmaslik va ishlab chiqarmaslik. 
O‘zbekiston davlatida yana quyidagilar man etilgan: 
- diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakatlarni tuzish. Bu haqda 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida aniq ifoda qilingan. 
Аyni paytda, Respublikamizda chet davlatlarda tuzilgan diniy partiyalarning 
bo‘limlari tuzilishi ham ta'qiqlanadi: 
- terrorchilik, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, 
shuningdek, boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, 
sektalarning faoliyat ko‘rsatishi; 
- dindorlar va diniy tashkilotlarning davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga 
tazyiq o‘tkazishi; 
- yashirin diniy faoliyat bilan shug‘ullanish; 


125 
- davlat ro‘yxatidan o‘tmagan diniy tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi; 
- diniy tashkilotlar xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga 
nomzodining ro‘yxati olinishi; 
- diniy tashkilotlar xizmatchilarining xokimiyat vakillik organlari deputatligiga 
nomzod etib ro‘yxatga olinishi. 
Qonunning yuqorida qayd etilgan qoidalariga amal qilmagan fuqarolar jinoiy 
javobgarlikka tortiladilar. Diniy tashkilotlar faoliyati esa tugatiladi. 
Davlat va diniy tashkilotlar qonunga og‘ishmay amal qilsalar, jamiyatda siyosiy 
barqarorlik mustahkam bo‘ladi va fuqarolar totuvliligi to‘la qaror topadi. 
Konstitutsiyadan: 
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega 
bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy 
mavqeidan qat'i nazar qonun oldida tengdirlar»
(18-modda)
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga 
e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni 
majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». 
(31-modda)
«Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, 
respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy 
huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy 
adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, 
shuningdek xarbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy 
partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta'qiqlanadi». 
(57-modda)
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonundan: 
3-modda. Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki 
hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan Konstitutsiyaviy huquqidir. 
Fuqaro o‘zining dinga, e'tiqod qilishga yoki e'tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, 
diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta'lim 
olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning 
ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda 
dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Dinga e'tiqod qilish yoki o‘zga e'tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat 
tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinliklarini 
ta'minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin. 
5-modda. O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga 
yoki diniy e'tiqodga boshqalarga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar 
belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar, har 
xil e'tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va xurmat 
o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga 


126 
munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar 
o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi. 
Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan hatti-harakatlar 
(prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.
1998 yilda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi 
qonuning 5-moddasiga ko‘ra: «Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va 
totuvlikni qo‘llab quvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga 
qaratilgan hatti-xarakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa xar qanday missionerlik 
faoliyati man etiladi» deb belgilab qo‘yilgan. 
Inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlarida diniy 
tashkilotlarning muhim o‘rni bor. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarda sub’ekt 
sifatida bir tomondan e’tiqod qiluvchilar, ya’ni fuqarolar, ikkinchi tomondan davlat va 
uchinchi tomondan diniy tashkilotlar qatnashadi.
O‘zbekiston dunyoviy xarakterdagi davlat va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan 
bo‘lishiga qaramay, ularni jamiyatdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababli 
davlat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatini qo‘llab quvvatlaydi, jamiyatning 
ma’naviy qadriyatlarini tiklanishi va rivojlanishida diniy tashkilotlar ko‘magiga 
tayanadi, ya’ni O‘zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo‘lsada, jamiyatning ajralmas 
bo‘lagi hisoblanadi. 
Bugungi kunda din bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi 
fuqarolar va davlatning o‘rni va ahamiyati birmuncha oydin bo‘lsa-da, diniy tashkilotlar 
haqida, ularning maqomi va vazifalari, faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish vijdon 
erkinligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarning yanada ortishiga xizmat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi 
Qonunining 8-moddasi diniy tashkilotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda aytilishicha, 
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va 
marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy 
jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, Cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va 
boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi».
Diniy tashkilotga berilgan bu kabi ta’rif boshqa davlatlar qonunchiligida ham 
uchraydi. Jumladan, Armaniston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida «Diniy tashkilot – bu fuqarolarning dinga e’tiqod 
qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan 
ko‘ngilli birlashmalari (Cherkovlar, diniy jamiyatlar, eparxiyalar, monastirlar, diniy 
kongregatsiyalar, diniy o‘quv yurtlari, nashriyotlar) dir» deya ta’rif berilgan. 
Rossiya Federatsiyasining «Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risida»gi 
federal Qonunining 8-moddasi 1-bandida: «Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, Rossiya 
Federatsiyasi hududida doimiy va qonuniy asoslarda istiqomat qiladigan boshqa 
shaxslarning dinga birgalikda e’tiqod qilish va tarqatish maqsadlarida tuzilgan va 
yuridik shaxs sifatida qonun bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan ko‘ngilli 
birlashmalari», diniy tashkilot deb e’tirof etiladi.
Demak, diniy tashkilot tushunchasiga berilgan ta’riflar o‘rtasida mushtarak jihatlar 
mavjud. Umuman olib qaraganda diniy tashkilot inson va fuqarolarning vijdon erkinligi 


127 
huquqini amalga oshirishlariga ko‘maklashuvchi notijorat ko‘ngilli tashkilot 
hisoblanadi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritadigan barcha diniy tashkilotlar O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va 
diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga va amaldagi boshqa 
qonunchilik hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi. 
O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi 
yangi tahrirdagi qonuniga asosan diniy tashkilotlar faoliyati fuqarolarning 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish