Protestantlik
- bu ham xristianlikdagi yana bir yo‘nalish bo‘lib, katolitsizm va
pravoslaviyedan farqli o‘laroq, diniy qarashlar hamda, cherkovlar orasidagi
munosabatlar jihatidan bir xil bo‘lmagan yo‘nalishlarni faqatgina kelib chiqishi
jihatidan bir-birlari bilan, XVI asrdagi yangilanish harakati bilan bog‘liq bo‘lgan
kupgina diniy jamoalar, cherkovlar, mazhablar yuzaga keldi.
Protеstanizm tarixi Martin Lyutyerdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo‘lib
katolik chеrkovi bilan aloqani uzdi va protеstant chеrkovining asosiy qoidalarini ishlab
chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insonning Xudo bilan bеvosita muloqoti
mumkin. Lyutеrning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik
dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat
qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda
diqqat bilan tinglandi.
Protеstantizmning mohiyatiga ko‘ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga chеrkovning
vositasisiz, bеvosita in'om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e'tiqodi va Isoning
vositasi orqali ro‘y bеradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma
dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protеstantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bеkor qildi, faqatgina lyutеranlikda
non va vino bilan cho‘qintirish sahalanib qoldi.
o‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, muqaddas
murdalarga, sanamlarga topinish bеkor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan,
mеhroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari
bеkor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo‘yning
eng muhim burchi bo‘lib qoldi.
Asrorlardan faqat cho‘qinish va mansublik (chеrkovga) e'tirof etiladi. Ibodat va'z-
nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo‘ldi. Protеstantlar
Bogoroditsa shaxsiyatini, a'rofni tan olmaydilar.
Lyutеr tomonidan tuzilgan rеformatsiya bosh taomillari 95 tеzis shaklida yozib
bеrgan. Ular Vittеnbеrgning Nasriy chеrkovining shimoliy eshiklariga yozib qo‘yilgan.
Mana shu tеzislardan biri: Iso payg‘ambar: «Tavba qiling, chunki samoviy shohlik
yaqinlashib qoldi» dеb jar solganida shuni ta'kidlaydiki, imon kеltirganlar hayoti
boshdan-oyoq to‘xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo‘lmog‘i darkor.
Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to‘rt
tеzisda, Lyutеr ta'kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-
harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi.
Papa faqat o‘zi bеlgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Chеrkov hеch qaysi
samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy
67
qilinadi (bеlgilanadi). Bu yerda va kеyingi bir qancha tеzislarda papaning a'rof ustidan
hukmronligi rad etiladi.
«Ruhlar uchun indulgеnsiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab qilinmaydi»,
dеgan ta'limot Iso ta'limoti emas. Chindan tavba qilgan kishilarni Xudo gunohlarini
kеchadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig‘isiz ham bunday
mag‘firatdan umid qilishi mumkin.
Lyutеr bir nеcha tеzislarda ta'kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chеkkan
xristian (nasoro) «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya'ni unga samoviy jazo joriy
etilmaydi».
Chеrkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va xudo marhamatidir. Lyutеrning
ta'kidlashicha, «xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag‘allar uchun emas
boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o‘z amallari bilan
erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mеhrini qozonmoqni Lyutеr sarob
dеb ataydi.
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog‘i zarur. Najot yo‘li ruxsatnoma
yorlig‘ida emas, balki chin yurakdan nadomat chеkmoq va tavba qilmoqdadir.
1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tеzislar shundan iborat.
Kеyinchalik bu kun protеstantlar bayrami bo‘lib qoldi.
Protestantlik umumxristianlik asoslari va qarashlarini e'tirof etish bilan bir
qatorda, u gunohdan xalos bo‘lishning yangi usullarini ilgari surdi. Iso Masihning
kishilar gunohini yuvishga qaratilgan o‘zini-o‘zi qurbon qilishiga ishonch, dinga
ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo‘lishi mumkinligiga ishonch, Bibliyaning oliy
nufuziga ishonch orqali xalos bo‘lish ana shular jumlasiga kiradi. Shunday qilib
protestantlik xudojo‘ylikning asosiy talabini dinda odamning tashqi ko‘rinishidan ichki
hayotiga olib o‘tdi va uni ixtiyoriy diniy ishonch bilan bog‘ladi. Protesttantchilik
Bibliyaga sig‘inishning o‘ziga xos shaklini qaror toptirdi. Bu bilan protestant
islohotchilari dastlabki xristianlikning oliy maqsadlarini, dindorlarni axloqiy jihatdan
tarbiyalashga
va
jamiyatni
ma'naviy
jihatdan
sog‘lomlashtirish
uchun
ko‘maklashishlarga alohida e'tibor bermoqda. Shuningdek, u ilohiyotchilikka oid
bo‘lgan qarashlar sistemasining ayrim elementlarida pravoslaviedagi boshqa, shu
qatorda islom bilan bir-biriga tutash bo‘lgan umumiy aloqalarni izlamokdalar; fan
namoyandalari va jamoatchilik vakillari bilan aloqalarni rivojlantirmoqdalar. Ular
pravoslavlar bilan musulmonlar diniy boshqarmalari o‘rtasidagi mulokotlarni
rivojlantirishga qaratilgan ko‘pgina yirik tantanali anjumanlar chaqirilishining
tashabbuskori bo‘lmoqdalar.
Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qilgan (faqatgana
lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirishlar saqlanib qolgan). O‘lganlarga
bag‘ishlab duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, ular sharafiga turli-tuman bayramlar
o‘tkazish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinishlar bekor qilingan. Ibodat uylari
ortikcha bezaklardan, mehrob, sanam, haykallardan xoli qilingan, monostirlar va
monaxlikdan ham voz kechilgan, ruhoniylarning uylanmaslik sharti bekor qilingan.
Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi va uni sharhlash har bir xudojo‘yning eng muhim
burchi bo‘lib qoldi.
68
Lyuteranlik, anabaptizm, anglikanlik, kalvinizm, tsvingchilik protestantlikning ilk
shakllari bo‘lgan. Keyinchalik "so‘ngti protestantlik" umumiy nomi bnlan ma'lum
bo‘lgan bir qancha diniy oqimlar, tashkilotlar paydo bo‘ldi.
Markaziy Osiyoda ham protestantlik muxlislari uchraydi. Lyuteran jamoalari
a'zolari Qirg‘izistonda, Qozog‘istonda va Tojikistonning Janubiy tomonlarida,
Turkmanistonda,
O‘zbekistonda, chunonchi Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida
yashaydilar. Bular asosan nemis millatiga mansub bo‘lgan dindorlardir. Toshkentdagi
lyuteranlarga, diniy toat-ibodatlarini bajarishlari va umumiy diniy ehtiyojlarini
qondirish uchun ular ixtiyoriga 30-yillarda qurilgan Kirxa berilgan. Dushanbada ana
shunday diniy maqsad uchun dindorlarning mablag‘lari xisobiga va keng
jamoatchilikning, jumladan xorijiy mamlakatdagilarning ishtirokida yangi Kirxa
qurilgan. Bu jamoada diniy hayot bilan bog‘liq cho‘qintirish, marhumga janoza o‘qish,
balog‘at yoshiga yetganlarni dindorlar safiga qo‘shish va nikoh o‘qitish marosimlari
o‘tkaziladi. Diniy bayramlar muntazam nishonlanadi, diniy targ‘ibotlar, va'zlar o‘qiladi,
diniy muloqotlar tashkil qilinadi.
Markaziy Osiyoda boshqa protestant yo‘nalishlari ham mavjud bo‘lib, ular
baptistlar, adventistlar, iegovistlar, pyatidesyatniklar, menonitlar deb ataladi. Bu
sektalar hozirgi sharoitdagi tarixan o‘zgarishlar ta'sirini o‘zida muayyan tarzda ifoda
etgan diniy jamoalar va guruxlardan iborat. Ular kelib chiqishi jihatidan eski rus
sektantchilik shakllariga, protestantchilik harakatiga, pravoslaviyadagi eskicha
marosimchilik va boshqa yo‘nalishlarga, ya'ni 1917 yildan oldingi cherkovlar orasida
ziddiyatlar kuchaygan sharoitlarga borib taqaladi.
Eski an'anaviy rus sektantchiliga Rossiyadagi krepostnoy sharoitlariga, uning
g‘oyaviy himoyachisi bo‘lgan hukmron pravoslav cherkoviga, chorizmga nisbatan keng
dehqonlar ommasining ijtimoiy noroziliklarini o‘zida ifoda etuvchi diniy harakatlar
asosida XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida vujudga kelgan duxobarlar, molokonlar,
xristoverlar, subbotniklar, yekopchilar, iegovist-ilьinchilar va boshqalar kiradi. Ular
sektantchilikning birinchi toifasini tashkil qiladi.
Аn'anaviy rus sektantchiligining muxlislari ularni chor hukumati va pravoslav
cherkovi ta'qib etishi natijasida Stavropolь o‘lkasiga (keyinchalik u yerdan Kanadaga),
Sibirga, Kavkaz ortiga, Markaziy Osiyoga) ko‘chib ketganlar. Markaziy Osiyoda
xristian sektantchiligining paydo bo‘lishi va tarqalishi bu yerlarni Rossiya chorizmi
bosib olishi va pul-tovar munosabatlarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Hozirgi
kunlarda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hududlarida son
jihatidan uncha ko‘p bo‘lmagan molokan, duxobar, xristoverlar mavjud. Toshkentdagi
molokan birodarlari jamoasi va Jizzaxdagi jimturmas (prigun) molokanlar jamoalari
respublikadagi eng katta jamoalar hisoblanadilar. Molokanlarning katta bo‘lmagan
guruxlari Samarqand, Xorazm, Farg‘ona viloyatlarida ham bor.
Sektantchilikning ikkinchi toifasiga G‘arb mamlakatlarida kapitalizm
taraqqiyotining turli bosqichlarida vujudga kelgan va Rossiya imperiyasi hududida,
jumladan, Turkistonda ham burjua munosabatlari shakllanish jarayonida va faol
missionerlik harakatlari natijasida qaror topgan sektantchilik kiradi. O‘z muxlislarining
soni jihatidan eng kattasi - baptistlar (yunon. suv bilan cho‘qintirish) birlashmasidir.
O‘zbekistondagi xristian sektalarining 65 foizdan ko‘prog‘ini baptistlar tashkil qiladi.
Diniy ta'limot va marosimchilik borasida baptizm an'anaviy protestantchilik asoslariga
69
tayanadi va o‘zining yangi asoslarini ham yaratadi, ular balog‘at yoshiga yetganlarni
yangitdan cho‘qintirishadi va o‘z saflariga qo‘shishib, bu marosimni tabiiy suv
havzalarda bajaradilar. Cho‘qintirish, non va vinoni tatib ko‘rish kabi sirli marosim
sifatida emas, balki ramziy marosimlar, harakatlar sifatida qabul qilinadi. Ibodat
uylarini jihozlashda xristianlikning ramziy belgilari ishlatilmaydi. Ibodat Bibliyani
o‘qish va sharhlashdan iborat bo‘lib, targ‘ibot va ashula aytishlar bilan qo‘shib olib
boriladi.
1944 yili sobiq SSSR dagi baptistlar jamoalari injilchi-xristianlar bilan
birlashganlar. 1945-1947 yillarda bu birlashma ittifoqiga pyatidesyatniklar jamoasi,
1963 yili esa mennonitlar jamoalari ham qo‘shildilar. Injilchi-xristian-baptist jamoalari
sobiq SSSR da Injilchi-xristian baptistlar kengashi tomonidan boshqarilib turildi. (Bu
1990 yilda injilchi-xristian baptistlarning ittifoqi degan nom oldi). 60-yillarda bularga
qarshi bo‘lgan markaz tashkil topdi va injilchi-xristian baptistlar cherkovining kengashi
degan nom oldi. Uzoq yillardan buyon bu markaz norasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatib
kelmoqda.
O‘zbekistonda baptizm XIX asrning oxirlaridan beri mavjud bo‘lib, uning
Toshkentdagi jamoalari, shu jumladan, "Ettinchi kun" adventistlari Islohchi-adventist,
pyatidesyatniklar, menonchilik, injilchi-xristian baptistlar kengashi, iegova shohidlari
kabi protestantchi jamoalari mavjud.
Protestantlik boshqarmalarining Markaziy Osiyo rahbariyati o‘z diniy
faoliyatlarini yanada faollashtiradigan vositalarni muntazam tarzda izlamokda,
shuningdek jamoalarning tuzilishlarini mustahkamlaydigan jidtsiy tadbirlar bilan
shug‘ullanib targ‘ibot-tashviqot ishlariga alohida e'tibor qaratib, diniy g‘oyalarni,
ibodatlarni hozirgi sharoitga moslashtirib, zamonaviylashtirmoqda. Bu hol Markaziy
Osiyo protestantlik yo‘nalishlaridagi jamoalar va ularning muxlislari soni jihatidan
birmuncha ko‘payishiga, dindorlar orasidagi muayyan boshboshdoqlik kayfiyatlari
yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lmokda.
Hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi protestantlik birlashmalari yangi mustaqil
respublikalarda demokratik o‘zgarishlarni muvofiqlashtirishga intilayaptilar va islohot
jarayonlarining rivojlanish to‘lqinlarida targ‘ibot ishlarini faollashtirmoqdalar,
qolaversa dindorlarning ijtimoiy jarayonlardagi faol ishtiroklarining o‘zlariga ma'qul
shakllarini belgilamoqdalar.
Ma'lumki, dinlar va dindorlar orasidagi o‘zaro xamfikrlik va muloqotlar jamiyat
taraqqiy etgan sari rivojlanib boradi. Dinlar orasidagi muloqotlar, hozirgi davrning
asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan masalaga
aylanmoqda. O‘rta Osiyo dindorlari orasidaga aloqalar, munosabatlarning yanada
chuqurlashuvi ular rahbariyati va oddiy dindorlarning eng dolzarb ma'naviy-axloqiy
muammolarini, tabiatni asrash va uni muhofaza qilish, bolalar va qariyalar haklda
g‘amxo‘rlik, tinchlikni saqlash va xayriya ishlari, jamiyatiing demokratik jarayonlariga
va uning ijtimoiy, siyosiy jihatdan rivojlanishiga ko‘maklashish bilan bog‘liq
masalalarni hal qilishga qaratilgan hamkorliklar asosida rivojlanmoqda.
Xristianlikning Sharqqa tomon tarqalishi, O‘zbekistonda xristian cherkovining
tutgan o‘rni. XI asrning oxirida xristianlikniig Sharqqa tomon harakati va tarqalishi
ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim
viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Merke) da xristian
70
cherkovlari qurilgan bo‘lib, Samarqandda (301 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda
(430 yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida
yepiskoplik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar),
Hirotda (558 yillar) 6-12 yepiskopliqtsan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar
bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar buddistlar, zardushtiylar, moniylar bilan bir
qatorda xristianlar ham bo‘lgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qaram yerlarda ta'qib
qilinganlar.
O‘rta Osiyo hududida islom tarqatilgan davrlarda bu din bilan xristianlik
o‘rtasidagi kelishmovchiliklar keskinlasha boshlagan. Biroq, X asrgacha Samarqand,
Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. Haggo Beruniy
yashagan davrda ham (973-1050) Marvda pravoslav mitropoliyasi bo‘lgan.
Аna shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshlagan. Аrmaniston (301
yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylangan. Kavkaz Аlbaniyasi hududida esa
(hozirga Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston xududi) IV-VIII asrlarda hukmron din
hisoblangan.
O‘sha davrdagi ko‘pdan-ko‘p va bir-biriga qarshi kurashayotgan dinlar orasidaga
Sharqning hukmronlari tomonidan eng ko‘p homiylik ko‘rsatilgan din xristianlikning
sharqiy yo‘nalishi bo‘lmish nestorianlik bo‘lgan. Xalif saroylarida nestorianlik
patriarxlariga butun sharq xristianligining homiysi sifatida qaralgan, patriarxning
qarorgohi esa Konstantinopoldan Bag‘dodga ko‘chirilgan. Nestorianlar xristianlikni
Turkistonda, Аmurgacha bo‘lgan Shimoliy va g‘arbiy Xitoyda targ‘ib qilganlar.
Nestorianlikning Markaziy Osiyodagi tayanchi va islomga qarshi kurashdagi markazi
1257 yildan so‘nggina o‘z faoliyatini to‘xtatgan Samarqand mitropoliyasi bo‘lgan.
Hozirgi mustaqil O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular
orasidagi dindorlar 17 konfessiyaga, ya'ni diniy uyushmaga e'tiqod qilishadi. Bular
doirasida islomdan so‘ng 2-o‘rinni xristianlikning pravoslavie oqimi egallaydi. Uning
bir necha cherkovi va markaziy uyushmasi, chunonchi baptist, iegovist, adventist kabi
sektalari bor.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib ishlab chiqilgan vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi yangi tahrirda e'lon qilingan konunga asosan
respublikadagi barcha diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli tarzda faoliyat
ko‘rsatmoqdalar. Bu huquq va erkinliklar qonun bo‘yicha kafolatlangan.
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvlik. hamjihatlilik mavjud
bo‘lib, xalqimizni tarbiyalashga, tinch va xavfsizlikni saqlashga xristianlik jamoalari
ham salmoqli hissa qo‘shmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |