Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q


I BOB. NUTQI TО‘LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARNING YOZMA



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/60
Sana14.03.2021
Hajmi1,57 Mb.
#61549
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning yozma nutqga tayyorgarligini aniqlash va shakllantirish yollari (1)

I BOB. NUTQI TО‘LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARNING YOZMA 
NUTQGA TAYYORGARLIGINI ANIQLASH VA SHAKLLANTIRISH 
YО‘LLARINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI 
1.1  Muammoning maxsus adabiyotlarda yoritilish holati 
Yozma 
nutqni 
о‘zlashtirishga 
tayyorgarlikni 
shakllantirish-ushbu 
tayyorgarlikning  tuzilishi,  uning  tarkibiga  kiruvchi  komponentlar  haqidagi 
masalaga javob berishni, mazkur faoliyat tо‘rini muvaffaqiyatli shakllantirishni 
ta’minlovchi jarayonlar va funksiyalarni aniqlashni talab etadi. 
Til  –  inson  muloqoti,  fikrlashini  amalga  oshirish  uchun  xizmat  qiluvchi, 
insonni о‘rab turgan borliqni kodlovchi (shifrlovchi) belgili tizimdir. 
Nutq - esa odamlarning moddiy о‘zgarish jarayonida tarixiy vujudga kelgan, 
odamlarning til orqali amalga oshiriladigan muloqot shakli. 
Tadqiqotchilar turli nutq shakllarini (til vositalarini bir shaklda tashkil qilish 
usullari) ajratib kо‘rsatadilar: 
- psixologik  mezonlari  bо‘yicha  (fikrlash  motivatsiyasi  bо‘yicha)-  situativ, 
kontekstli va spontan nutq;  
- ijtimoiy mezoni bо‘yicha – bevosita, bilvosita, odatiy, ishga doir, kasbga doir 
va b; 
- maqsadi bо‘yicha – ekspressiv (fikrni ifodalash), impressiv (tushunish); 
- amalga  oshirish  turi  bо‘yicha  –  tashqi  va  ichki  (bolada  ichki  asosda 
shakllanadi  va  asosiy  fikrlash  mexanizmlaridan  birini  namoyon  etadi)  nutq 
shakllariga bо‘linadi. 
Nutq  jarayonida  qanday  vositalardan  foydalanishni  hisobga  olib,  u  og‘zaki 
(belgili shakl), yozma (grafika shakli) va kinetik (til va jestlar yordamida muloqot 
qilish) turlarga bо‘linadi. 
Yozma, ya`ni “kо‘zga kо‘rinadigan” nutqni A.N.Radishev og‘zaki nutqga eng 
yaqin  nutq  deb  hisoblab,  “nutqning  ushbu  ikki  turi  ham  og‘zaki  nutqning 
turlaridir” - degan fikrni ilgari suradi. 
Yozma va og‘zaki nutq bir biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lib: yozma nutqning 
belgisi  (grafema)  fonema  hisoblanadi.  Ya`ni,  yozma  nutq  “og‘zaki  nutq 


18 
belgilariga  “qatlamlanadi”  va  ularni  og‘zaki  nutqga  qaraganda  ancha  qiyin  va 
murakkab ikkilamchi simvolizatsiyalash tizimi hisoblanadi. 
Shunga  qaramay,  yozma  nutq  shunchaki  og‘zaki  nutqni  yozma  belgilarga 
о‘girish  degani  emas.  О‘zining  vujudga  kelishi  va  rivojlanish  yо‘llari  hamda 
о‘zining psixologik mazmuni, uning tarkibiga kiruvchi psixologik operatsiyalar 
bо‘yicha yozuv jarayoni og‘zaki nutq jarayonidan ancha farq qiladi. 
Yozma  va  og‘zaki  nutq  ikki  signalli  tizimning  vaqtinchalik  aloqalari 
kо‘rinishida  namoyon  bо‘ladi,  biroq  og‘zaki  nutqdan  yozma  nutqning  farqi 
shundaki,  yozma  nutq  faqat  maqsadga  muvofiqlik  tarzida  bilim  berish 
sharoitlarida shakllanadi. 
Yozma nutq jarayonida eshitiladigan, talaffuz qilinadigan va kо‘rinib turgan 
sо‘z о‘rtasida yangi aloqalar о‘rnatiladi: bunda yozma nutqning murakkab shartli 
reflektor aloqalariga og‘zaki nutq ikkinchi signal tizimining shakkllanib bо‘lgan 
aloqalari ulanadi. 
Og‘zaki  va  yozma  nutqning  til  xususiyatlari  ular  о‘rtasidagi  situativ 
psixologik  farqlar  bilan  izohlanadi.  L.S.Vigotskiy  yozma  nutqni  monolog-nutq 
sifatida  tavsiflab,  unga  quyidagicha  izoh  beradi:  “Yozma  nutq  -  bu  og‘zaki 
nutqning har qanday vaziyatda о‘z - о‘zidan, hech qanday qiyinchiliklarsiz, bola 
tomonidan  sо‘zlashuv  vaziyati  bо‘lgan  vaqtda  oq  qog‘oz  varag‘i,  hayoldagi 
suhbatdosh bilan bо‘lgan suhbatidir”
1

Og‘zaki  nutq  bevosita  muloqot  sharoitlarida  sodir  bо‘ladi,  shuning  uchun 
“sur’ati  bо‘yicha  tez  va  notо‘liqroq”  tarzda  namoyon  bо‘lib,  nutq  jarayonida 
ma’noni ifodalash uchun nolingvistik vositalar – mimika va imo - ishoralardan 
foydalaniladi.  Yozma  nutqda  esa  og‘zaki  ma’lumotda  qо‘shimcha  axborot 
beruvchi ushbu vositalar bо‘lmaydi. 
Birinchi  sinfga  borgan  bola  og‘zaki  nutqni  yetarli  darajada  о‘zlashtirib, 
sо‘zlarni bemalol talaffuz qiladi va muloqot jarayonida ibora ichidagi sо‘zlarni 
о‘z о‘rniga qо‘yish ustida о‘ylanib о‘tirmaydi. Yozma nutqda har bir iboraning 
                                                           
1
 Выготский Л.С. Мышление и речь. - М.: Лабиринт, 1996. – Б. 414.  


19 
tuzilishi  maxsus  о‘ylanish  predmeti  hisoblanadi  va  boshlang‘ich  bosqichda 
yozma nutqni о‘zlashtirish har bir sо‘zni yozish jarayoni kabi tushuniladi. 
Yozma nutqni о‘zlashtirish uchun о‘z nutqini tushunish va uni о‘zlashtirish 
birinchi darajali ahamiyatga ega bо‘lib, ushbu ikki shartlarni rivojlantirmasdan 
turib  yozma  nutq  haqida  gapirish  ham  mumkin  emas.  Og‘zaki  nutqdagi  kabi, 
yozma nutqda ham bola birinchi marta “Vatan” degan sо‘zni yozganida, bu sо‘zda 
“v-a-t-a-n” harflari borligini tushunadi, ya`ni о‘z tovush faoliyatini farqlaydi va 
tovush tuzulishining har bir elementini mustaqil talaffuz qiladi. 
Til layoqatini, qoidalarini о‘zlashtirish jarayoni 2 bosqichda о‘tadi: 
-  tilni  amaliy  о‘zlashtirish  bosqichi:  ruhiy  jarayonlarni  rivojlantirishning 
ma’lum darajasiga erishishda, bola ularni deyarli tushunmagan holda ma’lum til 
qoidalarini  о‘zlashtiradi.  Tilni  sezish  yoki  “tilni  his  qilish”  ushbu  qoidalarni 
о‘zlashtirish mexanizmi hisoblanadi. 
-  tillararo faoliyat bosqichi: ya`ni birinchi bosqichni о‘zlashtirib bо‘lgandan 
keyingina til qoidalarini tushunish mumkin. 
Og‘zaki  nutqni  о‘zlashtirish  uchun  bola  tilni  rivojlantirishning  birinchi 
bosqichini  amalga  oshirishi  lozim.  Yozma  nutqni  о‘zlashtirish  uchun  esa  tilni 
rivojlantirishning ikkinchi bosqichiga о‘tish zarur. 
Yozish va о‘qishga о‘rgatishda til tizimining birligi sifatida sо‘z - bola ongi 
uchun о‘zining moddiyligi va sezuvchanligini egallaydi va uning ong predmetiga 
aylanadi. 
Yozma  nutqni  о‘zlashtirish  va  amalga  oshirishning  murakkabligi  uning 
tabiatiga  bog‘liq:  agar  og‘zaki  nutq  asosan  sо‘zlash-eshitish  va  sо‘zlarni-
harakatlantirish analizatorlari faoliyati bilan amalga oshirilsa, yozma nutq kо‘rish 
-  eshitish  va  harakatlantirish  analizatorlari  faoliyatidan  tarkib  topadi.  Yozma 
jarayonga  butun  miya,  uning  barcha  qobiq  bо‘laklari  aloqador  bо‘lsada,  biroq 
unda bosh miya qobig‘ining ma’lum uchastkalari kо‘proq ishtirok etadi. 
B.G.Ananyev,  A.R.Luriya,  L.S.Svetkova,  E.S.Beyn,  M.K.Burlakova  va 
boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni kо‘rsatadiki, yozish va о‘qish 
kо‘nikmalari funksional tizimining sensor – akustik - motorli va optik - motorli 


20 
rivojlanishi  maxsus  nutq  faoliyatini  ta’minlovchi  miya  mexanizmlari  ya`ni 
analizatorlararo о‘zaro ta’sirining tiklanishi bilan bog‘liqdir
1
. Bunda “Vernike” 
zonasi  (chap  yarim  sharning  chakka  sohasi  -  nutq  tovushlarining  differensiyasi 
uchun  javob  beradi),  “Broka”  zonasi  (chap  yarim  shar  pastki  peshona  burma-
burma joyining orqa qismi), bosh miya ildizining (BMI) peshona bо‘limlari (nutq 
faoliyatini dasturlash va fikrni saqlashni amalga oshiradi), BMI old bо‘limlari, 
BMI premator zonasi (sо‘zlarni yozganda tovushlarning kerakli ketma-ketligiga 
rioya qilinishiga javob beradi) ishtirok etadi. 
Motor faoliyatini ta’minlovchi miya mexanizmlari esa qо‘zg‘atuvchilarni 
qabul qilish va tahlil qilish, fazoviy mо‘ljal olish (teri – muskul - kinestetik his 
uchun  javob  beradi),  praksis  markazi  (tepa  qismidagi  burma  -  burma  joyning 
pastki  sohasi),  mexanikli  yozuv  elementi  (maqsadli  yо‘naltirilgan  va 
avtomatlashgan  harakatlarni  о‘zlashtirilishi  uchun  javob  beradi)  bilan 
ta’minlanadi. 
Kо‘rish  -  fazoviy  faoliyatni  ta’minlovchi  mexanizmlar:  BMI  tepa  -  ensa 
sohasi  apparatlari  (tovush  tuzilishini  sо‘zning  grafik  belgilar  tizimiga  о‘girish, 
xotirada ushbu belgilarni ushlab turish va ularni tо‘g‘ri fazoviy tashkil etilishini 
amalga oshiradi), miyaning ensa sohasi (о‘qish va yozish jarayonlarining normal 
kechishi uchun javob beradi) bilan ta’minlanadi. 
Kо‘rish-motor  faolligi  esa  о‘z  navbatida  oftalmokinez  jarayonlarining 
normal  kechishi  (kо‘z  harakatlari),  mustahkamlovchi  (parvotsellyulyar)  va 
fazolovchi (magnotsellyulyar) kanallarning normal ishlashi, barqaror binokulyar 
nazorat kabi jarayonlarning yaxshiligi bilan ta’minlanadi. 
Yozma  nutq  faoliyatini  tо‘liq  amalga  oshirish  uchun  optimal  yarim 
sharlararo  о‘zaro  ta’sir  zarurdir.  Bilimlarni  о‘zlashtirishning  boshlang‘ich 
bosqichida kо‘rish - fazoviy ma’lumotlariga perseptiv ishlov berish uchun javob 
beradigan  katta  funksional  og‘irlik  miya  tizimiga  tushadi,  sо‘ngra  ahamiyati 
                                                           
1
 Ананьев Б.Г. О развитии детей в процессе обучения  // Советская  педагогика.  - 1957.  - №7.  - Б. 12-24; 
Лурия  А.Р.  Язык  и  сознание.  -  Ростов-на-Дону:  Феникс,  1998.  –  Б.  306;  Цветкова  Л.С.  Нарушение  и 
восстановление  зрительного предметного образа  у детей с  аномальным развитием // Мозг  и интеллект: 
Нарушение и восстановление интеллектуальной деятельности. - М.: Просвещение - АО «Учеб. лит.», 1995. 
- Б. 241 - 253; Бурлакова М.К. Речь и афазия. Медицина 2007г.
 


21 
bо‘yicha til operatsiyalari birinchi qatorga chiqadi. Barcha miya zonalari dinamik 
lokalizatsiya tamoyili bо‘yicha ishlaydi. Bu esa, yozuvni ta’minlab ushbu tizim 
zvenolaridan  birining  buzilgan  faoliyatini  kompensatsiyalash  imkoniyatini 
yaratadi. 
О‘qish  va  yozish  jarayonlarining  normal  kechishi  uchun  optik,  motor, 
akustik  kabi  analizator  tizimlari  periferik  bо‘limlarining  saqlanishi  va  tо‘liq 
ishlashi muhimdir.  
D.B.Elkonin  va  N.S.Jukova  qayd  etib  о‘tganlaridek:  “Tovushli  nutqdan 
grafik nutqga о‘tishni ba’zida soddalashtirilib, shunchaki belgi-harflarni sezilarli 
о‘rnini  bosish  uchun  kirish  sifatida  tushuniladi.  Bunday  о‘tish  asosida  ancha 
nozik  psixilogik  jarayonlar  yotadi:  harf  nutq  tovushlarini  modellashtirmaydi, 
formulalarni esa simvollar bilan ifodalaydi”
1

Biz  esa  yozilgan  sо‘z  talaffuz  etiladigan  sо‘zlarni  simvollar  bilan 
ifodalamaydi, balki aynan  modellashtiradi deb qayd etmoqdamiz, ya`ni, yozma 
nutq sо‘zdagi tovushlarning vaqtinchalik munosabatlarini fazoviy munosabatlar 
shaklida shakllantiradi. Shunday qilib, yozma nutq shunchaki sо‘zning tovushli 
shaklini  ifodalamay,  balki,  kо‘rib  tahlil  qilinadigan  va  eshitish  analizatori 
hisoblanuvchi 
vaqtinchalik 
aloqalarni 
ham 
fazoviy 
munosabatlarda 
modellashtiradi. 
Yozuv  –  bola  uchun  muhim,  yangi  belgili  tizimdir.  Uning 
о‘zlashtirilishining  murakkabligi  faqat  ular  ikkinchi  tartibdagi  belgilar  tizimi 
ekanligi  bilangina  bog‘liq  emas.  Murakkablikning  boshqa  tomoni  yozuv 
jarayonining  yuqori  darajali  ekanligi  va  murakkab  tashkil  topgan  sensomotor 
bazaning  mavjudligiga  bog‘liq.  Yozishni  о‘zlashtirish  imkoniga  ega  bо‘lish 
uchun bola til va kognetiv qobiliyatning ma’lum bir minimal yetuklik darajasiga 
erishishi zarur. 
Yuqorida  bayon  etilganlarga  xulosa  yasar  ekanmiz,  L.S.  Vigotskiyning 
quyidagi  fikrini  qayd  etib  о‘tish  joiz:  “Algebrani  о‘zlashtirish  arifmetikani 
                                                           
1
 Эльконин  Д.  Б.  Развитие  устной  и  письменной  речи  учащихся.  -  М.,  1998.  -  Б. 100-111.;  Жукова  Н.С. 
Преодоление недоразвития речи у детей: Уч.-метод. пособие. - М.: Соц.- полит, журн., 1994. – Б. 96. 
 


22 
о‘rganishni takrorlamasdan, balki avval yuzaga kelgan arifmetik fikrlarni yuqori 
darajaga  kо‘tarib,  abstrakt  matematik  fikrni  rivojlantirishning  yangi  va  yuqori 
rejasini  namoyon  etganidek,  nutq  algebrasi  yoki  yozma  nutqni  egallash  ham 
bolani  og‘zaki  nutqning  avvalroq  yuzaga  kelgan  psixologik  tizimini  yangidan 
tuzib, nutqning eng yuqori abstrakt qismiga olib kirishidan boshlanadi. 
Yozma  nutq  -  yozish  va  о‘qish  operatsiyalarining  komponentlar  sifatida 
birikadigan  makrotuzilmasi  hisoblanadi:  fikrni  yozib  olish  uchun  muallif  uni 
tugallangan shaklda bо‘laklab olishi, uni leksemalarga ajratib, sо‘ngra ularning 
har  birini  yozuv  orqali  ifodalashi  (yozish)  kerak.  Shu  bilan  bir  vaqtda  muallif 
yozayotgan о‘z yozuvlarini avval nima yozilgan bо‘lsa о‘shani о‘qish jarayonida 
asoslash  imkoniga  ega  bо‘ladi.  Yozma  nutq  jarayonining  yakunlovchi 
operatsiyasi negizida esa nazorat bilan о‘qish amalga oshiriladi. 
A.R.Luriya  о‘qishni  –  impressiv  nutqning  maxsus  shakli,  yozuvni  esa  - 
ekspressiv yozma nutqning maxsus shakli sifatida belgilaydi. 
Yozuv  –  grafik  elementlar  yordamida  ma’lumotni  ma’lum  masofaga 
uzatish  va  uni  ma’lum  vaqtda  mustahkamlash  imkonini  beruvchi,  nutqni  qayd 
etishning belgili tizimidir. 
Yozuvni  lingvistik  pozitsiyalardan  (til  fenomeni  sifatida),  aynan  og‘zaki 
tilni  yozma  tilga  qayta  kodlash  usuli  kabi,  ya`ni  belgilarning  bir  tizimdan 
boshqasiga о‘tish qoidalari tо‘plami sifatida kо‘rib chiqamiz. 
Qayta  kodlash  qoidalari  tizimi  yozuvning  bir  turini  ikkinchi  turidan: 
piktografik, ideografik, sillabik va alfabetik farqlarini aniqlab beradi: piktografik 
yozuvda  sо‘z  rasm  –  piktogramma  bilan  ifodalansa,  ideografik  yozuvda  – 
iyeroglif  bilan  (xitoy  tilida),  sillabik  yozuvda  belgi  bо‘g‘in,  alfabetli  yozuvda 
belgi  bir  ba’zan  ikki  tovushni  bildiradi.  Masalan,  rus  yozuvi  alfabetik  tizimda 
tovushli nutqni yozma nutqga qayta kodlash qoidalarining bir necha tamoyillarga 
asoslanadi. Mualliflar tо‘rttadan sakkiztacha bо‘lgan turli xil tamoyillarni ajratib 
kо‘rsatadilar. Ular orasida eng yetakchisi va umum qabul qilinganlari: fonematik, 
an’anaviy  va  morfologik  tamoyillar  bо‘lib  hisoblanadi  (Gvozdev  A.N., 
Gorbacheva K.S., Shaxmatov A.A.) 


23 
Ularning har birini о‘zlashtirish avvalambor yozishni о‘rganishdan oldin 
egallangan  shart-sharoitlar  (bilim  va  kо‘nikmalar)ning  mavjudligini  kо‘zda 
tutadi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish