Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

Fetishizm 
- (fetish - frantsuz tilidagi "fetiko" - yasalgan tumor, but, sanam degan 
so‘zlardan olingan) moddiy buyumlarda g‘ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, 
jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar - tog‘, 
qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va 
hokazolarda g‘ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo bo‘lgan. O‘zlari vujudga 
keltirgan bunday kuchlarga o‘zlari sig‘ina boshlaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri 
bo‘lgan fetishizm barcha xalqlarda diniy tasavvurlar shakllanishi bilan uzviy bog‘liqdir. 
Fetishizm politeistik (ko‘p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) dinlarida 
hozirgacha saklanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig‘inish, islomda 
esa turli o‘simlik turlarini - sedana, ko‘ztikan, qalampirmunchok, achchiq qalampir, 
isiriq, 
chilonjiyda, 
daraxtlardan 

yong‘oq, chinor, archa va boshqalar 
muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta'siri yoki yordami 
bo‘lishi mumkin degan tasavvur paydo bo‘lgan. Bunday xususiyatni tog‘-toshlarga, turli 
buyumlarga ham xos degan g‘ayritabiiy fikrlar shakllangan. 
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba'zi soddadil, 
mutaassiblarning turli tumor, ko‘zmunchoq va hokazolarnn taqib yurishlari, daraxtlarga 
latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish, ularning 
mo‘'jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e'tiqoddagi eng xarakterli ko‘rinishi va 
qoldig‘idir. 
Shomonizm
- ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bo‘lgan animistik 
e'tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e'tiqodlardan biri. Uning 
o‘ziga xos xususiyati - kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda bo‘la oladigan 
shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarga, shuningdek, kelajakni oldin aytib 
berish, kasalni davolash, o‘lganlarni oxiratga uzatish, tabiatda xohlag‘ancha 
o‘zgartishlar kilish kabi xususiyatlar ham xosdir. O‘tmishda shomonlarning ruh bilan 
aloqasi shomon do‘mbirasi yoki mo‘'jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusumlarni 
bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. Shomonizm o‘tmish 
dinlar sarqiti sifatida ba'zi bir holatlarda uchrab turadi. 
Magiya
(sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g‘ayritabiiy yo‘l 
bilan ta'sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir. 
Sehrgarlik harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular turmushning har xil 
sohalarida qo‘llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish 
magiyasi, dushmanni yengish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng 
tarqalgan. Mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan magik qarakatlar ibtidoiy odamlar hayotida 


30 
alohida o‘rin egallagan, ya'ni ular tirikchilikka kerak bo‘lgan narsalarni topishdan oldin 
shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan magik harakatlarni bajarganlar. 
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar 
orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi 
munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob'ekti va sub'ekti diniy 
jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar 
birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir. Bu 
birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 
1) diniy e'tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan 
tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a'zolari orasidagi 
o‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi. 
Diniy jamoalarning tuzilishi an'analar va urf-odatlar, ququq yoki umumiy 
dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy va 
norasmiy guruxlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va'zxonlar" ga, 
diniy va xo‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi. 
Muayyan sharoitlarda diniy jamoa ko‘shnichilik, qishloq va mahallachilik 
jamoasiga mos kelgan. Bunda dindorlik darajasi yuqori va chukur bo‘ladi. Jamiyatning 
taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy munosabatlar tarmokdanadi. Unda shaharning 
mavqei ortib borgan sari turli axloqiy va milliy guruxdardan tashkil topgan ishlab 
chiqarish jamoalari hosil bo‘lgan va ko‘payib borgan sari diniy jamoalar mustaqil tus 
olgan. Hozir ham shunday. Masalan, islomda dastlabki musulmon jamoasi 622 yili 
Madinada muhojirlar va ansorlardan iborat holda tashkil topgan. Ko‘p hollarda diniy 
birlik geografik joylashish jihatidan etnik birlikka mos kelgani uchun din etnik milliy 
birlik ma'nosini ham anglatgan. Islomdagi mavjud qonunlarga binoan 18 yoshga to‘lgan 
har bir fuqaro diniy jamoa a'zosi bo‘la oladi. Bunday jamoa kamida 100 mo‘mindan 
iborat bo‘lishi lozim, aks holda diniy guruh deb hisoblanmaydi. Diniy uyushmalar 
faoliyati o‘z a'zolarining yashayotgan joyi bilan cheklanadi. U ixtieriy va mustakil 
tashkilot bo‘lib, moddiy jihatdan ham o‘z-o‘zini ta'minlaydi. Diniy ishlarni boshqarish, 
diniy mol-mulk va pul mablag‘lari bilan bog‘liq vazifalarni bajarish, tashqi aloqalarni 
yo‘lga qo‘yish uchun diniy uyushma a'zolari o‘z orasidan ijroiya organini saylaydi. 
Diniy tashkilot bu dinga ishonuvchilarning va diniy jamoalarning uyushmasidir. 
Milliy dinlar deb, odatda, bir millatga mansub xalqdar e'tiqod qiladigan dinlar 
tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng so‘nggi davrlarini bir-
biridan farqlash lozim. Dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan 
bo‘lib, odatda, politeistik, ya'ni ko‘p xudolik dinlari bo‘lgan. Masalan, qadimgi grek 
dini ko‘p xudolikning o‘zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida - bosh xudo) 
hisoblanib, bir ukasi dengaz xudosi, ikkinchi ukasi- yer osti podsholiganing xudosi 
hisoblanar edi. Shuningdek, muhabbat va go‘zallik ma'budasi, urush xudosi, quyosh 
xudosi va san'at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo‘lgan. Xuddi shunga 
o‘xshash kadimgi yahudiylar dinning xudosi - Yahve ham ko‘p xudolilikning yaqkol 
namunasidir. 
Quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o‘ziga xos yana bir xususiyati 
oxirat to‘g‘risvdagi tasavvurning paydo bo‘lishi va unga ishonishdir. Аmmo bu davrda 
bunday tasavvurlar hali to‘la shakllanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu 
davrda qurbonlik kilish keng rasm bo‘lib hatto majburiy marosimlardan biri hisoblanar 


31 
edi. Xudolar yo‘lida meva-cheva, noz-ne'matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha 
turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar 
rivojlanishining so‘ngti davrlariga kelib odamlar o‘rniga hayvonlar kurbon qilina 
boshlangan. Shu bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ‘ib kilinardi. 
Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug‘-qabila 
dinlaridan farkli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga 
kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning so‘ngra, millatning shakllanishini 
o‘zlarida aks ettirgan. 
Milliy dinlarda tasavvur kilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-
marosimlar asosan muayyan elat yeki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu 
xildagi qadimga dinlar milliy davlat xarakterida bo‘lishi bnlan boshqa din shakllaridan 
ajralib turagan. 
Eng so‘nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm, 
sikxizm, daosizm, konfutsiylik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik). 
Vedalar
(Vedizm). Miloddan avvalgi ikkinchi ming yilliklar o‘rtalarida 
Hindistonga, Panjob hududiga g‘arbdan Hindiqush dovoni orqali oriy jangari xalqlar 
bostirib kelganlar. Ular Eronga ko‘chib kelgan qo‘shni qabila tillariga yaqin hind-
evropa tillarida so‘zlashar edilar. Ular harbiy ishlarda, she'riyatda usta bo‘lib, o‘zlari 
bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskrit-muqaddas bilim)ni olib kelganlar. 
Hind adabiyoti boy bo‘lib, uning anchagina qismi yo‘qolib ketgan. Uning 
boshlanishi Vedalardir. 
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda ibodat, 
marosimlar, falsafiy ta'limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar to‘rt yirik 
to‘plamdan iborat: 
1. 
Rigveda (“Madhiyalar vedasi”); 
2. 
Samaveda (“Qo‘shiqlar vedasi”); 
3. 
Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”); 
4. 
Аtxarvaveda (“Аfsun va jodular vedasi”); 
Rigveda. Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning to‘plami, diniy yodgorliklar 
bo‘lib, uning mualliflari rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari xudolarni oriy tomonga 
og‘dirish bo‘lgan. Rigvedada zardushtiylikning muqaddas kitobi “Аvesto” bilan 
o‘xshash afsona va marosimlar bor. Rigveda Panjobda, Hind havzasi va uning oqimida 
miloddan avvalgi VI asrda paydo bo‘lgan. Unda Shimoliy Hindistonda miloddan 
avvalgi 2-1-ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida ma'lumot beriladi. 
Samaveda. Rigvedaga ko‘proq bog‘liq bo‘lib, u hozirgi davrga ikki tahrirda yetib 
kelgan (cakha – aynan, shahobcha); Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya 
(Ranayaniya). 
Kautxuma to‘plami 1810 she'rdan iborat bo‘lib, undan faqat 76 tasi Rigvedada 
uchramaydi. Undagi she'rlar Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo‘lib, 
tantanali qurbonlik marosimi paytida o‘qiladi. To‘plam ikki qismdan iborat: birinchi 
qism hajmi Аgni, Indra, Sama xudolariga, ikkinchi qism Somaga qurbonlik keltirish 
marosimida aytiladigan qo‘shiqlardan iborat. Samovedaning maqsadi diniy 
marosimlarda aytiladigan qo‘shiqlarni o‘rgatishdan iborat. Hindistonda hozirda ham 
vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samovedinalar saqlanib, ularning maktablari 
mavjud. 


32 
Yajurveda. Yajurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog‘liq bo‘lib, uning 
asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil etadi. Bu marosimlarda to‘lin oyli 
tunda, yangi oy chiqqan payti Аgni uchun qurbonliklar o‘tkazilgan. 
Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bo‘lingan. Qora yajurvedaning 
turli maktablarga xos bo‘lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa, Maytrayani, Tayttiriya kabi 
tahrirlari mavjud. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli birgina tahriri bor. 
Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. Yajus va 
mantralar. III. Braxmana sharhlari. 
Аtxarvaveda. U mil.av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy 
hind afsunlarini o‘zida aks ettirgan. Qadimiy hind jamiyatida mavjud bo‘lgan barcha 
taraflarni, nuqson va kamchiliklarni o‘zida aks ettirgan. Аtxaravaveda afsonaviy 
ruhoniy Аtxarvana (“Olov ruhoniysi”) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, afsun va jodular o‘sha 
davrda olov ustida bajarilgan. Аtxarvaveda 6 ming she'rdan iborat bo‘lib, 371 
madhiyani o‘z ichiga oladi. Ular yigirmata kitobda jamlangan. 
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta'limot ilgari suriladi. Hindistonda 
ko‘pxudolik keng targ‘ib qilinadi. Xudolar orasida “eng ulug‘i, eng kichigi, eng qarisi, 
eng yoshi bo‘lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir xudo ba'zida butun borliqning 
hukmdori bo‘lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga tobe bo‘lishi mumkin. 
Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo‘lishi mumkin. Varuna va boshqa 
barcha xudolar Indraga bo‘ysunadilar. Bu Veda ilohiyotchiligiga xos bo‘lib, shu 
munosabat boshqa xudolarga ham tegishlidir. 
Vedalarda xudolar osmon xudolari quyosh xudolari, havo xudolari, yer xudolari, 
ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan. 
Osmon xudolari. Dyaus, Varna, Indra kabi xudolar osmonlarni boshqarib 
turuvchilarga kirganlar. Keyinchalik Varuna suv va dengizlar xudosiga aylanib ketgan. 
Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon bo‘lishidan 
besh xudo yuzaga kelganligi haqida so‘z yuritiladi. Mitra (do‘st) – qadimiy xudodir. 
Surya – quyoshning yorqinroq namoyon bo‘lgan ko‘rinishidir. Savitri -quyoshning 
quvvat beruvchi kuchida namoyon bo‘ladi. Pushan muruvvatli bo‘lib, quyoshning 
mahsuldorlik faoliyatini o‘zida namoyon qiladi. Vishnu xudolar orasida abadiy bo‘lib, 
hozir Hindistonda ulug‘lanadi.
Yana Аshvina va Sitvar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi qo‘shiladi.
Indra osmon podshosi va oriylarning milliy xudosidir. Yomg‘ir xudosi Panjaniya, 
shamol xudosi Vayyular Vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular Indra bilan jamlangan 
holda tasvirlanadi.
Runada odamlar qo‘rqib unga bag‘ishlab madhiya, duolar o‘qiganlar. U 
Rigvedada Shiva (yoqimli) nomi bilan zikr etiladi. Shiva Vishnu bilan keyinchalik 
Hindistonda unutilgan xudolar turkumini egalladi. 
Yer xudolari. Аgni – olov xudosi, u haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida 
vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga yetkazuvchi ruhoniy sifatida 
tasavvur qilingan.
Ushas – tong va uning nuri ma'budasidir. Sarasvatilar – daryo xudosi, keyinchalik 
so‘z xudosi sifatida tasvirlangan. 
Veda ibodatlari ikki turga bo‘lingan. Birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga atab 
qilinadigan qurbonliklar yoki narsalarni taqdim qilishdan iborat bo‘lgan. Duo kitoblari 


33 
bo‘lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan. Keyin 
Rigveda, Аtxarvaveda kabi madhiya va duolarni o‘zida jamlagan kitoblar paydo 
bo‘lgach, ibodatning ikkinchi ko‘rinishi – duo va madhiyalar xudolarga atab o‘qish odat 
tusiga kirgan. 
Braxmanlik (Braxmanizm): ta'limoti va tarixi 
Braxmanlik – veda dinlarining bir tarmog‘idir. O‘z hayotlarini ibodat qilish, 
ilohiyot ilmini o‘rganish, murakkab marosimlarni o‘tkazish va xalq ruhoniy hayotini 
boshqarishga bag‘ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga keldi. Dinda ilohiy 
tilni o‘zgartirib bo‘lmasligi, sanskritning muqaddas tilga aylanib qolishi braxmanlikning 
kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. 
Oriylar ko‘chmanchilikdan o‘troq hyotga o‘tib davlatdagi hukmron sinfga 
aylanib, madaniyati, hayot tarzi boshqacha bo‘lgan turli xalqlar bilan uchrashib, boshqa 
tabiiy sharoitga duch keldilar. Ularning eski dinlari – vedizm taraqqiy etdi. Bu 
taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasini, mavqeini 
ko‘tarish, ibodat va marosimlarini murakkablashtirish hisobiga bo‘ldi. Keyin 
o‘zgartirish taqiqlangan diniy aqida vujudga keldi. Braxmanlikda ko‘proq ruhoniylar 
tabaqasining manfaatlari himoya qilingan.
Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli sutralardir. 
Sutralar san'atning alohida ko‘rinishi bo‘lib, sanskrit tilida yozilgan. Unda ma'lum 
tabaqaga yuqori o‘rin berilgan.
Braxmanlar o‘zlarining kelib chiqishini yetti ruhoniy oilaning boshliqlari bo‘lgan 
kishidan deb hisoblaydilar. Oriylar Hindistonda harbiy yurishlarini davom ettirib, 
borgan sari kamroq qarshilikka duch kelardilar. Ulardan kshatriy (jangchilar) tabaqasi 
e'tiboridan chetga chiqib, diniy – ruhiy jihatdan ta'siri kuchliroq bo‘lgan tabaqa – 
braxmanlarning nufuzi oshib bordi. Ular diniy, huquq, urf-odat kabi sohalaridan ham 
xabardor edilar.
Braxmanlarning hayoti to‘rt bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda braxmanning diniy hayoti balog‘at yoshiga yetib, muqaddas 
bosqichning qabul qilish va baxshida qilish “marosimidan”keyin boshlanadi. 
Braxmanning yoshligi birorta donishmand braxman xuzurida vedalarni yodlash, uning 
uyida muqaddas olovning doimo tutib turish, ustozning xizmatini bajarish, uning uchun 
sadaqa yig‘ish bilan o‘tadi. Braxman bu bosqichda “braxmacharin” deb atalgan.
Ikkinchi - “grihasta” nomli bosqichda uy xo‘jayini vazifasini bajarib, uylanishi, 
oilani boqishi, farzandlar tarbiyasi, amaliy hayot ilmi (qachon va nimani yeyish, nimani 
yechish, ibodat qilish, marhumlarni dafn etish, mehmonlarni qanday kutish, ovqatni 
qanday tayyorlash, qariyalarga, ayollarga, yosh bolalarga munosabat)ni qonun asosida 
fuqarolik burchlarini bajarib borishi lozim.
Uchinchi bosqich “vanaprastha” (o‘rmon zohidi) davri bo‘lib, unda oilasi yoki 
yolg‘iz holda o‘rmonga ketishi kerak. Braxman u yerda “o‘z nafsini jilovlab” ildizlar, 
mevalarni yeb, diniy amallarni “jon-jahdi” bilan bajarishi lozim. Bu davrda bir qator 
mashaqqatlarni o‘z boshidan kechiradi. 
To‘rtinchi bosqichda tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik – “saniyasi” davrini 
boshdan kechiradi. Uning maqsadi “Oliy Brahmaga yetishish, u bilan qo‘shilib ketish, 
bu dunyo va o‘lgandan keyingi abadiy baxtga erishish”ga intiladi. U tarkidunyochilik 


34 
bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga bir marta ovqatlanib kun 
kechiradi.

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish