Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti n. S. Gaipova, M. Z. Ismatullayeva, A. S. Axmetova



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/86
Sana18.01.2022
Hajmi2,76 Mb.
#390635
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86
Bog'liq
gaipova n.s. tikuvchilik texnologiyasi asoslari

3.10.Ziy  choklar
Ziy  choklar  detal  qirqimlarini  titilib  ketishidan  saqlash  va  yoqa, 
bort,  ch o ‘ntak,  yeng  uchi,  kiyim  etagi  kabi  detallaming  chetini 
tikishga  moMjallangan  bo‘lib,  uning  bukma  chok,  mag‘iz  chok, 
ag‘darma chok turlari bor.
31-rasm
Bukma  chok  (31-rasm,  a)  ochiq  va  berk  qirqimli  bo'ladi.  Ochiq 
qirqimli  bukma  chok  adipning  ichki  chetlarini,  yoqa  o'm izini, 
yeng  o ‘mizini,  etak  va  yeng  uchlarining  mag‘izlarini,  shuningdek 
yengil  kiyimdagi  bezak  detallar  (volanlar,  q o ‘ym a  burm alar, 
lyushlar) chetini ishlashda qo‘llaniladi.  Detaining qirqimi, teskarisiga 
0,5-0,7 sm bukiladi, bukilgan ziydan 0,1-0,3 sm masofada baxyaqator 
yuritiladi,yoki  0,2-0,4 kenglikda  maxsus mashinada tikiladi.
Qo‘yma  burmalar,  volanlar,  lyushlar,  yoqalar va  boshqa  detallarni 
maxsus mashinada bukib tikishda chokning eni 0,2-0,7 sm bolishi kerak.
Berkqirqimli bukma  chok  shoyi va  ip  gazlamalardan  tikiladigan 
ko‘ylaklar,  bluzkalar  etagini,  yenglar  uchini  bukib  ishlash  uchun
43


q o ‘llaniladi.  Detaining  qirqimi  teskarisiga  0,7-1,0  sm  bukiladi  va 
modelda ko‘rsatilgandek kenglikda yana bukiladi va buklangan ziydan 
0,1-0,2  sm  masofada  baxiyaqator  yuritiladi.
Mag'iz  choklam ing  (31-rasm,  b)  ochiq  qirqimli,  berk  qirqimli 
va jiyakli xillari  bor.
O chiq  qirqim li  m ag‘iz  chok  yubka  etagini,  shim  pochasini 
titilishdan  asrash  va  qirqimlarni  bezash  uchun  ishlatiladi.
Asosiy detaining  o'ngiga gazlamaning  ko‘ndalang yoki bo ‘ylama 
ipi bo ‘yicha  45° qiya  yo‘nalishda  bichilgan,  eni  2-2,5 sm li gazlama 
bo ‘lagi  o ‘ngini  ichkariga  qilib  qo‘yiladi,  asosiy  detal  bilan  gazlama 
bo ‘lagi  qirqimlari  bir-biriga  tekislanadi  va  chetidan  0,3-0,4  sm 
ichkaridan baxyaqator yuritiladi.  So‘ngra chok qirqimlarini gazlama 
bo ‘lagi  bilan  aylantirib  o ‘rab  chok  eniga  teng  kant  hosil  qilinadi. 
Kant gazlama bo‘!agini  ulash chokiga yoki undan 0,1  sm  ichkaridan 
mashinada tikib puxtalanadi.
Berk  qirqimli  mag‘iz  chokda  mag‘iz asosiy  detal  o ‘ngiga  o ‘ngini 
qaratib  qo‘yiladi,  qirqimlari  tekislanib,  biriktiriladi,  tikilgan  bo ‘lak 
(m ag‘iz)  chok  qirqimlarini  aylantirib  o ‘rab  chok  eniga  teng  kant 
hosil  qilinadi,  bo ‘lakning  ochiq  qirqimi  ichkarisiga  buklanib  ulash 
choki  ustidan  yoki  undan  0,1  sm  ichkaridan  m ashinada  tikib 
puxtalanadi.
Berk qirqimli  mag‘iz chok  ikki  buklangan bo ‘lak bilan  ishlanishi 
ham mumkin.  Bunday chok yoqa va yeng o ‘mizlarini ishlashda hamda 
bezak chok sifatida ishlatiladi.  Eni 3-3,5 sm li gazlama bo‘lagi teskarisini 
ichkariga qilib uzunasiga  ikki buklab dazmollanadi,  asosiy detaining 
o ‘ngiga  q o ‘yiladi,  qirqimlari  tekislanadi  va  qirqimlari  chetidan  0,5 
sm  masofada  ulanadi.  Tikilgan  gazlama  bo‘lagi  chok  qirqimlarini 
yopadigan  qilib  qayirilsa,  eni  boMakning  ulash  chokiga  teng  kant 
hosil bo‘ladi.  Hosil bo‘lgan kantni puxtalash uchun o ‘ngidan bo ‘lakni 
ulash  chokiga  tushirib,  ikkinchi  baxyaqator  bilan  tikiladi.
Engil  kiyimlarni  tikishda,  masalan,  jun  gazlamadan  tikiladigan 
kiyimlarning  chok  qirqimlarini  ishlashda  maxsus jiyak bilan  mag‘iz 
chok hosil qilish keng qo‘llaniladi. Jiyak uzunasiga shunday qo‘yiladiki, 
uning pastki cheti ustki  chetiga nisbatan 0,1-0,2 sm chiqib turadi va 
shu  halatda dazmollab yotqiziladi.
44


Mag‘iz  qo ‘yilishi  kerak  bo'lgan  detal  qirqimi  tayyorlangan jiyak 
ichiga  kiritiladi  va jiyakning  ustki  cheti  bo‘yicha  0,1  sm  ichkaridan 
bahiyaqator  yuritiladi,  bunda  jiyakning  ikkinchi  cheti  baxyaqator 
tagida qolishi shart.
Ag‘darma chok (31 -rasm, v) kantli, ramkali, qistirma kantli boMadi. 
Ag‘darm a  chok  biriktirm a  chokning  bir  turi  b o ‘lib,  c h o ‘ntak 
qopqoqlarini,  yoqalarni,  bortni,  izma  kabi  detallar chetini  tikishda 
ishlatiladi.
Kantli ag‘darma chokda detallardan biri  ikkinchisidan 0,1-0,3 sm 
qochiribroq bukilgan boMadi.  Buning uchun chok solingandan keyin 
uni  yozib  dazmollanadi,  detallar  o ‘ngiga  aylantiriladi,  kant  hosil 
qilib  ziyi  ko‘klanadi.  Hosil  bo ‘lgan  kantni  saqlab  qolish  uchun 
detallar  cheti  baxyaqator,  yolg‘on  qaviq  bilan  tikiladi  yoki  chok 
qirqimlari  ichki  tom ondan  detallarning  biriga  yopishtirib  tikiladi.
Ram kali  ag‘d arm a  ch o k   pidjak  c h o 'n ta k la ri,  k o ‘ylakning 
tugmalanadigan joylari kabilami tikishda qoMlanadi.  Bu chokni tikish 
kantli  ag‘darma  chokni  tikishga  o ‘xshaydi.  Hosil  bo ‘lgan  ramkani 
saqlab  qolish  uchun  ag‘darm a  chok  ustidan  baxyaqator  yuritib 
qo ‘yiIadi.
Qistirma kantli ag‘darma chok yoqalami, ko‘ylak bortlarini bezashda 
va  muayyan  xizmatdagi  kishilar  kiyadigan  form alarni  tikishda 
ishlatiladi.  Qistirma  kantli  ag‘darm a  chok  tikilayotganda  qistirma 
gazlamani,  ya’ni  eni  2,5-3,0  sm  gazlama  parchasini  ikki  bukib 
detallardan  birining o ‘ngiga  ulanadi.  Keyin  ikkinchi detaining o ‘ngi 
birinchi  detaining  o ‘ngiga  qaratilib,  chetlari  tekislab  qo‘yiladi  va 
qistirm a  kantni  ulangan  baxyaqator  ustidan  yangi  baxyaqator 
yurgiziladi.

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish