NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
2-KURS SIRTQI TA’LIM 207-GURUH TALABASI ABDUPO’LATOVA DILSHODANING KREATIV PEDAGOGIKA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI.
Mavzu: Kreativ pedagogika fanini o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari.
Mavzu: Kreativ pedagogika fanini o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari.
Reja:
1. “Kreativlik” va “kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati.
2. Kreativ pedagogika fanini o‘qitish mazmuni.
3. Kreativ ta’lim muhitining asosiy talablari.
4. Kreativ ta’lim muhitini shakllantirishning pedagogik shartlari.
Kreativlik va Kreativ pedagogika
“Kreativlik” va “Kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati.
Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qoʼllanila boshlaganiga hali u qadar koʼp vaqt boʼlmadi. Biroq, oʼqitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga boʼlgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ningpedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini taʼminladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni oʼqitish metodikasi, taʼlim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik gʼoyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslarimutaxassis, shu jumladan, boʼlajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart- sharoitni yaratishga xizmit qiladi.
Kreativ pedagogikaning umumiy mohiyati uning konpeptsual holatlarini ifodalovchi bir qator tushunchalar asosida ochib beriladi. Ular quyidagilardan iborat:
Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi
Ijodkor shaxs– ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs
Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, oʼziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs
Bunyodkor shaxs – ham jarayon, ham natija sifatida obʼektiv ijodkorlikni amalga oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan shaxs
Kreativ shaxsni tayyorlash– ijodkorlikka oʼrgatish va oʼzini oʼzi ijodiy namoyon etish jarayonida shaxsda barqaror kreativ sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish mazmuni.
Ijodiy topshiriqlar – muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yoʼnaltirilgan masalalar tizimi
Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi – ijodkorlikning jarayon va natija sifatida obʼektlar hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat koʼrinishidagi tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi taʼlimot
Ijodiy tafakkur– tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi
Kreativ qobiliyat – shaxsning ijodiy faoliyatni tashkil etish va uning natijalanganligiga erishishni taʼminlash imkoniyatini belgilovchi individual xususiyati
Pedagoglarning kasbiy-ijodiy imkoniyati kasbiy masalalarni ijobiy hal qilish va ularning yechimini tegishli darajada baholashda koʼrinadi.