Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/58
Sana29.03.2022
Hajmi3,33 Mb.
#516793
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
Bog'liq
fayl 1053 20210522

Savod o’rgatish jarayoni 


37 
Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4 oy 
davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo’linadi: 
a) alifbogacha tayyorgarlik davri 
(2 hafta); 
b) alifbo davri 
(31 dekabrgacha davom etadi). 
Alifbogacha tayyorgarlik davri.
Bu davrning asosiy vazifasi o’quvchilarni 
maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o’quv qurollari bilan tanishtirish, nutq 
o’stirishga oid mashqlar o’tkazib, fonematik eshitishni o’stirishdan iboratdir. 
Alifbogacha tayyorgarlik davri, o’z navbatida, quyidagi 2 bosqichga 
bo’linadi: 
1. Harf o’rganilmaydigan bosqich 
(1 hafta). 
2. Unli tovush va harf o’rganiladigan bosqich 
(1 hafta). 
Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe” sahifalaridagi so’zlarning 
talaffuzi, o’qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi 
ishlar har bir darsda mavzularga bog’liq ravishda izchil davom ettirib boriladi). 
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilar yozuv daftari va yozuv 
chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o’rgatiladi, ularda 
namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash - o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining 
tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi. 
2-bosqichda unli tovush-harflar o’rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch 
xususiyatini o’quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim. 
SHuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda 
tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya 
qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. 
Kitobxonlik 
Ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish o‘quvchilarda 
kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlarini 
takomillashtirish bilan bog‘liqdir. Bu esa o‘sib kelayotgan avlod ma’naviyatini 
istiqlol talablari asosida shakllantirish vazifalarini amalga oshirish, maktab 


38 
kutubxonalaridagi kitob fondi va adabiyotlarni o‘quvchilar o‘rtasida keng va 
maqsadli targ‘ib qilish ishlarining samaradorligini oshirishni talab etadi. Ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkiliy-pedagogik jihatdan tizimli tahlil etish, o‘z navbatida, 
bu jarayonning belgilarini o‘rganishni talab etadi. Ana shu tizimning markaziy 
qismlaridn biri - maktab kutubxonasining Kitob fondidir o‘quvchining shaxsiy 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan o‘qituvchilarning o‘quvchi 
layoqatini hisobga olgan holda ularga individual yondashishlariga bog‘liqdir.
Ko‘pgina o‘quvchilar bir daqiqada 100-120 so‘z yoki bir soatda 15-20 bet 
asarni o‘qiydilar. O‘qish texnikasi o‘qish, ko‘rish, matn mazmunini yaxlit qamrab 
olish ko‘nikmalariga ham bog‘liqdir. O‘qish texnikasining o‘sib borishi jarayonida 
bir yo‘la so‘zlar guruhi, butun bir fikr o‘qiladi. O‘qish davomida miyaga axborot 
faqat ko‘rish orqali yetib boradi. 
O‘qish texnikasini rivojlantirish yo‘llari quyidagilardan iborat: so‘zlarni 
guruhlab qabul qila olish, ko‘rish maydonini kengaytirish, vertikal yo‘nalish 
bo‘ylab o‘qish ko‘nikmasini egallash, so‘zlar guruhini o‘qish, o‘qish jarayonida 
keraksiz axborotni tashlab keta bilish yoki unga diqqat qilmaslik va hokazolar. 
Tez o‘qishda dastlabki ko‘nikma hosil etish uchun zarur adabiyotni tanlay bilish 
ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun mavzuga oid asarlar orasidan o‘qish 
uchun qulay va zarur kitobni tanlashda kutubxona katalogi va kartotekalari katta 
yordam beradi. Shuningdek, turli mavzulardagi janrli kartotekalar esa 
o‘quvchilarga adabiyot tanlash jarayonini osonlashtiradi. BibliografiK ro‘yxatlar, 
ko‘rsatkichlar o‘quvchining tanlangan mavzudan xabardorligini kengaytiradi. 
Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maktabda kutubxonachiliK-biblografik 
bilimlar uzluksiz ravishda oshirib borilganda, bu faoliyat ta’lim-tarbiya 
jarayonining ajralmas bir qismi sifatida qaralganda, ya’ni majburiy dars sifatida 
o‘tilgandagina o‘z samarasini beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘quvchilarga 
kutubxonashunoslik-bibliografik bilim berish muammosi yangilik emas. Bu masala 
bo‘yicha bir qancha kitoblar, ilmiy qo‘llanmalar, maqolalar va tavsiya 
ko‘rsatkichlari chop etilgan. Maktabda kutubxonachiliK-bibliografik bilimlar 
asoslari bo‘yicha o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish dasturi ham mavjud. 


39 
Lekin bu tavsiyanomalar va dasturlar rus tilida chop etilgan, ularning aksariyati 
O‘zbek tiliga tarjima qilinmagan va hozirgi zamon maktablari uchun unchalik 
to‘g‘ri kelmaydi. Shu bilan bir qatorda bu dasturlarni o‘rganish uchun maktabda 
jami 41 soat ajratilishi 1-sinfdan 8-sinfgacha o‘qitilishi lozim. O‘z-o‘zidan 
ka’lumki, bu mashg‘ulotlar uzluksiz va izchil emasligi, muntazam ravishda 
o‘tilmasligi, mashg‘ulotlar asosan suhbatlar, kutubxonaga ekskursiyalar shaklida 
o‘tkazilishi natijasida o‘qituvchilar bu tadbirlarga jiddiy e’tibor bermaydilar. 
Shuning uchun biz tadqiqotimizning muhim natijasi sifatida maktabda bibliografik 
bilimlar berish mazmunini ishlab chiqdik. 
Ushbu bilimlar tizimi o‘ziga xos tarzda belgilanib, o‘quvchida kitobxonlik 
madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi ko‘zda tutildi. O‘quvchining 
kitobxonlik madaniyatini shakllantirish tizimida mustaqil ishlarga alohida o‘rin 
ajratildi. Ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Mashg‘ulotlar mazmuni o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda 
uch guruh: I-IV, V-IX hamda X-XI sinf o‘quvchilaridan iborat etib tanlandi. 
Boshlang‘ichI-IV sinf o‘quvchilari uchun kitobxonlik madaniyatini shakllantirish 
uchun ajratilgan muayyan mavzulardagi mashg‘ulotlar Kutubxonachi va 
boshlang‘ichsinf o‘qituvchilari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilishi maqsadga 
muvofiqdir. Ushbu mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar kitob va uning tuzilishi, 
bezatilishi haqidaga ma’lumotlar, maktab kutubxonasi, keyinroq esa bolalar 
kutubxonasi bilan tanishtiriladi. O‘quvchilar dastlab sinf, so‘ngra kutubxonada 
bolalar uchun chop etilgan adabiyotlar, kichik qomuslar, lug‘atlar, vaqtli matbuot 
nashrlari bilan bosqichma-bosqich tanishtirib boriladi. Ularda kitob tanlash va 
o‘qigan Kitoblari haqida o‘z fikrlarini bayon qilish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va 
malakalar shakllantiriladi. 
Kutubxonachilik-bibliografik bilim asoslari V-IX sinf o‘quvchilariga 
kutubxonadagi o‘quv hamda badiiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlash bo‘yicha 
mashg‘ulotlarni oddiydan murakkabga qarab borish tamoyiliga amal qilgan holda 
ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali singdirish mo‘ljallangan. 
×unonchi, kitob haqidagi axborotlar dastlab ma’lumotnomalar, bibliografik 


40 
nashrlar bilan tanishtirish, so‘ngra kitob va uning mualliflari, kitobning ichki 
mazmuni, kitobning tarkibiy tuzilishi va undan foydalanish yo‘llari o‘rgatiladi. 
So‘ngra ijtimoiy-siyosiy, fan-texnika, san’atga oid badiiy, ilmiy-ommabop 
adabiyotlar hamda yuqori sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan vaqtli matbuot 
nashrlari bilan tanishtiruvchi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Kitobxonlik madaniyatini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar kitobning paydo bo‘lishi va 
rivojlanish tarixi, nashr turlari, kitobning tarkibiy tuzilishi haqidagi ma’lumotlar 
bilan yakunlanadi. 
O‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan 
mashg‘ulotlar kutubxonadagi kataloglar va bibliografik ko‘rsatkichlarning 
ahamiyati, uning ma’lumot-bibliografik apparati bilan tanishtirish doirasida amalga 
oshiriladi. O‘quvchilar kataloglar va bibliografik qo‘llanmalardagi ijtimoiy-
siyosiy, fan-texnikaga oid adabiyotlarning qanday aks ettirilishi bilan tanishtiriladi 
va ularni izlab topish usullari o‘rgatiladi. Maktab kutubxonalarining o‘quvchilarda 
kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni kutubxona tadbirlari, kutubxona 
turlari haqida o‘quvchilarga ma’lumot berishdan iborat. 
X-XI sinf o‘quvchilari bilan esa adabiyot bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalari 
haqidagi mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularga kitob o‘qish usullari haqida tushuncha 
berish, o‘qilgan kitoblar haqidagi fikrlarni yozib borish, adabiyot tanlash va uni 
izlab topishda turli xil bibliografik qo‘llanmalardan foydalanish o‘rgatiladi. X-XI 
sinf o‘quvchilari uchun kutubxonachilik-bibliografik bilim berish mashg‘ulotlari 
ularda o‘quv fanlari bo‘yicha bilimlarini kengaytirish, ilmiy tadqiqot usullari bilan 
tanishtirish, mustaqil ravishda ma’lum bir mavzular bo‘yicha axborot yio‘ish 
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. 
O‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan 
mashg‘ulotlar, asosan nashr turlari: ilmiy-ommabop, badiiy, vaqtli, ma’lumotnoma 
nashrlar, ularni bir-biridan farqlash haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘ladi. 
Kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda 
o‘quvchilarga kutubxonalar haqida, jumladan, viloyat, respublika va jahonning 
yirik kutubxonalari, respublikamizdagi kutubxonalar tarkibi, markazlashgan 


41 
kutubxonalar tizimi haqida ma’lumotlar beriladi. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bu 
kutubxonalarning vazifalari va imkoniyatlari, mamlakatimizdagi kutubxona ishlari 
haqidagi asosiy qonun va nizomlar bilan tanishtiriladi. 
Adabiyotlar bilan mustaqil ishlash mashg‘ulotlarida esa gazeta va jurnal 
maqolalari kartotekasi, axborot-bibliografik nashrlar haqida, davlat hisob 
bibliografiyasi va ilmiy-yordamchi bibliografiya haqida nashriyotlarning mavzular 
bo‘yicha rejalari va ulardan foydalanish usullari bo‘yicha ma’lumotlar beriladi. 
Yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda amaliy masho‘ulot 
turlarining zarurligiga alohida e’tibor qaratiladi. 
Shunday qilib, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga 
yo‘naltirilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bizningcha, quyidagilar bilan 
belgilanadi: 
• mashg‘ulotlarga zarur hajmdagi soatlar ajratilishi, ularning ta’lim jarayonida 
boshqa o‘quv fanlari bilan aloqadorligi ta’minlanishi hamda o‘quv rejasi tarkibiga 
kiritilishi zarur; 
• mashg‘ulotlarni boshlang‘ich sinflarda-boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, 
yuqori sinflarda esa “Maxsus kurs”ni tamomlagan oliy ma’lumotli pedagog yoki 
oliy kutubxonachilik ma’lumotiga ega bo‘lgan kutubxonachi-pedagog o‘tishi 
maqsadga muvofiq; 
• ushbu kurs bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadigan pedagoglar o‘qituvchilarni 
qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari qoshida tashKil etilishi zarur 
bo‘lgan maxsus “O‘quvchilarga kutubxonachilik-bibliografik bilim berish asoslari” 
kursini tamomlagan bo‘lishlari talab etiladi; 
• ushbu kurs bo‘yicha olingan bilimlar, o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda sinf yoki maktab bo‘yicha o‘tkaziladigan turli musobaqalar, 
kitob muhokamalari, kitobxonlar konferensiyalari kabi ommaviy tadbirlar orqali 
mustahkamlanishi lozim.

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish