Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

«Dinshunoslik» fanining vazifasi – 
talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning 
ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning 
davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi 
tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga: 

dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish;

ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida ma’lumot berish; 

dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda 
tutgan mavqei haqida tushuncha berish; 

jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini 
yoritish; 

dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish; 

diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish 
va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; 

O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, 
xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida keng 
tasavvur hosil qilish. 
«
Dinshunoslik
»
 fanining amaliy ahamiyati 
shunda ham ko‘rinadiki, u
 
talabalarda 
barcha dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash madaniyatini 
tarbiyalaydi. 
Dinshunoslikning tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, arxeologiya va boshqa 
ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bog‘liqligi uning nazariyasini boyitishga xizmat qiladi. 
Dinshunoslikning qator fanlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishi natijasida 
uning turli sohalari yuzaga keldi. Ulardan asosiylarini quyida keltirib o‘tamiz. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘tgan yillar davomida ijtimoiy tuzum, 
siyosiy o‘zgarishlar kishilar ma'naviyatida o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Sovet 
totalitar tuzumi yemirilgandan keyin inson ma'naviy kamolotining omillaridan biri 
bo‘lgan din mamlakatimiz hayotida o‘ziga xos munosib o‘rinni zgalladi. Ko‘pgina 
millat, turli diniy konfessiya vakillari tinch-totuv yashayotgan O‘zbekistondagi barcha 
dinlarning tengligini ta'minlash, fuqarolarning e'tiqodiga hurmat bilan qarash, 
mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy 
taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirishning muhim shartlaridandir. 


10 
Ma'naviy 
taraqqiyot 
imkoniyatlarini 
kengaytirish, 
rivojlantirishda 
esa 
dinshunoslik fanining tutgan o‘rni benihoyadir. Hozirgi kunda Oliy o‘quv yurtlarida 
o‘qitilayotgan «Dinshunoslik» fanining vazifasi oliygoh talabalariga shu sohada chuqur 
bilim berish orqali fan doirasiga kirgan masalalarni tahlil qilishda ilmiylik va ob'ektivlik 
uslubini qo‘llab, ularda diniy qarashlar taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan 
jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy- falsafiy dunyoqarashga 
asoslangan imon va e'tiqodni shakllantirishdan iborat. 
Dunyoviy demokratik va huquqiy jamiyat qurish yo‘lidan borayotgan jamiyatda 
diniy e'tiqodning tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilay bilish va uni to‘g‘ri idrok etishda 
mazkur fanning ahamiyati kattadir. Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo 
bo‘lgan din xalqlar hayoti bilan bog‘liq holda rivojlangan, moslashgan, asta-sekin diniy 
tuzimni vujudga keltirgan. Natijada, ma'lum ijtimoiy-siyosiy va madaniy-axloqiy 
vazifalarni bajarishni o‘z zimmasiga olgan. Bunday funksiyalar jamiyat taraqqiyotining 
dastlabki bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Dinshunoslik fani insonshunoslik fani sifatida dinning ming yillar davomida 
ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rniga, ahamiyatiga xolis baho beradiki, bu ayiiqsa dinning 
mohiyatini, jamiyatda, tarixda, ma'naviy madaniyatda tutgan o‘rniga oid ishlangan 
mavzularda o‘z aksini topdi. 
Din inson tarbiyasiga adolat va insonparvarlik omillari ustuvor bo‘lishiga imkon 
beradigan ma'naviy e'tiqoddir. Hozirgi murakkab va mas'uliyatli mustaqillik davrida 
turli dinlarga e'tiqod qiluvchi kishilarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, xalqlarni diniy 
ziddiyatlar girdobiga tortish, xokimiyat uchun kurash maqsadida dindan foydalanish 
adolatsizliklarga, nohaq qon to‘kishga olib keladi.
«Dinshunoslik» fani dinning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, bir shakldan 
ikkinchi shaklga o‘tishini o‘rganuvchi fandir. Shuningdek, dunyoviy davlat qurish 
yo‘lidan izchillik bilan borib, demokratiya va qonun ustuvorligini mustahkamlayottan 
O‘zbekistonda dinga bo‘lgan munosabatning asosiy mezonlari ham aniq belgilab 
beriladiki, amaliy o‘zgarish ham dinshunoslikning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
Hurfikrlilikka xos dastlabki fikrlar hurfikr mutafakkirlar Forobiy, Beruniy, Ibn 
Sino, Umar Hayyom, Аmir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur kabi bobokalonlarimizning 
ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan boyiganki, ular izchil xulosalarni ham keltirib 
chiqarishgan - birinchidan, har qanday din jamiyatda vujudga kelib, jamiyatda 
shakllanganki, shu sababli din ijtimoiy ong shakllaridan biridir: ikkinchidan, diniy 
tasavvur va e'tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy sharoitlar ta'sirida turli-
tuman shakl va ko‘rinish kasb etgan: uchinchidan, ibtidoiy din tasavvurlaridan tortib 
jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar taraqqiyoti evolyutsiyasini e'tirof etish dinshunoslik 
haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. 
Dinshunoslik fani Falsafa, Tarix, Аdabiyot, Pedagogika, Psixologiya, 
Etnografiya, Etika, Sotsiologiya kabi fanlar bilan bog‘liq. 
Fan chiqargan ilmiy xulosalarni talabalar ongiga yetkazish, ularda falsafiy 
dunyoqarashni kengaytirish, din muammosi bo‘yicha ilmiy erkin fikr yuritish, diniy. 
manbalarni o‘rganish va ular bo‘yicha ob'ektiv xulosalar chiqarishda dinshunoslik 
fanining ahamiyati kattadir. 
Ma'lumki, falsafa va boshqa fanlar singari dinshunoslik ham dunyoqarash bilan 
bog‘liq. U shaxsda diniy e'tiqodni paydo bo‘lishi, yashashdan boshlab, jamiyat 


11 
taraqqiyotidagi evolyutsiyasi va uning hissiyotiga ta'sirini ilmiy jihatdan o‘rganadi. 
Dinshunoslik o‘ziga xos ilmiy ta'rif berish bilan birga uning ijtimoiy, gnoseologik va 
psixologik ildizlarini ochadi. 
Inson doimo turli dunyoqarash va e'tiqod bilan yashaydi va yashagan. Har 
kimning o‘z ichki dunyosi, o‘z e'tiqodi bo‘ladi. Lekin, bunday xilma-xillik, qarama-
qarshi aqida va g‘oyalarning mavjudligi murosasiz ziddiyatlarga, jiddiy to‘knashuvlarga 
olib kelmasligi, odamlar, dinu mazhablar mamlakatu davlatlar o‘rtasida ijobiy 
munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga to‘siq, sun'iy g‘oya bo‘lmasligi kerak. 
Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o‘z e'tiqodlaridan qaytarib, dinni 
ma'muriy tarzda, ta'qiqlab qo‘yishning har qanday nazariy va amaliy ko‘rinishlariga 
chek qo‘yadi. Kursning amaliy ahamiyatidan yana biri shundaki, qonunlarni mukammal 
o‘rgangan, tahlil qilgan holda uning mohiyatini, mazmunini ochib berishga 
xizmat.qiladi. 
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi printsiplarini tiklash va unga og‘ishmay amal 
qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. Din va Qonun o‘zaro 
munosabatlarini yaxshi bilish esa dеmokratik jamiyat poydеvorini mustahkamlaydi. 
O‘bekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a'zolarining huquqlari, 
majburiyatlari haqida to‘la ma'lumot beradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z yechimini 
topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me'yoriy talablarga to‘la 
javob beradi. Har qanday dinga e'tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e'tiqod 
qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta'minlovchi O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi: 
“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod 
qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan 
singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”. 
Bu vijdon erkinligini kafolatlash bilan bir qatorda o‘quvchilarda qonunga hurmat 
hissini, o‘zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg‘ularini hurmat qilish, 
tushunishga harakat qilish, o‘z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o‘tkazish 
g‘ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo‘ravonlik, 
tajovuzkorlikka yo‘l qo‘ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi. 
O‘zbekiston Rеspublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning 
fuqarolri turli konfеssiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega 
bo‘lishi ham juda muhimdir. 
Fuqaro, jamiyat, davlat o‘rtasida o‘zaro ijobiy munosabatni o‘rnatishda 
«Dinshunoslik» predmetining ahamiyati benihoyadir. Konstitutsiyada dinniig tarbiyaviy 
ahamiyatiga e'tibor berish lozimligi ko‘rsatilganki, predmet yoshlarga din va hurfikrlilik 
xaqida ilmiy bilimlar berish orqali dinning ijtimoiy mohiyatini, u tarixiy xodisa 
ekanligini tushuntirish bilan jamiyat rivojlanish borasida zamonaviylashuvini, ba'zan 
esa yangi diniy guruhlar paydo bo‘lishi mumkinligini ham tushuntiradi. 
Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan, ota-
bobolarimizning muqaddas e'tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy 
fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida 
boy ma'naviyati va merosi, o‘zligini omon saqlab keldi. 


12 
O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma'naviy merosini tiklash va yangi sharoitda 
yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, 
hayotiy tajribasi tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib 
yetish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat 
qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida so‘z ketar ekan, uning 
asosida eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta'kidlash zarur. Bu 
haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va 
birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy 
birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”. 
Mazkur moddada muhim ahamiyatga ega qoidalar mustahkam qo‘yilgan. 
Birinchidan, diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat'i nazar, bir xil 
huquqiy maydonda faoliyat olib boradilar. Ikkinchidan, diniy birlashmalar faoliyatini 
tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir. 
Shu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, bu dinning 
jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ta'kidlash zarur. Zero, biror dinga e'tiqod 
qiluvchi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik 
jamiyatida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi. 
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga 
aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma'naviy-axloqiy jihatni o‘z 
ichiga oladi. 
Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan 
iboratki, davlat dinni xalq ma'naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Bundan kelib 
chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.
Shuning uchun ham yurtimizda dinshunoslik fanni o‘rganishga katta e’tibor 
qaratildi va mazkur masalada bir qator ijobiy natijalarga erishildi. 
Dinshunoslik fanining quyidagi bo‘limlari mavjud: 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish