Rudolf Otto
«Din, ruhiy borliqlarga nisbatan ishonchdir».
Edvard Teylor
«Din, insonning abadiyatni anglashini ta’minlovchi, aql va mantiqqa tobe’
bo‘lmagan zehniy malaka yoki iqtidordir»
Maks Myuller
«Din, malakalarimizni erkin holda qo‘llashni to‘suvchi ta’qiqlar majmuasidir»
Salmon Reynax
«Din, e’tiqodlar, xatti-harakatlar va ijtimoiy hayotning muayyan shartlariga ko‘ra
tashkil etilgan muassasalar tizimidir»
Vitold Taylok
«Din, eng buyuk ijtimoiy qadriyatlar shuuridir»
Edvard S. Amis
«Din, muayyan jamoatning vujudga kelishini ta’minlovchi marosim va e’tiqodlar
majmuidir».
Emil Dyurkgeym
Umuman olganda, olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy
xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan
birinchisi
, g‘ayritabiiy iloh
(yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda topinish ob’ekti – Xudo
bo‘lishi shart hisoblanadi.
Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga –
transsendent
va
immanent
ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga insonlar
olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va nuqsonlardan
xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom dinidagi Alloh taolo va
qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi Yahvelarni keltirish mumkin.
Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan,
insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik,
rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi. Bunday turdagi ilohlar
ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo zooantropomorf (yarim odam yarim
hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida
Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya
dinlarini sanash mumkin.
Ikkinchisi,
Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar majmuasi.
Yuqorida aytilganidek har bir dinda topinish ob’ekti - Xudo bo‘lishi lozim. yaratuvchi
bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui (qurbonlik, ro‘za,
bayramlar) kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, yakka tartibdagi yoki
jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, islom dinida «Namoz
mo‘minning me’roji» (ya’ni Alloh taoloning xuzuriga ko‘tarilishi) hisoblansa
xristianlikdagi «sirli marosimlar»da Muqaddas Ruhning o‘zi ishtirok etadi deb
hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e’tiqodchilar o‘z
ilohlari bilan bog‘lanadilar.
20
Uchinchisi
esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning
mavjudligi. Diniy tashkilot, bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy rasm-
rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan muassasalaridir. Bu,
islomda - masjid, madrasa, xristianlikda - Cherkov, seminariya, yahudiylikda - sinagoga
va hokazo.
“Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?”, “Din qachon paydo bo‘ldi?”
kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, o‘ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha
asrlardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa-da, hali hanuz bu borada bir to‘xtamga
kelinmagan. Umumiy ma'noda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga
oid ikki xil qarash mavjud.
Birinchi qarashga ko‘ra dinning paydo bo‘lishi bevosita insoniyatning yaralishi
bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O‘zini tanitdi, natijada inson ilk
dinga e'tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv” deb nomlanadi.
Bugun mavjud bo‘lgan har qanday din o‘zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson
bilan bog‘lashini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo,
yahudiylik va xristianlikda – Аdam va Yeva, zardushtiylikda – Govmard, sintoizmda –
imperator Mikado va boshqalar. Mazkur ta'limotlar dinlarning muqaddas manbalarida
bayon qilingan.
Teologik yondashuvga ko‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik,
jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga
kelgan. “Teologiya” atamasi (“deus” – Xudo, “logos” – ta'limot) qadimgi Yunonistonda
paydo bo‘lgan va dastlab hech qanday falsafiy yukka ega bo‘lmagan. “Teologiya” so‘zi
ilohlar to‘g‘risidagi dostonlarda qo‘llanilgan, bunday asarlarning mualliflarini esa
teologlar deb atashgan. Аrastu “teologiya” atamasidan falsafaning muayyan qismini
belgilash uchun foydalanib, mazkur atamani sharhlashda burilish yasadi. U nazariy
falsafani matematika, fizika va teologiyaga ajratdi. Аrastu ilohiyot ilmini “birinchi
falsafa”, oliy mushohada fani yoki “oliy falsafa” deb nomladi. U ilohiyot ilmini borliq,
uning ibtidosi va mavjudligi sabablari to‘g‘risidagi fan sifatida belgilab berdi.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik
yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib
taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib
Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din
tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin
tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki
bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Аvgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan
eng cho‘qqisiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri,
emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan –
murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon
uzoq tarixiy evolyutsion jarayonni bosib o‘tgan. Unga ko‘ra, ilk davrdagi ibtidoiy
odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari
o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe'l-atvoriga,
balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam,
haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta'sir ko‘rsatadi. Uyqu, tush
va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va o‘lim bilan undan ajratib turuvchi,
hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch
21
harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb
tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida
ularga sig‘ina boshlagan.
Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib
chiqishida asosiy rolь o‘ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert
Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida
“ajdodlarga sig‘inish” sabab bo‘lganligini ta'kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga
suyangan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi o‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu
qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va
tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan tanlanganligi fikrini ilgari
suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e'tibor qaratilganligiga ishora qiladi.
Din tushunchasi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, ishonch, inonmoq
ma'nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa
va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o‘ziga
xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir. E'tiqod so‘zi ham
arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, chuqur, mustahkam ishonch ma'nosini anglatadi-
Demak, diniy e'tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish
tushuniladi. Ilohiyot, ya'ni diniy ta'limot nuqtai nazardan "din", "diniy e'tiqod"
tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma'nosi, maqsadi va taqdiri uni
bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo‘lgan, uni go‘yo yaratgan, ayni
zamonda insonlarga birdan-bir "to‘g‘ri", "haqiqiy", "odil" hayot yo‘llarini ko‘rsatadigan
va o‘rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarashlar,
ta'limotlar majmuidan iboratdir.
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy sabablarga ko‘ra diniy
dunyoqarashlar to‘la hukmron bo‘lgan sharoitlarda qar qanday ilg‘or tabiiy, ilmiy,
jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini,
mohiyati masalalarini chetlab o‘ta olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari
ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni
Forobiy va Beruniyning dinga bo‘lgan munosabatlarida ko‘rishimiz mumkin.
Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi haqida kitob"
risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni o‘rganishga
qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog‘lanishlarini aniqpash
orqali o‘rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), ramziy,
majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish orqali e'tiqod qilishga chakirish yo‘li bilan
yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab va oqibat bog‘lanishlarining moddiy asosini
o‘rganmasdan izoxlashga kirishadi. Аyni zamonda voqelikni falsafiy bilish, o‘z
mohiyatiga ko‘ra, diniy bilishdan ustuvordir.
Beruniyning dinga munosabati uning "qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"
va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo‘lib, bunday
bilim vokelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan o‘rganish mumkin
bo‘lmagan joyda qo‘llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e'tiqodga, ilmiy bilim esa dalillashga,
isbotlashga asoslanadi. Beruniyning o‘zi esa butkul dalillarga asoslangan bilimlar bilan
shugullangan. U moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda dinning ta'sirini
cheklashga intilgan. Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar orqali ilmiy
22
bilimni din ta'siridan xalos etishga g‘oyat o‘rinli harakat qilganlar. Ular dinga emas,
unga singib qolgan mutaassiblikka qarshi chiqqanlar.
Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqiqiy ta'limot olamning
mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni,
uning ijtimoiy faoliyati, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini o‘rganishda minglab yillar
mobaynida uning bag‘rida qo‘lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi
ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. Dinlarning paydo bo‘lishi, qaror topishi va kayta
tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va psixologik ildizlari mavjudtsir. Uning ildizlari
o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning
egallagan o‘rni ham, odamlarga ta'sir darajasi ham goh kuchayib, goh pasayib turadi; bu
ildizlar tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, goh avj olib, goh zaiflashib turadi.
Masalan, hozirgi davrda umumbashariy (global) muammolar, chunonchi oziq-ovqat
yetishmasligi, xom ashyo kamayib borayotganligi, energiya tanqisligi, aholining tez
ko‘payib borayotganligi, termo-yadro urushi xavfi kuchayayotganligi, atrof-muhitning
tobora ifloslanayotganligi, ekologik vaziyat, ya'ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy
ekstremizm, terrorchilik, koruptsiya, o‘garlik, talonchilik, buzg‘unchilik va h. k., tobora
ko‘proq taxdid, xavf-xatar tug‘dirmokda.
Din kishilar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar va bu borada diniy
tashkilotlarning faoliyatidan ham iboratdir. Dinning hamma tarkibiy qismlari singari
diniy munosabatlar va diniy tashkilotlar faoliyati ham ijtimoiy vaziyatlar bilan
belgilanadi. Bularning faoliyati nisbiy mustaqillikka ega bo‘lib, kishilarning voqelikka
bo‘lgan munosabatiga muayyan darajada ijobiy yoki salbiy ta'sir etib turadi.
Diniy tushunchalar, tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning bevosita ta'siri
natijasida vujudga keladigan dindorlar o‘rtasidagi aloqadorlik va diniy jamoa, uyushma
va tashkilotlarning faoliyatlari diniy munosabatlar deb ataladi. Bunday munosabatlar
ijtimoiy, goyaviy, mafkuraviy munosabatlarning turlari bo‘lib, muayyan dunyoqarashni
shakllantiradi, pirovardi-oqibatda ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli
hisoblanadi.
Jamiyatda
diniy
munosabatlar
alohida
mavjud
bo‘lmaydi;
ijtimoiy
munosabatlarning boshqa turlari, chunonchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, ma'naviy
munosabatlar, mehnat jarayonlari bilan uzviy bog‘liqtsir; bir-birini oziklantirib turadi.
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar
orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi
munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob'ekti va sub'ekti diniy
jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar
birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir. Bu
birlikning asosiy belgilari quyidagicha:
1) diniy e'tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan
tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a'zolari orasidagi
o‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi.
Diniy jamoalarning tuzilishi an'analar va urf-odatlar, huquq yoki umumiy
dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar sosida rasmiy va
norasmiy guruhlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va'zxonlar" ga,
diniy va xo‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi.
23
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma'naviy hayotdagi
yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo‘lgan
munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik
siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi.
Din – e'tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai nazarga
ko‘ra, din – muayyan diniy e'tiqodlarga, ya'ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar
yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar
atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar
borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan
qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida
ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo
muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati avvaldan belgilanishiga
(taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat.
Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri
insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan
ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy
qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta'limotdir. U muayyan
ta'limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali
namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni
idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy
tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi
qudratga ega bo‘lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir.
Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va go‘zal
ruhiy-ma'naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq
dinsiz, e'tiqodsiz biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtai
nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas
qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil
sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish
mumkin demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |